Educational, natural and social sciences


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 438,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix07.06.2023
ölçüsü438,7 Kb.
#126307
1   2   3   4   5   6
rahbarning-boshqaruv-faoliyatidagi-individual-psixologik-xususiyatlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 12 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1153 
w
www.oriens.uz
December
2022
 
o‘zining shaxsiy fazilatlari, mustahkam harakteri, kuchli irodasi, barqaror hissiyoti, 
barcha narsalarga va jabhalarga nisbatan maxsus qobiliyatlari bilan ma’lum hajmdagi 
mehnat jamoalarini boshqara oladi. Chunki fan va texnikaning rivoji odamlarda 
onglilik darajasining yuksak ko‘rsatkichi ijtimoiy tajribalarning ta’sirchan kuchi, 
kishilarning muayyan bilimlarga ega ekanligi rahbarning komil inson kamoloti 
pog‘onasiga ko‘tarilishini taqozo etadi. Davlat miqyosida yuz berayotgan o‘zgarishlar 
so‘z va vijdon erkinligi, o‘zligini anglash, huquqiy himoyalanganlik fuqarolik 
ongining yanada yuksalishga olib keldi. Tub o‘zgarishlar natijasida ularda mustaqil 
fikrlash va ish yuritish, shaxsiy rejalarini ro‘yobga chiqarish yo‘llarini izlash 
imkoniyatlari vujudga keldi. Bugungi kundagi rahbar ijtimoiy hayotdagi 
munosabatlar, ularning tuzilishi va mohiyati bilan yaqindan tanish bo‘lishi, 
boshqaruv jarayonida ularni hisobga olishini taqozo qiladi. Rahbar shaxsi 
barakamolligi, qat’iy harakteri, milliy qiyofasidan tashqari bir qator qobliyatlarga ega 
bo‘lishi tabiiy ravishda obro‘ qozonishga puxta negiz hozirlaydi, lavozimning keyingi 
bosqichlari uchun imkon yaratadi, istiqbol rejalarini ro‘yobga chiqaradi. Quyidagi 
qobiliyatlarning rahbar kadrda bo‘lishi va ularning rivojlantirilishi juda muhim 
hisoblanadi. 
1. 
Tashkilotchilik qobiliyati. 
2. Iymon-e’tiqodga, faol hayotiy pozitsiyaga yo‘nalganlik qobiliyati. 
3. Nutqiy qobiliyat. 
4. Nufuz, obro‘ga ega bo‘lishlik. 
5. Perseptiv qobiliyat. 
6. Akademik qobiliyat. 
7. Diqqatni taqsimlash qobiliyati. 
8. Psixologik tashxis qobiliyati. 
9. Muomala va muloqot o‘rnatish qobiliyati. 
10. Tashabbusga, ijodga ilhomlantirish qobiliyati 
11. Kognitiv qobiliyat. 
12. Gnostik qobiliyat. 
Rahbarlik, psixologik savodxonlik har qaysisi alohida xususiyat, vaziyat, holat, 
ziddiyat, shaxs qarshiligi, munosabat, muammo, yechimga oqilona va omilkorlik 
bilan individual yoki differensial yondashishni amaliyotga tatbiq etishga keng 
ko‘lamli imkoniyat, puxta shart–sharoit, shaxsiy uslub vujudga kelishiga negiz 
yaratadi. Binobarin, rahbar xodimlarning individual tipologik xususiyatlari bo‘yicha 
psixologik bilimlar bilan qanoat hosil qilmasdan, balki ijtimoiy psixologik holatlar, 
qonuniyatlar, hodisalar rivoji, ularni keltirib chiqaruvchi omillar, harakatlanuvchi 



Yüklə 438,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin