E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə40/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   156
Muzlashga chidamlilik — Tabiiy toshdan ishlangan namunaga to‘liq suv shimdirib, keyin muzxonada yaxlatib, so‘ngra uni yana eritib, standart usullarda sinab uning muzlashga chidamliligi aniqlanadi. Tosh
ashyolar muzlashga chidamliligi bo‘yicha quyidagi markalarga (siklga) bo‘linadi: 10, 15, 35, 100, 150, 200, toshlarning muzlashga chidamlilik markasi katta bo‘ladi.
Tog‘ jinslarining xilma-xilligi ularning estetik xossalari, teksturasi, fakturasi, shuningdek, fizik-mexanik xossalari bo‘yicha tanlashga imkon beradi. Agar tabiiy tosh agressiv muhitda, yerto‘lalarda ishlatilsa uning yemirilishga chidamliligiga qarab tanlash kerak. Masalan, tosh atmosfera yoki mexanik kuchlar ta’sirida ishlatilsa, uning zichligi 2500 kg/m3 dan kam bo‘lmasligi lozim. Bunday holatlarda granit, siyenit, gabbro, labradoritni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Ohaktosh turidagi jinslar nam va suv ta’sirida o‘zlarining dekorativ sifatini tezda yo‘qotadi, rangini o‘zgartiradi, yuzasida har xil dog‘lar hosil bo‘ladi.
Bino va inshootlarning sokol qismini pardozlashda ishlatiladigan tabiiy toshlarning qalinligi 40—60 mm bo‘lishi kerak. Devor yuzasini qoplashda ishlatiladigan tabiiy toshlarning qalinligi 8, 10, 20 va 40 mm bo‘ladi. Bunda, asosan tabiiy toshlardan — ohaktosh, marmar, travertin, dolomit va shu kabilar ishlatiladi.
Zararli muhitlarga chidamlisi 2500 kg/m3 zichlikka ega bo‘lgan silikat tog‘ jinslari — gabbro, siyenit, diorit, bazalt va granit hisoblanadi. Bunday silikat jinslar ishlatilganda ularning tarkibidagi kremniy oksidi turli zararli muhitlarda o‘z xususiyatlarini saqlashda muhim ahamiyatga ega. Tabiiy toshlarni tanlashda yedirilishga, sovuqqa chidamliligiga va mustahkamligiga katta e’tibor beriladi.
Tabiiy toshlarning yemirilishi uning tuzilishida qatlamlanish, darzlar hosil bo‘lishi va dog‘lar paydo bo‘lishi bilan aniqlanadi. Pardozbop toshlarning yemirilishida asosan beshta omil — namlik, oltingugurtli gaz, kislotali gaz, harorat va biologik muhit sabab bo‘lishi mumkin.
Qish oylarida tabiiy tosh g‘ovaklaridagi suvlar muzlashi natijasida ham uning tuzilishi buziladi. Shuningdek, bunday suvlar temir buyumlarni ham zanglatadi. Agar toshlar karbonat jinsidan tayyorlangan bo‘lsa, ular biologik muhit ta’sirida turli bakteriyalar toshning g‘ovaklarida paydo bo‘lishi natijasida toshning yuzasi fakturasi, o‘lchamlarini va shaklini o‘zgartirishi mumkin.
Pardozbop tabiiy toshlar, asosan sementli qorishmalar yordamida yopishtiriladi. Ma’lumki, zamonaviy texnologiyalarda tabiiy toshdan kesib olingan pardozbop plitalarning qalinligi 6—10 mm ni tashkil etadi. Agar pardozbop plitaning qalinligi 20 mm dan katta bo‘lsa, ularni yopishtirishda turli chirimaydigan mahkamlovchi uskunalardan foydalaniladi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin