Dvigatellar (motorlar) deyiladi. Elektr dvigatellar xalq xo‘jaligining deyarli hamma sohasida ishlatiladi. O‘zgaruvchan elektr mashinalarining yana bir turi



Yüklə 1,43 Mb.
tarix01.12.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#170694
Sinxron generatorlarning tavsiflari

`

  • Elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan elektr mashinalar dvigatellar (motorlar) deyiladi. Elektr dvigatellar xalq xo‘jaligining deyarli hamma sohasida ishlatiladi.
  • O‘zgaruvchan elektr mashinalarining yana bir turi bu asinxron dvigatellardir
  • Batareyalar va ularning turlari
  • Batareya – bu elektr energiyasi bilan ishlaydigan turli xil qurilmalar uchun quvvat manbayidir. Batareyalarning eng keng tarqalgan dumaloq (silindrsimon) shakldagi 5 ta turi mavjud: sho‘r, ishqorli, litiyli, kumushli va havo-ruxli (2-rasm).
  • Nima uchun batareyalarga tushirilgan chiqindi qutisi belgisi ustidan taqiq chizig‘i tortib qo‘yilgan bo‘ladi? (3-rasm)
  • Unutmang!
  • Muddati o‘tgan va foydalanib bo‘lingan batareyalarni chiqindi qutisiga tashlash mumkin emas!
  • Batareyalarni og‘izga solishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik kerak!
  • Ishlatib bo‘lingan batareyalarni utilizatsiya (qayta ishlash) qilish uchun yig‘ib topshirish kerak.
  • Bu belgi ishlatilgan batareyalarni chiqindi qutilariga tashlash qat’iyan taqiqlanishini anglatadi.
  • Chunki o‘zi barmoqdek keladigan bu mitti energiya manbalari inson salomatligi va tabiat uchun juda katta zarar yetkazadi.
  • Bu energiya manbalari kichkina bo‘lishiga qaramay, zarari anchagina.
  • Chiqindiga tashlangan batareyaning ustki qoplamasi turli issiqlik natijasida eriydi va unda saqlanuvchi zaharli moddalar “ozodlikka chiqadi”.
  • Bitta batareya 20 metr kvadrat yer, 400 litr suv, 1 ta tipratikan, ikkita daraxt, bir necha ming yer qurtini zaharlashga yetadigan kuchga ega.
  • Elektr energiyani ishlab chiqarishning eng keng tarqalgan usuli bu suv asosida olinayotgan energiyadir, ya’ni gidroenergetika.
  • Bu energiyani olishda kо‘plab gidravlik uzatmalardan foydalaniladi.
  • Gidravlika (yunoncha “hidor” va “aulos” “naycha”) – suyuqliklarning muvozanat va harakat qonunlarini oʻrganish bilan shugʻullanadi.
  • Suyuqliklar ishtirokida bir mexanizmning ikkinchi mexanizmini harakatga keltirishiga asoslangan mexanizmlar gidravlik uzatmalar deyiladi.
  • Ishlash prinsipiga qarab gidravlik uzatmalar hajmiy va gidrodinamik turlarga bo‘linadi:
  • 1. Hajmiy gidravlik uzatmalar hajmiy nasoslar yordamida ishlaydi. Bunday uzatmalarda energiya suyuqlik orqali yetaklovchi valdan statik bosim sifatida uzatilib, gidrodvigatelni ishga tushiradi.
  • Bu uzatma gidrostatik uzatma ham deyiladi. Hajmiy gidravlik uzatmalarga gidrotransformatorni misol qilib keltirish mumkin (4-rasm).
  • Gidrotransformator (Transformator lotincha “transformo” – “oʻzgartiraman”) suyuqlik ta’sirida harakatni o‘zgartirib beradigan gidravlik uzatmadir.
  • 4-rasm. Gidrotransformator: 1 – qulflash muftasi; 2 – turbina g‘ildiragi; 3 – nasos g‘ildiragi; 4 – reaktor g‘ildiragi; 5 – tishli uzatma.
  • 2. Gidrodinamik uzatmalar parrakli gid - romashinalar yordamida ishlaydi. Bu yerda ish g‘ildiraklarga beriladigan bosim natijasida amalga oshiriladi.
  • Bu uzatmalar ba’zan turbouzatma deb ataladi. Bunga sabab ularda markazdan qochma nasos va gidravlik turbinalardan birgalikda foydalanilganligidir.
  • Gidrodinamik uzatmalarga yuk ko‘tarish moslamasi (domkrat)ni misol qilib keltirish mumkin (5-rasm).

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin