Dual ta’lim boʻyicha o’quvchi bilan korxona (tashkilot) oʻrtasida shartnoma



Yüklə 31,21 Kb.
səhifə2/3
tarix28.04.2023
ölçüsü31,21 Kb.
#104245
1   2   3
Dual ta\'lim shartnoma o\'quvchi

2. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI.
2.1. Korxona:
Dual ta’limning muddatlari hamda korxona (tashkilot)ga yuborilayotgan oʻquvchilar tarkibi boʻyicha ta’lim muassasasi bilan kelishadi;
Dual ta’lim jarayoni davrida o’quvchini mehnat qonunchiligi asosida ishga qabul qiladi;
O’quvchini korxona (tashkilot)da ishlab chiqarish bilan bogʻliq amaliy qismi mobaynida belgilangan tartibda aniq ish joyi, ya’ni ishlash uchun zarur jihozlar bilan ta’minlaydi;
O’quvchini korxona (tashkilot) ustavi, ichki tartib qoidalar, tibbiy (sanitar), yong’in xavfsizligi qoidalari va boshqa umummajburiy standart va qoidalar hamda korxona (tashkilot)ga ishga joylashish imkoniyatlari bilan tanishtiradi;
Har bir o’quvchi(lar)ga dual ta’lim dasturining ishlab chiqarish bilan bog’liq amaliy qismini o’rgatish uchun yuqori malakali mutaxassis usta biriktiradi;
Korxona (tashkilot)da dual ta’lim dasturining ishlab chiqarish bilan bog’liq amaliy qismini amalga oshirishni ta’minlaydi va yetarli shart-sharoitlar yaratadi;
Ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda o’quvchilarni korxona(tashkilot)ga borib-kelish, ovqatlanish, maxsus kiyim-kechak (forma) hamda ishlab chiqarish vositalari, xom-ashyo, yotoqxona (zarur hollarda) bilan ta’minlash xarajatlarini qoplashi mumkin;
Dual ta’limning maqsad va vazifalariga asoslangan holda o’quvchilarga o’z ustaviga muvofiq amaliy jarayonlarda qatnashishga ruxsat berishni ta’minlaydi;
Korxona (tashkilot)da o’quvchilarga tibbiy-sanitariya qoidalari, mehnatni muhofaza qilish, hayot faoliyati xavfsizligi va yong’in xavfsizligi talablariga javob beruvchi xavfsizlik choralarini ta’minlaydi;
O’quvchilarning korxona (tashkilot)da tashkil etilgan tibbiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlaydi;
Biriktirilgan usta tomonidan dual ta’lim dasturi, lavozim yo’riqnomalari va majburiyatlarni bajarilishini ta’minlaydi;
Ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ta’lim dasturlariga muvofiq o’quvchi tomonidan o’zlashtirilgan o’quv modullari asosida kasb (mutaxassislik) bo’yicha o’qitish natijalari (kompetensiyalar)ni baholash jarayonini tashkil etadi;
O’quvchilar kundaligi yuritilishini ta’minlaydi;
O’quvchining kasb (mutaxassislik)lari bo’yicha yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etishda qatnashadi;


2.2. O’quvchi:
Korxona (tashkilot) va ta’lim muassasasida belgilangan tartib qoidalariga rioya qiladi;
Korxona (tashkilot)ning ustaviga muvofiq ish jarayonlariga belgilangan tartib asosida qatnashadi;
Dual ta’limning nazariy va o’quv-amaliy qismi mashg’ulotlariga qatnashadi;
O’quv modul (fan dastur)larini to’liq o’zlashtiradi;
Amaliy mashg’ulotlarda berilgan vazifalarini o’z vaqtida bajaradi;
Dual ta’lim jarayoni vaqtida ta’lim muassasasi va korxona (tashkilot)lardan biriktirilgan ustalar bilan doimiy aloqada bo’ladi;
Oʻquvchi kundaligi o’z vaqtida yuritib boradi va hisobotlarni topshiradi;
Yakuniy davlat attestatsiyasiga puxta tayyorgarlik ko’radi va attestatsiya jarayonlariga o’z vaqtida ishtirok etadi;
Ta’lim muassasasi va korxona (tashkilot) tomonidan belgilangan tegishli vazifalarni bajaradi;
Uzrli sabablarga ko’ra ish va ta’lim jarayonlarida qatnasha olmaslik, ishga yoki o’qishga yaroqsizlik hollarda korxona tomonidan biriktirilgan instruktorga va professional ta’lim muassasasiga o’z vaqtida xabar beradi;
Qoldirilgan dars mashg’ulotlarini qo’shimcha topshiriqlarni bajarish va o’zlashtirish orqali bilim va ko’nikmalarini mustahkamlaydi.

Yüklə 31,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin