RDB-3000 bolg‘achali maydalagich (don maydalagich). Ba’zi go‘sht
korxonalarida qo‘llaniladigan bunday maydalagichlar unumdorligi 1 t/soat.
Rotorning minutiga aylanishlar soni 2100, bolg‘achalar soni 55, bolg‘achalar
uzunligi 140 mm, eni 60 mm, qalinligi 20 mm, bolg‘achalarning aylanma diametri
500 mm -ga teng.
Maydalagichning yuqorigi qismida suyak uchun iste’molchi va metall
aralashmalarini ajratish uchun magnitli separator bo‘lishidan tashqari, yuqorida
ta’kidlab o‘tilgan maydalagichlar konstruktsiyasiga mos.
Bolg‘achali maydalagichlar unumdorligi rotorning uzunligi va uning aylanishlar
soniga, bolg‘achali rotor diametriga, hamda mahsulotning maydalanish darajasiga
bog‘liq.
Po‘lat bolg‘achalar yuzasining yemirilishidan maydalagichning unumdorligi
kamayadi, shuning uchun bolg‘achalarni almashtirish talab etiladi.
M a y d a l a s h - k e s i s h m a s h i n a l a r i .
Go‘sht korxonalarida qo‘llaniladigan maydalash-kesish mashinalariga kuch bilan
ishlaydigan maydalagichlar va ishchi organi maxsus shakldagi pichoqlar
ko‘rinishidagi maydalagichlar taalluqlidir.
Kuch bilan ishlaydigan SI-20 maydalagichi. Bu mashina (46-rasm) quruq oqsilga
boy yem ishlab chiqarishga va texnik yog‘ni eritishga keladigan texnik chiqindilar
yoki suyaklar va konfiskatlar, go‘sht tanasining suyak qismini dag‘al maydalash
uchun mo‘ljallangan.
Mashina maksimal 600x750 mm o‘lchamli xomashyo bo‘lakchalarini yuklanadigan
yuklash bo‘yniga 2 ega va shvellerdan 9 iborat ramaga o‘rnatilgan massivli po‘lat
staninadan 1 iborat.
Korpusning ichida rotor-valga 3 mahkamlangan shahobchali shnek-pichoqlar 4
joylashgan. Pichoqli val 3, 39 ayl/min ega reduktor 8 va tasmali uzatma 7 orqali
30 kvt quvvatli elektrodvigateldan 6 harakatga keltiriladi. Elektrodvigatel
tasmalarni kerakli taranglashishini ta’minlash uchun surilib, taranglatuvchiga
(salazkaga) o‘rnatiladi.
|