Dinshunoslik faning predmenti va funksiyalari



Yüklə 155,4 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü155,4 Kb.
#190759
  1   2   3   4
Dinshunoslik


DINSHUNOSLIK FANING PREDMENTI VA FUNKSIYALARI
Dinshunoslik fanini o’qitishdan maqsad talabalarga diniy va milliy qadriyatlarining tarixan mushtarakligi ularning umum insoniy qadriyatlar bilan uyg’unligini tushuntirish ularda diniy bag’ri kenglik madaniyatini dinga nisbatan to’g’ri tondoshuvini shakillantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Diniy nuqtayi nazarga ko‘ra, din – muayyan diniy e’tiqodlarga, ya’ni ilohga, uning tomonidan insonlarga xabar yetkazuvchilarning g‘ayrioddiy
salohiyatga ega ekaniga (payg‘ambarlik), insonlar atrofi­da unga ko‘rinmaydigan, ammo undan ancha yuqori darajada turuvchi mavjudotlar (farishtalar, jin­lar) borligiga, inson ideal hayot kechirishi uchun azaldan belgilangan qonuniyatlar mavjudligiga (muqaddas kitoblar), inson hayo­ti muntazam nazorat ostida eka­niga, qilingan barcha yaxshilik va yomonlik uchun mukofot yoki jazo muqarrarligiga (oxirat, hisob­ki­tob qilinish), inson qismati avvaldan belgilanishiga (taqdir) va shu ka­bi qarashlarga ishonish, ularni haqida sifatida qabul qilishdan iborat.
Din – tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, ya­shashdan maqsadi ham­da taqdiri insoniyatni bevosita qurshab olgan atrof­muhitdan tashqari­da bo‘lgan, uni yaratgan ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil ha­yot yo‘lini ko‘rsatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda eta­
digan maslak, qarash ta’limotdir. Din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran va go‘zal ruhiy­ma’naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo‘lmagan xalq yo‘q. Xalq dinsiz, e’tiqodsiz biror­ bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. Sotsiologik nuqtayi nazardan qaraganda din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy ha­yotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga kel­tiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Bu esa dinni jamiyatda bajargan vazifalariga ko‘ra o‘rganish mumkin demakdir.

Dinga berilgan ta’riflardan ba’zilari


Devil lug‘atida Ambroz Birs tomonidan berilgan ta’rif: «Din umid va qo‘rquvning arzanda qizidirki, jaholatdan xalos bo‘lish yo‘lini o‘rgatadi».
Ediy Brikel: «Din – it ustidagi kulgudir».
Kliford Gertz: «Din – kishiga ruhiy quvvat, uzoq muddat­li yaxshi kayfiyat va rag‘bat baxsh qiluvchi, borliqning umumiy mazmunini muayyan tushunchalar bilan ochib berib, ushbu tu­shunchalarni halol va harom doirasida belgilab beruvchi ramzlar majmuasidir».
Villiam Jemes: «Din insonning shaxsiy va ichki hissiyoti, faoliyat va tajribasini ifoda qilib, natijada, u o‘zini ilohiy olam bilan bog‘liqli­gini his qiladi. Ruhiy, jismoniy va marosimlardagi faoliyat orqali ush­bu bog‘liqlikni izhor qilinishi diniy tashkilotlarni yuzaga keltiradi». Oksford ingliz tili lug‘atida dinga berilgan ta’rif: «Din – muayyan e’tiqod doirasidagi faoliyat va xulq shakli, ilohiy qudratga hurmat ko‘rsatish va uning istagiga rozi bo‘lish, biror sana yoki ho­latga bag‘ishlanib o‘tkaziladigan marosim va bayramlar tizimi;
e’tiqod va ibodatlar majmuasi;
taqdir qo‘lida bo‘lgan ilohiy mut­laq qudrat boshqaruvini inson tomonidan qabul qilinishi hamda ban­dalikni Unga itoat va ibodat qilish, hurmat ko‘rsatish orqali ifoda etish yo‘li;
ba’zi tamoyillar – vafodorlik, sadoqat, muhabbat va mehnatkashlikni ro‘yobga chiqarish manhaji».
Paul Tillich: «Din – ulkan ta’sir doiraga ega kuchki, u birlamchi va hayot mazmun­mohiyati haqidagi savollarga o‘z javobini bildir­ganligi nuqtayi nazardan dunyodagi boshqa tushunchalardan ustun­lik jihati mavjud». Din jamiyatda insonlar dunyoqarashini shakllantirish, tasalli berish (kompensatorlik), birlashtirish, bosh qarish, kommunikativlik, ruhiy­ma’naviy tarbiyalash kabi bir qator vazifalarni bajarib kelgan. Dinning tasalli beruvchilik vazifasini olaylik. Inson bolasi boshiga biror musibat, qiyinchilik tushganida o‘ziga dindan ovutuvchi, ko‘ngliga taskin beruvchi, yupatuvchi kuch topgan. Din birlashtirish vazifasini ham bajarib, insonlar orasida hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Har bir din e’tiqod qiluvchilarini o‘z qoidalariga amal qilishga chaqiradi. Ularni bu qoidalarga sodiqlikka undaydi va shu yo‘l bilan insonlarni birlashtiradi. Din o‘ziga e’tiqod qiluvchilarning turmushini tartibga solib, boshqarish vazifasini ham bajaradi. Bu vazifa axloq normalari asosida amalga oshiriladi. Din axloq normalarini tartibga soladi hamda halol va harom, savob va gunoh nima ekanligini belgilab beradi. Dinning kommunikativlik vazifasi shundaki, diniy urf-odat, an’ana, marosim va bayramlarni birgalikda o‘tkazishga, qarindoshlik, birodarlik, dindoshlik aloqalarini mustahkamlashga chaqiradi. Din inson hayotining ezgulik mohiyatini ochadi. Bu uning insonlarni ruhiy­ma’naviy tarbiyalash vazifasini ado etayotganiga yaqqol dalildir.
Tabiiy muhitda ro’y bergan o’zgarishlar mehnat, muloqot, oziq-ovqatlarning sifat jihatlaridan o’zgarishi insonning tashqi qiyofasi, ong, tafakkurining shakllanishiga o’z tasirini ko’rsatdi, insonda tashqi olam to’grisidagi bilimlar asta-sekin to’plana borishi natijasida uning dunyoqarashi shakllana boshladi. Inson dunyoqarashining shakllanishidagi dastlabki bosqich bu mifologiya yani afsona asotirlardan iborat bo’lib, ong, tafakkuri shakllanib borayotgan inson o’zini o’rab turgan tashqi olamdagi narsa hodisalarni bilishga, o’rganishga, tushunishga harakat qila boshlaydi. Lekin insonni o’rab turgan tashqi olam qo’rqinchli, vahimali hamda tushunarsiz bo’lib, inson tabiatda sodir bo’layotgan ko’pgina narsa va hodisalarni ilohiylashtirib, ularga sig’ina boshlaydi. Natijada ibtidoiy davrda vujudga kelgan dinning dastlabki shakllari vujudga kela boshlaydi. Ibtidoiy davrda vujudga kelgan dinning tarixiy shakllari, ilk diniy tasavvurlarda inson tabiat hodisalarini muqaddaslashtirib unga sig’ingan, undan yordam olishga harakat qilgan. Ibtidoiy diniy tasavvurlarga xos bo’lgan yana bir xususiyat inson tomonidan tabiatdagi barcha narsa hodisalarni jonlantirib tasavvur qilish, har bir narsa hodisani boshqarib turadigan ilohiy kuchlarga ishonchdir. Jahonda mavjud bo’lgan barcha dinlar ikkita katta guruhga, politeizm yani ko’p xudolik diniy tasavvurlarga, hamda monoteizm yani yakka xudoga etiqod qilishdan iborat bo’lgan diniy ta’limotlarga bo’linadigan bo’lsa, ibtidoiy davrga xos bo’lgan diniy e’tiqod bu politeizmdan iborat edi. Inson o’zini o’rab turgan tashqi olamdagi turli ilohiy kuchlarga tasir ko’rsatishga, ulardan yordam olishga harakat qilgan. Dinning ibtidoiy shakllarida insonni o’rab turgan tashqi olamdagi barcha narsa va hodisalar ilohiylashtirib, inson uchun e’tiqod ob’yekti bo’lgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida inson nafaqat jismoniy tomondan, balki ma’naviy axloqiy jihatdan ham takomillashib bordi. Odamlar mehnat faoliyati natijasida tabiat sirlarini o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Ibtidoiy jamoa tuzumining keyingi bosqichlarida tabiatning stixiyali kuchlari oldida ojizlik sezganida odamlar bu kuchlarni ilohiylashtirib, ularga sig’ina boshladilar. Natijada animizm, fetishizm, totemizm, magiya va shomonizm singari ilk diniy tasavvurlar, dinning tarixiy shakllari vujudga kela boshladi. Odamlarda dunyoni boshqarib turuvchi ilohiy kuchlarga ishonch paydo bo’lishi natijasida odamlar bu kuchlarni ruhlar deb, ulardan eng qudratlilarini ilohlar deb ataganlar. Odamlar ilohlarga ovning muvaffaqiyatli chiqishi, yomg’ir yog’ishi, sog’lik-salomatlikka erishish to’g’risidagi iltimoslar bilan murojaat qilganlar. Ular ilohlardan yordam so’raganlar. Ilohlarni turli qiyofada tasavvur qilganlar, yog’och, suyak yoki toshdan ilohlarning tasvirini qirqib yasab, bu tasvirlarni but yoki sanam deb ataganlar. But yoki sanamlar odamlar joylashgan qarorgohning eng faxrli joylariga o’rnatilgan. Odamlar ilohlar marhamatiga sazovor bo’lish uchun butlarga sajda qilganlar, butlarga atab turli-tuman qurbonliklarni amalga oshirganlar. Insoniyat tarixida insonning kundalik hayoti bilan bog’liq bo’lgan muhim ishlar, jumladan tug’ilish, ozuqa topish, ov qilish, o’z xavfsizligini ta’minlash, dafn marosimi kabilar turli diniy tasavvurlar va e’tiqodlar bilan bog’liq bo’lganligini ko’rish mumkin.

Yüklə 155,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin