Differensial hisobning asosiy teoremalari va tatbiqlari. Aniqmasliklarni ochish Reja



Yüklə 235,98 Kb.
səhifə4/13
tarix24.02.2022
ölçüsü235,98 Kb.
#53060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-dars differensial hisobning asosiy teor

3. Lagranj teoremasi

Teorema (Lagranj teoremasi). Agar f(x) funksiya [a,b] kesmada uzluksiz va (a,b) da chekli f’(x) hosila mavjud bo‘lsa, u holda (a,b) da kamida bitta shunday c nuqta mavjud bo‘lib,

(1)

tenglik o‘rinli bo‘ladi.



Isbot. Quyidagi yordamchi funksiyani tuzib olamiz:

Bu F(x) funksiyani [a,b] kesmada uzluksiz va (a,b) da hosilaga ega bo‘lgan f(x) va x funksiyalarning chiziqli kombinatsiyasi sifatida qarash mumkin. Bundan F(x) funksiyaning [a,b] kesmada uzluksiz va (a,b) da hosilaga ega ekanligi kelib chiqadi. Shuningdek



F(a)= F(b)=0,

demak F(x) funksiya Roll teoremasining barcha shartlarini qanoatlantiradi.

D emak, Roll teoremasiga ko‘ra (a,b) intervalda kamida bitta shunday s nuqta mavjud bo‘ladiki, F’(c)0 bo‘ladi.

Shunday qilib,



va bundan esa isbot qilinishi kerak bo‘lgan (1) formula kelib chiqadi. Teorema isbot bo‘ldi.

19- chizma

(1) formulani ba’zida Lagranj formulasi deb ham yuritiladi. Bu formula.



f(b)-f(a)=f’(c)(b-a) (2) ko‘rinishda ham yoziladi

Endi Lagranj teoremasining geometrik ma’nosiga to‘xtalamiz. f(x) funksiya Lagranj teoremasining shartlarini qanoatlantirsin deylik (19-chizma). Funksiya grafigining A(a;f(a)), B(b;f(b)) nuqtalar orqali kesuvchi o‘tkazamiz, uning burchak koeffitsienti bo‘ladi.

Hosilaning geometrik ma’nosiga binoan f’(c) - bu f(x) funksiya grafigiga uning (s;f(s)) nuqtasida o‘tkazilgan urinmaning burchak koeffitsienti: tg=f’(c) Demak, (1) formula (a,b) intervalda kamida bitta shunday c nuqta mavjudligini ko‘rsatadiki, f(x) funksiya grafigiga (c;f(c)) nuqtada o‘tkazilgan urinma AB kesuvchiga paralell bo‘ladi.

Isbot qilingan (1) formulani boshqacha ko‘rinishda ham yozish mumkin. Buning uchun a tengsizliklarni e’tiborga olib, belgilash kiritamiz, u holda c=a+(b-a), 0<<1 bo‘lishi ravshan. Natijada (1) formula ushbu f(b) - f(a) = f’(a+(b-a))(b-a) ko‘rinishga keladi.

Agar (1) formulada a=x0; b=x0+x almashtirishlar bajarsak, u

f(x0+x)-f(x0)=f’(c)x (3)

bu erda x0 0+x, ko‘rinishga keladi. Bu formula argument orttirmasi bilan funksiya orttirmasini bog‘laydi, shu sababli (3) formula chekli orttirmalar formulasi deb ataladi.

Agar (1) Lagranj formulasida f(a)=f(b) deb olsak, Roll teoremasi kelib chiqadi, ya’ni Roll teoremasi Lagranj teoremasining xususiy holi ekan.


Yüklə 235,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin