Har qanday pedagog yoki muhandis-pedagog ta’lim tarbiya jarayonida
o‘qitish
vositalaridan foydalanr ekan, unga qo‘yiladigan barcha talablar bilan
birgalikda, xavfsizlik texnikasi qoidalariga ham rioya qilish talab etiladi. Chunki
xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilmagan holda mashg‘ulotni tashkil etish,
o‘quvchilarning mashg‘ulot mazmunini egallashlarida
qiyinchiliklarni vujudga
keltirish mumkin.
Xavfsizlik texnikasiga rioya qilish holatlari ko‘pincha o‘qitishning texnik
vositalariga nisbatan qo‘llaniladi. Chunki texnik vositalar asosan elektr toki bilan
ishlaydi.
Hozirgi vaqtda kasb–hunar kollejlarida o‘quvchilarning texnikaviy ijodiyoti
keng rivojlanganligi tufayli o‘quv xonalarini o‘qitishning texnik vositalari bilan
jihozlashga katta e’tibor berilmoqda. Xonalarni o‘qitishning texnik vositalari bilan
jihozlash ishida quyidagi asosiy texnikaviy-pedagogik talablarga amal qilish kerak:
1. O‘quv xonalarini o‘qitishning texnika vositalari bilan jihozlashda o‘quv
jarayonida ulardan komleks tarzda foydalanishini hisobga olishi zarur.
2. O‘quv xonasining istagan joyida ko‘rish va eshitish uchun yaxshi sharoit
ta’minlash lozim.
3. O‘quv xonalarida o‘qitishning texnika vositalari ishlatilganda shovqin
manbalarini yo‘qotish kerak.
4. Barcha texnikaviy qurilmalar puxta va buzilmay ishlashi darkor.
5. Texnika vositalarining tuzilishi va ishlatilishi oddiy bo‘lishi kerak.
6. O‘qitishning barcha universal va maxsus texnika vositalaridan birgalikda
oqilona foydalanish lozim.
7. Ishlatilishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lishi zarur.
O‘qituvchi dars rejasini tuzishda unda o‘qitish vositalarining o‘rnini
belgilashi lozim. Bu vositalarning dars mazmuni bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi asosiy
talablardan biridir.
O‘qitishning ko‘rgazmaliligini oshiruvchi hamda
berilayotgan bilim yoki
axborotlarni o‘quvchilarga yetkazishda va ularning xotirasida ushbu bilimlarni
uzoq vaqt davomida esda saqlanishida asosiy o‘rin tutadigan texnik vositalar
hisoblanadi. Ulardan dars davomida foydalanishda bir necha umumiy talablarga
e’tibor berish tavsiya etiladi.
Darsda ishlatiladigan texnik vositalar dars boshlanishidan avval o‘qituvchi
tomonidan har tomonlama tekshirilgan bo‘lishi va ishga
taxt holatda saqlanishi
kerak. Ularni ishlatish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha vositalar ham sinab
ko‘rilishi shart. Texnik vositalarni ishlatish vaqti ham aniq belgilab olinishi lozim.
Bunda ayniqsa uning texnika xavfsizligi qoidalari talablariga javob berishi
tekshirib ko‘riladi.
O‘qituvchi har bir texnika vosita yordamida ekranga namoyish qilinadigan
materialni qancha vaqt davom etishini aniq belgilab olishi maqsadga muvofiqdir.
Mazmun jihatdan bu material darsning boshqa o‘quv
materiallari bilan uzviy
bog‘langan bo‘lishi darkor.
Dars jarayonida ko‘pchilik texnik vositalarni uslubiy nuqtai-nazardan
asossiz
ishlatish
ham
foydasiz.
Texnika
vositalaridan
foydalanishda
ko‘rgazmalilikni ta’minlash bilan birga, vaqtni tejashga ham e’tibor berish lozim.
Dars jarayonida imkoni boricha texnik vositalar sinf xonalarida bo‘lmasligi,
ularni maxsus pult orqali boshqarish maqsadga muvofiq.
Ekranning yorug‘lik nurini qaytarish koeffitsiyenti 0,8 ga teng bo‘lishi,
ekran sifatida oq rangga bo‘yalgan devordan foydalanish mumkin emas. Ekranning
pastki qismi sinf polidan 1x1,2 m balandlikda bo‘lishi va unga chetdan yorug‘lik
nuri tushmasligi lozim.
Yuqorida ko‘rsatilgan umumiy talablarga rioya qilish dars sifatini
ta’minlashda asosiy o‘rinlardan birini egallaydi.
Har qanday ta’lim vositalaridan foydalanishda uning didaktik funksiyalari va
qo‘llaniladigan o‘quv vaziyatlari (imkoniyatlari) haqida axborotga ega bo‘lish
o‘qituvchining mashg‘ulotni mazmunli tashkil etishini ta’minlaydi. Shuni hisobga
olgan holda quyida “Amaliy kasbiy ta’limning didaktik vositalari” haqida hamda
uning qo‘llaniladigan o‘quv vaziyatlaridan ayrim namunalar keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: