Denov tadbirkorlik va pedadagogika instituti


“Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix29.11.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#169668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
AMALIYOT FAZLIDDIN 1

“Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini 
bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali 
vazifamiz deb bilamiz.”

Ma‘lumki, barcha davrlarda ham o‘qitish mazmuni, ta‘lim 
tizimi ijtimoiy taraqqiyot bilan o’zaro muvofiqlikda rivojlanib kеlgan. Ro‘y bеrgan 
ijtimoiy o‘zgarishlarning barchasi muayyan darajada ta‘lim mazmunida o‘z aksini topadi. 
Hozirgi kunda Respublika ta‘lim tizimini mubdan isloh qilish, uni bugungi kunda 
shiddat bilan taraqqiy etayotgan zamon talablariga javob beradigan tarzda 
shakllantirishga katta ahamiyat berilmoqda. 
Ishlab chiqarish amaliyoti orqali biz ishlab chiqarish muhitiga kasbiy mutahasislik 
fanlari bilan o’rgangan bilimlarimizni amalda birlashtirgan holda qo’llashdan iboratdir. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt faravonligi va xalq faravonligining 
garovi. - Toshkent: “O’zbekiston” n ashriyoti, 2017. - 24-bet. 


I.Ishlab chiqarish amaliyotining vazifa va maqsadlari
Talabalarning o’quv jarayonida oldgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog’lash, 
ilmiy hamda nazariy bilim va ko’nikmalarini amaliyotga tadbiq etishni o’rganish, 
bo’lg’usi mutaxassisligi bo’yicha dastlabki kasbiy ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat 
bo’lib, talabalar xo’jalik yurituvchi sub’ektlari faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslarini 
va ish hujjatlarini o’rganadilar, xo’jalik yurituvchi sub‘ektlarlarining tarkibiy tuzilishi, 
huquqlari, majburiyatlari va vazifalari bilan tanishadilar hamda turli mulkchilik 
shaklidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya hisobi va auditorlik faoliyatini 
o‘rganadilar hamda tahlil qiladilar. 
Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazishdan asosiy maqsad xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning ish faoliyati bilan tanishish va talabalarning o‘qish jarayonida olgan 
nazariy bilimlarini mustahkamlash va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha amaliy 
ko‘nikmalami shakllantirish hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish amaliyotining asosiy vazifasi xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
faoliyatini va ular tomonidan olib boriladigan xo‘jalik operatsiyalarni rasmiylashtirish va 
amalga oshirishni tashkil etilishini hamda ular asosida nazariy bilimlarini amaliyotga 
tadbiq etishni o‘rganishdan iboratdir. Shuningdek, amaliyot davrida talabalar xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham muntazam ishtirok 
etib borishlari lozim. 
Talabalar o‘quv ishlab chiqarish amaliyotini turli vazirliklar, jamoat 
birlashmalarining idoralarida, tijorat banklarida, byudjet tashkilotlari va ilg’or xo’jalik 
sub’ektlari (amaliyot ob‘ektlari)da o’tkazishlari mumkin. 
Mazkur amaliyotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

o’quv jarayonida —“Buxgalteriya hisobi”, —“Audit”, —“Moliyaviy va 
boshqaruv hisobi”, —“Moliyaviy tahlil”, “Statistika” kabi umumkasbiy va yo’nalish 
fanlaridan olingan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash; 

xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlari faoliyati yuzasidan shakllangan nazariy 
bilimlarini mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish; 

talabalarning yo‘nalish fanlaridan bajariladigan kurs ishlari va mustaqil 
ishlarini amaliy ma‘lumotlar bilan boyitishga qulay sharoit yaratish; 

xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlari faoliyatini tashkil etish yuzasidan amalda 
bo’lgan me’yoriy-hududiy asoslari bilan tanishish; 

xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlari faoliyatini biznes rejasini, ko‘rib chiqish va 
tasdiqlash, amalga oshirilishi yuzasidan nazorat qilish hujjatlari bilan tanishish; 



xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlari faoliyatini buxgalteriya hisobi va auditi 
hujjatlarini o‘rganish; 

bank tizimining me’yoriy-hududiy asoslari va hujjatlarini o’rganishdan 
iboratdir. 
Talabalarning mazkur o‘quv ishlab chiqarish amaliyoti —Buxgalteriya hisobi va 
audit” yo‘nalishlari fanlarining nazariy qismini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan 
o’qish jarayoning bevosita ishlab chiqarish sharoitlarida o’tkaziladigan davomidir. 
O‘quv ishlab chiqarish amaliyoti —Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishi davlat 
ta‘lim standarti (DTS)da ko‘zda tutilgan shaklda, ya‘ni DTPI —“Buxgalteriya hisobi va 
audit” ta’lim yo’nalishining o’ziga xosligini hisobga olib, kadrlar buyurtmachilari 
talablariga binoan 3-kursida joriy yilning “29”-maydan “31”-iyulgacha bo‘lgan davrda
bevosita o‘quv ishlab chiqarish jarayonida tashkil qilinadi va amaliyotning maqsadi
muddati va mazmuni, DTS, —“Buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishi o’quv rejasi, 
yo’nalishning malakaviy talablari va mazkur amaliyot dasturida ifodalangan. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin