Демо труд Хodimlar soni uz


 Manbalar, uslublar va tarqatish usullarini tanlash



Yüklə 108,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix05.08.2023
ölçüsü108,84 Kb.
#138749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Xodimlar soni (1)

1.1.2 Manbalar, uslublar va tarqatish usullarini tanlash 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunning 33-moddasiga muvofiq: 
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar rasmiy statistikaning sifatini doimiy asosda baholab boradi. 
Sifat kafolatini ta’minlash uchun rasmiy statistika rasmiy statistikaning qamrovi, tushunchalari
statistik birliklari va tasniflariga taalluqli umumiy prinsiplar hamda usullar asosida tayyorlanadi 
va tarqatiladi. 
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar rasmiy statistikaning sifatini yaxshilash maqsadida 
ma’lumotlarni tahlil etish va tahrir qilish, turli manbalardan olingan ma’lumotlarni birlashtirish, 
ma’lumotlarni statistika maqsadlarida bir-biriga bog‘lashni va solishtirishni amalga oshirish 
hamda baholashning statistik usullaridan foydalanish huquqiga ega. 
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar tayyorlash jarayonida foydalaniladigan manbalar va usullarni, 
shuningdek yakuniy ma’lumotlar to‘plamlarini hujjatlashtirib boradi. Rasmiy statistikadan 
foydalanuvchilar statistika ma’lumotlarining manbalari va ularni tayyorlash usullari hamda 
rasmiy statistika ma’lumotlarining sifati to‘g‘risida metama’lumotlar yordamida xabardor 
qilinadi. 


1.1.3 Statistik ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilish yoki undan noto‘g‘ri foydalanish 
bo‘yicha sharh 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomda (15-band) Davlat 
statistika qo‘mitasi rasmiy statistik ma’lumotlardan noto‘g‘ri foydalanish va talqin qilish 
holatlarini ko‘rib chiqish hamda ular bo‘yicha tushuntirishlar berish huquqiga ega ekanligi 
belgilab qo‘yilgan. 
Unga ko‘ra, Davlat statistika qo‘mitasi statistik ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilish va statistik 
ma’lumotlardan noto‘g‘ri foydalanilganda o‘z izohini berishi mumkin. 

Yüklə 108,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin