«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə16/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

Bug’simon suv. Har qanday sharoitda tuproqdagi suvning bir qismi bug’ holatiga o’tadi. Bug’simon suv o’simliklarga singmaydi, u xech qanday fiziologik ahamiyatga ega emas. Ammo, suyuq holatga o’tgandan keyin o’simliklarga singadi: biroq bu bug’simon suv o’simliklar uchun asosiy suv manbai bo’la olmaydi. Shuning uchun ham, bug’simon suv, dehqonchilikda amaliy jihatdan ahamiyatga ega emas.
Gigroskopik suv. Gigroskopik suv tuproq zarralari yuzasiga singdirilgan namlikdir. Tuproqdagi namlikning miqdori maksimal gigroskopik suvdan ikki marta ko’p bo’lsa, o’simliklar so’liy boshlaydi. Masalan, malum bir tuproqdagi maksimal gigroskopik suv 4 %, shu tuproqdagi nam 8 % bo’lsa, o’simliklar so’liy boshlaydi. Har qanday tuproqdagi maksimal gigroskopik suvning ikki hissasiga teng bo’lgan namlik o’simliklarning so’lish koeffisiyenti deyiladi; bunday miqdordagi suv o’simliklar hayoti uchun foydasizdir.
Pardasimon suv. Parda suv-tuproq zarrachalarining sirtidan yupqa parda singari o’rab olgan bo’ladi. Pardasimon suvni o’simlik o’zlashtira olmaydi.
Kapillyar suv. Kapillyar suv tuproq qatlamlaridagi kapillyar kovaklar orqali qo’yi qatlamdan yuqori qatlamga erkin harakat qiladigan suvdir. Kapillyar suv tuproqning juda mayda kapillyarlarini (yo’llarini) to’ldiradi va o’simlik yaxshi foydalanadi, shuning uchun o’simlikni suv bilan taminlashda asosiy manbalardan hisoblanadi.
Gravitasion suv. Tuproqning nokapillyar kovaklari orqali yuqoridan qo’yi qatlamlarga erkin harakatlanadigan suv gravitasion suv deyiladi. Gravitasion suvdan o’simlik yaxshi foydalanadi, Lekin u tezda pastki qatlamga o’tib ketadi yoki suvning boshqa holatiga aylanib qoladi.


3.Tuproqning suv xossalari va suv rejimini boshqarish usullari.
Tuproqning suvga bo’lgan talabini ifodalovchi xususiyatlarining barchasi tuproqning suv xossalarini tashkil etadi.
Tuproqning asosiy suv xossalari-nam sig’imi, suv o’tkazuvchanligi, suv ko’tarish kobiliyati (kapillyarligi), tuproqning suv bug’latish xususiyati va boshqalardir.
Tuproqning nam sig’imi. Tuproqning malum miqdorda o’ziga suv singdirish va ushlab turish qobiliyati uning nam sig’imi deyiladi. Tuproqning nam sig’imi maksimal gigroskopik, kapillyar, dala va to’lik nam sig’imlariga bo’linadi.
Maksimal gigroskopik nam sig’imi deyilganda - tuproq zarrachalari molekulalarining tortish kuchi natijasida uning sirtida ushlanib turgan suv miqdori tushuniladi.
Kapillyar nam sig’imi. Tuproqning kapillyar kovaklarida ushlanib turgan suv miqdori tushiniladi. Kapillyar nam sig’imi kapillyar g’ovaklar hajmiga va kapillyarlarga namlikni kelib turishiga bog’liq bo’ladi.
To’liq nam sig’imi. Tuproqning kapillyar va nokapillyar kovaklari va hamma bushliqlari tamomila suv bilan tuyingan holdagi namlikka aytiladi. To’liq nam sig’imi tuproqning maksimal suv sig’imini ifodalaydi va kuchli yog’inda yoki yer meyoridan ortiq bostirib sug’orilganda, suvning biror tomonga sizib ketishi qiyinlashganda yoki umuman suv chetga chiqib ketmaganda vujudga keladi.
Dala nam sig’imi. Gravitasion suv yuqoridan qo’yi qatlamga oqib ketgandan va bug’lanish bartaraf etilgandan keyin tuproqda maksimal miqdorda ushlanib qolgan nam miqdori tushiniladi. Boshqacha qilib aytganda, tashqi omillar tasirisiz tuproqda maksimal miqdorda ushlanib qolgan suv miqdori dala nam sig’imi deyiladi.
Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida dala nam sig’imini bilish katta ahamiyatga ega, chunki ekinlarni sug’orish meyori ana shu nam sig’imiga nisbatan aniqlanadi.
Tuproqning suv o’tkazuvchanligideganda, yuqoridan qo’yi qatlamlarga suv o’tkazish qobiliyati tushiniladi. Tuproqning suv o’tkazish kobiliyati ekinlarni suv bilan taminlashda katta ahamiyatga ega. Tuproqning suv o’tkazuvchanligi muhim xossalardan hisoblanib, tuproqda suv zaxirasini vujudga keltiradi va mikroorganizmlar faoliyatini boshqarishda asosiy o’rin to’tadi. Suv o’tkazuvchanligini aniqlash, sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida juda muhimdir. Chunki, vegetasiya davomida tuproqqa qo’yiladigan suvning tuproqqa singishi, shimilishi, tuproqning suv o’tkazuvchanligiga bog’liq, yani ekinlarni sug’orish muddati tuproqning shu xossasiga qarab aniqlandi.
Tuproqning suv o’tkazuvchanligini baholashda N.A.Kachinskiy tavsiya etgan shkaladan foydalanish mumkin. Shunga ko’ra xarorat 100S va suv bosimi 5 sm bo’lgan sharoitda tuproqning suv o’tkazuvchanligi qo’yidagicha baholanadi. Agar kuzatishning birinchi soatida 1000 mm dan ko’p suv o’tsa, tuproqning suv o’tkazuvchanligi buzuvchi, 1000-500 mm gacha - g’oyat (ortiqcha) yuqori, 500-100 mm – eng yaxshi, 100-70 - yaxshi, 70 dan 30 gacha qoniqarli, 30 mm dan kam - qoniqarsiz hisoblanadi.
Tuproqning suv ko’tarish qobiliyati. Kapillyar kuchlar tasirida tuproqning suvni yuqoriga qarab ko’tarish xossasidir.
Suv o’tkazuvchanlik va suv ko’tarish tezligi sm/sek, sm/min va sm/soat, mm/soatlarda ifodalanadi.
Tuproqdagi kovakliklarning o’lchami 8 mm atrofida bo’lganda kapillyar kuchlar yuzaga keladi. Suvning maksimal ko’tarilishi (sizot suv sathidan yuqorida) qumli tuproqlarda 0,5-0,7, qumlik tuproqlarda 2,5-3,0 m, og’ir soz tuproqlarda 4-6 m ni tashkil etadi.
Tuproqning suv bug’latish xususiyati. Tuproqdagi namlikning malum qismi bug’lanish tufayli yo’qoladi. Namni bug’lanish miqdoriga tuproqning xossalari va tashqi sharoit tasir etadi. Bug’lanish havoning namligiga, temperaturaga, shamolning tezligiga qarab o’zgarib turadi.
Malumki, shamol tasirida, ayniqsa, bahorda yerning yuza qatlamidagi nam tez bug’lanib ketib, tuproq quriydi. Natijada, ekinlarning urug’i tuproqning tabiiy namida unib chiqmaydi, ko’chat siyrak bo’lib qoladi.
Yerning relyefi, tuproqning mexanik tarkibi, strukturasi, chirindi miqdori, tuproqning tusi ham bug’lanishga tasir etadi.
Bug’lanishni kamaytirish maqsadida sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida ekinlarni bevosita sug’orishdan oldin egat olingani maqul.
Yer betini mulchalash, yani chirigan go’ng, qipiq, g’o’zapo’choq kabi narsalar ham namning bug’lanishini ancha kamaytiradi. tuproqdagi namning bug’lanishini kamaytirish chora-tadbirlarini ko’rish, dalalar atrofida ixota daraxtzorlari barpo etish, tuproqda kapillyar orqali namning yuqoriga ko’tarilishiga to’sqinlik qilish (boronalash, kultivasiyalash) tuproqning suv rejimini boshqarishda, suvdan samarali foydalanishda katta ahamiyatga ega.
Tuproqning suv xossalari uning mexanik tarkibiga, strukturasiga va tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Tuproqning suv rejimi to’g’ri bo’lishi uchun tuproqning suv o’tkazuvchanligini yaxshilash, nam sig’imini oshirish, namni yuqoriga ko’tarish xususiyati va uning bug’lanish sathini kamaytirish zarur.
Sug’oriladigan dehqonchilikda tuproqning suv rejimini yaxshilash muhim tadbirlardan hisoblanadi. Tuproqda maksimal darajada nam to’plash va uning foydasiz sarflanishini, qo’yi qatlamlarga sizib ketishini, yog’in suvlarning pastlikka, shuningdek, jarlarga oqib ketishini va boshqalarni iloji boricha kamaytirish zarur.
Bevosita tuproq suv rejimini boshqarishda qo’llaniladigan tadbirlardan eng muhimi tuproqni sifatli ishlashdir. Yer sifatli ishlaganda tuproq tuzilishi yaxshilanadi, uning g’ovak, kesakli strukturasi saqlanadi va begona o’tlar yuqoladi. Namlikning bexuda sarf bo’lishi kamayadi.
Tuproqning suv rejimini boshqarishda sug’orishni to’g’ri tashkil etish va sug’organdan so’ng tuproq yetilishi bilan sifatli ishlov berish muhim ahamiyatga ega.
Almashlab ekish, yani dalalarga ekinlarni to’g’ri navbatlab ekish, yerga organik o’g’itlar solish, yerni ekishga sifatli tayyorlash va urug’ni o’z vaqtida yuqori agrotexnika qoidalari asosida ekish, o’simliklarni o’z vaqtida parvarish qilish, tuproqning suv rejimiga foydali tasir etuvchi eng muhim omillardan hisoblanadi.


1.O’simliklar hayotida suvning ahamiyati va urug’larni unib chiqishi uchun zarur bo’lgan suv miqdorini tushintirib bering?
2.transpirasiya va uning koeffisiyenti deganda nima tushiniladi?
3.O’simliklar suvga bo’lgan munosabatiga qarab, qanday gruxlarga bo’linadi?
4.Tuproqdagi suvning shakllari qanday va ularni axamiyatini izoxlab bering?
5.Tuproqning suv xossalari va ularni axamiyati qanday?
6.Tuproqning suv rejimi va uni boshqarish to’g’risida tushuncha bering.


Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin