Davr talabi sifatida



Yüklə 254,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix08.04.2023
ölçüsü254,34 Kb.
#94796
  1   2   3   4   5
tojiyeva-g.-niyazov-s.-ozbek-zamonaviy-tilshunosligida-adabiy-til-talqini-davr-talabi-sifatida



O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
21 
O‘ZBEK ZAMONAVIY TILSHUNOSLIGIDA ADABIY TIL TALQINI 
DAVR TALABI SIFATIDA 
 
Tojiyeva Gulbahor Nomozovna, f.f.d, dotsent, QarDU.
Niyazov Sunnatillo Baxtiyor o‘g‘li, magistr, QarDU.
 
Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbek zamonaviy tilshunosligida adabiy 
til talqini davr talabi sifatida fikr-mulohazalar yuritilgan va unga bir qancha 
misollar bilan aniqliklar keltirilgan. 
Kalit so‘zlar: Adabiy til me’yorlari, O‘zbek zamonaviy tilshunosligi, 
formal tilshunoslik, еvropacha o‘zlashmalar, xalq kechmishi, O‘zbek 
leksikografiyasi. 
Abstract. In this article, the interpretation of the literary language in modern 
Uzbek linguistics is discussed as a requirement of the time, and clarifications are 
given with several examples. 
Key words: Literary language norms, modern Uzbek linguistics, formal 
linguistics, European adaptations, folk history, Uzbek lexicography. 
O‘zbek tilshunosligi tarixida XX asrning birinchi yarmi hozirgi o‘zbek 
adabiy tili me’yorlarini ishlab chiqish va ommalashtirish davri hisoblanadi. O‘z 
oldiga davr talablaridan kelib chiqib, muayyan maqsadlarni qo‘ygan o‘zbek 
tilshunosligi 50-60 yil mobaynida o‘zbek adabiy tili me’yorlarini ishlab chiqish 
va ommalashtirishdan iborat ulkan zarurat asosida ish ko‘rdi.
Ma’lumki, bu davrda Markaziy Osiyoda milliy o‘zlikni anglash, hokimiyat 
boshqaruvining ortodaksallashuvi, temuriylar sulolasidan keyingi xonliklar 
orasidagi urushlar natijasida ko‘p asrlar davomida kechgan ma’naviy, madaniy 
inqiroz iskanjasida qolgan boy moddiy madaniy va ma’naviy merosni tiklash 
ijtimoiy ehtiyoj sifatida namoyon bo‘ldi. Taraqqiyotning peshqadam darg‘alari 
bo‘lgan jadidlar ma’rifatning rivojlanish asosi ekanligini anglab еtdilar va 
maktab-maorif ishlarini ana shu ma’rifatni ta’minlash maqsadiga bo‘ysuntirdilar. 
Yangi usul maktablar ochilib, savodxonlik, o‘qish-o‘qitish ishlari, milliy 
matbuotni shakllantirish va rivojlantirish keng tus oldi. Zamonaviy talablarga 
uyg‘un holdagi dastlabki o‘quv adabiyotlari yaratildi. Arab alifbosini isloh qilish, 
adabiy tilni jonli xalq tiliga yaqinlashtirish uchun xalq shevalarini o‘rganish 
kuchaydi. Abdurauf Fitratning o‘zbek xalq adabiy tilining ilk namunasi va talqini 
sifatida yaratilgan “Sarf” (“Morfologiya”) va “Nahv” (“Sintaksis”) asarlari 
adabiy til me’yorlarini belgilashda muhim rol o‘ynadi. O‘zbek adabiy tilining 
fonetik tizimi, morfologiyasi, sintaksisi bo‘yicha o‘zining bebaho fikrlarini bayon 
qildi. Ilk marta “turush belgilari” (“tinish belgilari”) tizimini yaratdi. Bu davrda 
hali adabiy til me’yorlari haqidagi bu qarashlar uning subyektiv fikri bo‘lsa-da, 
uning me’yorlarini belgilashda Fitrat g‘oyalari ancha ustuvor ahamiyat kasb etdi. 
Umuman olganda, asr boshidagi adabiy til me’yorlari haqidagi qarashlar asosan 
amaliy ahamiyatga molik bo‘lib, bu til qurilishi bo‘yicha sof ilmiy tadqiqotlar 



Yüklə 254,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin