Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»



Yüklə 202,65 Kb.
tarix28.03.2017
ölçüsü202,65 Kb.
#12667
TOSHKENT TIBBIET AKADEMIYASI
DAVOLASH FAKULTETI

FAKULTET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI



«TASDIQLAYMAN»

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Professor Teshaev O.R.

___________________________

«27» avgust 2015 y.



Maruza mavzusi:
O‘T-TOSH KASALLIKLARI.

SURUNKALI TOSHLI XOLETSISTIT

Davolash fakulteti 4 kurs talabalari uchun




Toshkent – 2015

TOSHKENT TIBBIET AKADEMIYASI
DAVOLASH FAKULTETI

FAKULTET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI



«TASDIQLAYMAN»

Davolash fakulteti dekani prof. Zufarov P.S.


___________________________

«27» avgust 2015 y.



Ma'ruza mavzusi:
O‘T-TOSH KASALLIKLARI.

SURUNKALI TOSHLI XOLETSISTIT

Davolash fakulteti 4 kurs talabalari uchun

Xirurgiya bo‘yicha MK da

ko‘rib chiqilgan va

tavsiya etilgan

Majlis bayoni № 1

«27» avgust 2015 y.

Toshkent – 2015

O‘t-tosh kasalliklari.

Surunkali toshli xoletsistit
O‘QITISH TEXNOLOGIYASI

Talabalar soni- 60-120

Davomiyligi – 2 soat

O‘quv mashguloti shakli

Ma'ruza - vizuallashtirish


Ma'ruza rejasi

1. O‘t tosh kasalligi– terminologiya.

2. Surunkali toshli xoletsistit patogenezi.

3. O‘t tosh kasalligi klinika, diagnostika, diff. diagnostika.

4. O‘t tosh kasalligi davo prinsiplari.



O‘kuv mashguloti maksadi: O‘t tosh kasalligi tilishi semiotika bilan tanishdirish, diagnostika va davoni o‘rganish

O‘kituvchining vazifalari:

1. O‘t tosh kasalligi kasalligni o‘rgatish.



O‘kuv faoliyatining natijalari:

Talaba bilishi kerak:

1. Kasalligni etiologiya, patogenez va klinikani.

2. O‘t tosh kasalligi patogenezi.

3. Differensial diagnostikani va simptomlarni aniklish.

4. Xirurgik davo prinsiplarni tanglash.


O‘kitish usullari va texnikasi

Ma'ruza – vizuallashtirilgan, texnika: blits-so‘rov, yo‘naltirilgan savollar, “xa-yo‘k” texnikasi

O‘kitishvositalari

Kompyuter proektori, vizual materiallari, axborot ta'minoti

O‘kitishshakllari

Kollektiv

O‘kitishsharoitlari

Texnik o‘kitishvositalari bilan ishlashga moslashtirilganauditoriya


MA'RUZA TEXNOLOGIK XARITASI

Muddat, boskichlar

Faoliyat

O‘kituvchining

talabaning

1boskich

Kirish


(5 min)

1. Maruza mavzuining nomi, maksadi, rejalashtirilgan natijalari va o‘tkazish rejasi ma'lum kilinadi

1. Eshitadi.

2 boskich

Bilimlarning dolzarbligi

(20 min)


2.1. Talabalarni jonlantirish uchun yo‘naltirilgan savollarberiladi:

1. O‘t tosh kasalligi nimaligini?

2. Surunkali toshli xoletsistitni diagnostikasi.

Blits-so‘rov” o‘tkazadi.

2.2. Ekranga ma'ruzaning maksadini chikaradi va u bilan tanishib chikishni tavsiya etadi.

Slayd mazmunini izoxlaydi. 1-slayd.

2.3. Ekranga2-slaydni chikaradi.


2.1. Savollarga javob beradi.

2.2. 1-slaydmazmunini o‘rganadi.


2.3. 2-slaydmazmunini o‘rganadi.

3 boskich

Axborot berish (55 min)



3.1. Rejadagi masalalar bo‘yicha vizual materiallar va yo‘naltirilgan savollarni ko‘llagan xolda ma'ruza materialini birin ketin bayon kiladi: Rejaning 1-masalasi bo‘yicha: O‘t tosh kasalligi nimaligini nima ma'noligini bildiradi.

Rejaning 2-masalasi bo‘yicha: Surunkali toshli xoletsistitni diagnostikasi.

.


3.1. Berilgan materialning mazmunini muxokama kiladilar, oydinlashtiradilar va savollar beradilar.
Asosiylarini yozib oladilar.

4 boskich

Yakuniy


(10 min)

4.1. Savol beradi:

  1. O‘tkir xoletsistit va asoratlari belgilari

  2. O‘tkir xoletsistit va asoratlari simptomlari.

4.2. Mustakil tayyorlanish uchun topshirik beradi: Noma'lum etiologiyali keratitlar

4.1. Savollarga javob beradi.
4.2. Eshitadilar, yozib oladilar.

Mavzuni asosolash: O‘t-tosh kasalligi. O‘t-tosh kasalligi - 40 yoshdan oshgan odamlarda uchraydigan tarqalgan kasallik. 70 yoshdan oshgan ishilarda kasallanish 30-40 foizni tashkil qiladi. Aksariyat ayollar kasallanadilar. O‘t-tosh kasalligining morfologik substrati pufak va o‘t chikaruvchi yo‘llardagi toshlar xisoblanadi. O‘t toshlari o‘tning odatiy tarkibiy qismlari - bilirubin, xolesterin, kalsiydan tashkil topgan. O‘t toshlari asosan o‘t pufagida xosil bo‘ladi, toshlar o‘t yo‘llarida kamdan-kam paydo bo‘ladi. O‘t toshlari paydo bo‘lishining asosiy sababi 3 ta: moddalar almashinuvi buzilishi, o‘t pufagi epiteliysidagi yallig‘lanish o‘zgarishlari va o‘t dimlanishidir. O‘t-tosh kasalligi simptomlarsiz o‘tishi mumkin va o‘t pufagida toshlarni bemorni boshqa kasallik sababli tekshirayotganda, qorin bo‘shlig‘i organlarini operatsiya qilayotganda yoki yorib ko‘rish vaqtida tasodifan aniqlanadi. Klinik jixatdan o‘t-tosh kasalligi ko‘pincha jigar (o‘t pufagi) sanchig‘i ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Og‘riq aksariyat parxez buzilganda, jismoniy zo‘riqishda paydo bo‘ladi. Og‘riq xuruji paydo bo‘lishiga o‘t po‘fagi bo‘ynida pufak yo‘lida tosh qisilib qolishi sabab bo‘ladi. Og‘riq, o‘ng qovurg‘alar ostida va epigastral soxada joylashgan bo‘lsa, bel soxasiga, o‘ng kurakka beriladi. Ko‘pincha jigar sanchig‘i xuruji ko‘ngil aynishi va safro aralash bir necha marta qayt qilish bilan o‘tadi, biroq bunda bemor yengil tortmaydi.

Ma'ruza maksadi: o‘t tosh kasalligi, surunkali toshli xoletsistit, diagnostika va davolash semiotika bilan tanishtirish, diagnostika va davoni o‘rganish.

Ma'ruzaning tarbiyaviy maksadi: Ma'ruza talabada mustakil fikr yuritishga, uz maksadiga erishishda mexnatsevar bulishni, kat'iyyatlikni, javobgarlik xissini va shaxs sifatida shakllanishni rivojlantiradi. Davlat mikyosiga ega bulgan bu ogir kasalliklarni davolash va profilaktikasida kelajakda vrach sifatida uning majburiyatlari va rolini shakllanishiga katta ta'sir kursatadi.

Ma'ruzada ko‘riladigan masalalar: O‘t yo‘llari va o‘t pufagi kasalliklari bo‘yicha tushuncha berish, etiopatogenezi va tasnifi, ushbu kasallikning klinik manzarasi va asoratlarini yeritish, diagnostika va differensial diagnostikasi, zamonaviy davolash usullarini yeritish

Ko‘rsatilgan vaqt bo‘yicha muxokama qilish kerak bo‘ladigan savollar:

1. Motivatsiya, mavzuni asoslash - 5 min

2. Qisqacha anatomik-fiziologik ma'lumotlar, bemorlarni tekshirish usullari - 20 min

3.O‘TK Surunkali toshli xoletsistit etiopatogenezi – 10 min.

4. Klinik kartinasi – 20 min

5. Diagnostika va differensial diagnostika. - 10 min

6. Davolash - 15 min

7. Kasallik profilaktikasi - 10 min


Mavzuni kanchalik uzlashtirganligini bilish uchun auditoriyaga beriladigan savollar:

1. O‘t yo‘llari va o‘t pufagi anatomiyasi va fiziologiyasi.

2. O‘t yo‘llari va o‘t pufagi kasalliklari bilan xastalangan bemorlarning shikoyatlari, anamnez va ob'ektiv ko‘rsatkichlari.

3. O‘t yo‘llari va o‘t pufagi kasalliklari bilan xastalangan bemorlarni tekshiruv usullari.

4. O‘t yo‘llari va o‘t pufagi kasalliklari tasnifi

5. O‘t yo‘llari va o‘t pufagi kasalliklari etiopatogenezi.

6. O‘t yo‘llari va o‘t pufagi kasalliklari klinik kechimi.

7. O‘t yo‘llari va o‘t pufagi kasalliklari patogenetik davolash prinsiplari.


Anatomik-fiziologik ma'lumotlar. O‘ng va chap tomondagi jigar yo‘llari jigarning shu nomidagi bo‘laklaridan chikib, umumiy jigar yo‘lini xosil kiladi. Jigar yo‘lining eni 0,4 dan 1 sm gacha o‘zgarib turadi va o‘rta xisobda 0,5 sm ni tashkil kiladi. O‘t yo‘lining uzunligi taxminan 2,5-3,5 sm. Umumiy jigar yo‘li o‘t pufagi yo‘li bilan ko‘shilib, umumiy o‘t yo‘lini xosil kiladi. Umumiy o‘t yo‘lida to‘rtta bo‘lim fark kilinadi: o‘n ikki barmok ichak ustida joylashgan supraduodenal, o‘n ikki barmok, ichak yukori-gorizontal tarmoki orkasidan o‘tadigan retroduodenal, retropankreatik (me'da osti bezi boshchasi orkasidagi) va o‘n ikki barmok ichakning vertikal tarmoki devoridagi intramural bo‘limlar.

Umumiy o‘t yo‘lining distal bo‘limi o‘n ikki barmok, ichak shillik pardasi ostidagi kavatda joylashgan katta duodenal surgich (Fater surgchi) xosil kiladi. Katta duodenal surgich uzunasiga ketgan, doirasimon va kiyshik tolalardan iborat avtonom mushak sistemaga - Oddi sfinkteriga ega, bu sfinkter o‘n ikki barmok ichaklariga boglik emas. Pankreatik yo‘l katta duodenal surgichga yakinlashib, umumiy o‘t yo‘lining terminal bo‘limi bilan birga duodenal surgich ampulasini xosil kiladi. Katta duodenal surgichda operatsiya bajarishda o‘t yo‘li bilan pankreatik yo‘llarning o‘zaro munosabatlariga doyr turli variantlar xisobga olinishi lozim. O‘t pufagi jigarning pastki yuzasida unchalik katta bo‘lmagan chukurchada joylashgan. O‘t pufagining sigimi taxminan 50—70 ml ni tashkil kiladi. O‘t yo‘lining shakli va o‘lchamlari uning yallig‘lanishi va chandiqli jarayonlarida o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. O‘t pufagining tubi, tanasi, bo‘yni farq qilinib, bo‘yni pufak yo‘liga o‘tadi. Aksariyat o‘t pufagi bo‘ynida qo‘ltiqsimon bo‘rtma - Gartman cho‘ntagi hosil bo‘ladi. Pufak yo‘li ko‘pincha xoledox o‘ng yarim doirasiga o‘o‘tkir burchak ostida tushadi. O‘t pufagi devori uchta parda: shiliq, mushak va fibroz pardalaridan iborat. Pufak shiliq pardasi ko‘p sonli bo‘rmalar hosil qiladi. Pufak bo‘yni soxasida va pufak yo‘lining boshlang‘ich qismida ular Geyster klapanlari degan nom olgan, pufak yo‘lining bir-muncha distal bo‘limlarida silliq mushak tolalari dastalari bilan birga Lyutkins sfinkterini hosil qiladi. Shiliq parda mushak dastalari orasida joylashgan ko‘p sonli bo‘rmalar - Rokitanskiy - Ashoff sinuslarini hosil qiladi.

O‘t pufagiga o‘t pufagi bo‘yni tomonidan asli jigar arteriyasining bitta yoki ikkita shohi, yoki uning o‘ng tarmog‘idan keladigan pufak arteriyasi orqali qon bilan ta'minlanadi. Limfatik tugunlarga limfa oqib ketishi jigar darvozasidan va jigarning o‘zidagi limfatik sistemadan sodir bo‘ladi. O‘t pufagi innervatsiyasi qorin chigali tarmoqlari, chap adashgan nerv va o‘ng diafragmal nervdan tashkil topgan jigar tarmog‘idan amalga oshiriladi. Jigarda ishlanadigan va jigardan tashqaridagi o‘t yo‘llariga tushadigan o‘t suyuqligi (safro) suv (97%), o‘t tuzlari (1 -2%), pigmentlar, xolesterin va o‘t kistalaridan (taxminan 1%) iborat. Jigarning o‘t ajratish o‘rtacha debiti minutiga 40 ml. O‘t pufagida suv va elektrolitlar surilishi hisobiga o‘t suyuqligi konsentratsiyasi ro‘y beradi. Bunda o‘tning asosiy komponentlari konsentratsiyasi ularning jigar o‘tidagi dastlabki miqdoridan 5-10 marta oshgan bo‘ladi. Ovqat, nordon me'da shirasi, yog‘lar va qon intestinal gormonlar - xoletsistokinin, sekretin o‘t pufagining qisqarishini va ayni vaqtda Oddi sfinkterining bo‘shashishini vujudga keltiradi.

Ovqat o‘n ikki barmoq ichakdan o‘tgandan va o‘n ikki barmoq ichakda ishkoriy bo‘lib qolgandan keyin qonga gormonlar ajralishi to‘xtaydi, Oddi sfinkteri qisqarib, o‘tning ichakka tushib turishiga tusqinlik qiladi.



Tekshirish usullari. O‘t pufagi va o‘t yo‘llarining diagnostikasi avvalo bemorlarning shikoyatlarini, anamnezni va organizmni fizik usullar bilan tekshirish natijalarini o‘rganishga asoslanadi.

Bemorlar quyidagilarga eng ko‘p shikoyat qiladilar: og‘riq, dispepsiya, istma, et junjiqishi, teri qichishi, sariqlikdir. Anamnezni Aniqlashda bemorda ilgari sariqlik va jigar hamda o‘t pufagining o‘tkir kasalliklari, sanchiq xurujlari bo‘lgan-bo‘lmaganiga ahamiyat berish zarur, ular bu organlarning (Surunkali xoletsistit, xolangit va o‘t-tosh kasalligi) shu kasallikni boshlab bergan bo‘lishi extimol. Fizik tekshirish usullaridan bemorni ko‘zdan kechirish, paypaslab ko‘rish, perkussiya, auskultatsiyadan foydalaniladi. Ular anatomik va funksional o‘zgarishlar to‘g‘risida tushuncha hosil qilishga imkon beradi va ko‘pincha bemorni davolash jarayonida o‘ning xolati dinamikasiga baho berishda asosiy usullardan sanaladi.

Jigarni funksional tekshirish bu organning spetsifik faoliyatini, masalan, pigment, zararsizlantiruvchi, oqsil hosil qiluvchi, farmakometabolizm kabi vazifalarni aks ettiradi.

Biliar kasalliklarni diagnostika qilishda rentgenologik tekshirish ko‘p xollarda hal qiluvchi axamiyatga ega bo‘ladi.

Bemor qornini bosib yotganida olingan su'rat jigarning o‘lchamlari, shakli va joylashuvi va undagi yirik strukturaviy o‘zgarishlar to‘g‘risida ma'lumot berishi mumkin.

Xoleografiya. Xoleografiya usuli jigarning o‘t yo‘llariga tushganda organ - yod saqlaydigan moddalar ajratish qobiliyatiga asoslangan bo‘lib, ularning rentgen kontrast tasvirini olishga imkon beradi. Vena ichi xoletsistoxolangiografiyasi o‘t pufagining holatidan qat'y nazar, uning qisqarish funksiyasi buzilganda, pufak yo‘li blokadasida, shuningdek xoletsistektomiyadan keyin pufak olib tashlanganda o‘t yo‘llarining rentgen kontrast tasvirini olishga yordam beradi.

Teri orqali xoletsistografiya qilish. Kattalashgan o‘t pufagi punksiya qilingandan va kontrast modda yuborilgandan keyin o‘ni rentgenologik tekshirishdan iborat. Operatsion xolangiografiya xirurgik operatsiyalar vaqtida o‘t yo‘llarini rentgen kontrast tekshirishdan iborat. Xozirgi sharoitlarda bu tekshiruv o‘t yo‘llaridagi operatsiyalarda albatta o‘tkaziladigan bosqich xisoblanadi, chunki u diagnostika sifatini oshirib, asoratlar sonini kamaytirishga va xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga imkoniyat yaratadi.

Endoskopik retrograd xolangiopankreatografiya (RPXG) - Fater surg‘ichiga yoki duodenoskopiyada biliar anastomoz og‘ziga kiritilgan kateter yordamida kontrast modda yuborishdan iborat.

Teri orqali jigar orqali xolangiografiya (ChChXG) jigar ichidagi o‘t yo‘llarini punksiya qilish, ularga kontrast modda yuborish va keyin rentgenologik tekshirishni o‘z ichiga oladi. Odatda teri orqali xolangiografiyani mexanik sariqlikda o‘tkaziladi: bu usul o‘t yo‘llarida obturatsiya borligini tasdio‘lash, uning joyini Aniqlash va sababini bilishga imkon beradi. Tekshirish uchun ingichka po‘lat ignalar va rentgentelevizion moslamalardan foydalanish tufayli bu metodika keng tarqaldi.

O‘t yo‘llarini manometrik tekshirish - xolangiomanometriya ularga suyuqlik yuborilgandan keyin bosim ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat, bu o‘t chiqaruvchi yo‘lning funksional qobiliyati va o‘tkazuvchanligi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkoniyatini beradi.

Jigar o‘t yo‘llarini ultratovush bilan tekshirish. O‘t pufagini ultratovush bilan tekshirishda juda qimmatli ma'lumot olish mumkin, bu ularda konkrementlar yoki yangi xosil bo‘lgan tuzilmalar borligini Aniqlash imkonini beradi.

Jigarni radioizotop tekshirish - uning radioaktiv moddalarni yutish xususiyatiga asoslangan. Shunga asoslanib, jigarning radioaktiv preparatni yutish dinamikasi bo‘yicha funksional qolati aniqlanadi va radioaktiv preparatning jigar to‘qimalariga taqsimlanishiga doyr morfologik xususiyatlari o‘rganiladi.

O‘t yo‘llarini endoskopik tekshirish usullari. Xirurgiya amaliyotida laparoskopiyani aksariyat jigarning o‘chokli zararlanishi, o‘t yo‘llari saratonini aniqlash maqsadlarida, shuningdek sariqlikni differensial diagnostika qilishda qo‘llanishga to‘g‘ri keladi.

Duodenoskopiya - katta duodenal surg‘ich xolatini tekshirish, o‘n ikki barmoq, ichak patologiyasini istisno qilish imkoniyatini beradi.

Xoledoxoskopiya – operatsion diagnostika usullari qatoriga kiradi va tekshirishning muhim bosqichi xisoblanadi.

O‘t-tosh kasalligi. O‘t-tosh kasalligi - 40 yoshdan oshgan odamlarda uchraydigan tarqalgan kasallik. 70 yoshdan oshgan kishilarda kasallanish 30-40 foizni tashkil qiladi. Aksariyat ayollar kasallanadilar.

O‘t-tosh kasalligining morfologik substrati pufak va o‘t chikaruvchi yo‘llardagi toshlar xisoblanadi. O‘t toshlari o‘tning odatiy tarkibiy qismlari - bilirubin, xolesterin, kalsiydan tashkil topgan. O‘t toshlari asosan o‘t pufagida xosil bo‘ladi, toshlar o‘t yo‘llarida kamdan-kam paydo bo‘ladi. O‘t toshlari paydo bo‘lishining asosiy sababi 3 ta: moddalar almashinuvi buzilishi, o‘t pufagi epiteliysidagi yallig‘lanish o‘zgarishlari va o‘t dimlanishidir. O‘t-tosh kasalligi simptomlarsiz o‘tishi mumkin va o‘t pufagida toshlarni bemorni boshqa kasallik sababli tekshirayotganda, qorin bo‘shlig‘i organlarini operatsiya qilayotganda yoki yorib ko‘rish vaqtida tasodifan aniqlanadi. Klinik jixatdan o‘t-tosh kasalligi ko‘pincha jigar (o‘t pufagi) sanchig‘i ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Og‘riq aksariyat parxez buzilganda, jismoniy zo‘riqishda paydo bo‘ladi. Og‘riq xuruji paydo bo‘lishiga o‘t po‘fagi bo‘ynida pufak yo‘lida tosh qisilib qolishi sabab bo‘ladi. Og‘riq, o‘ng qovurg‘alar ostida va epigastral soxada joylashgan bo‘lsa, bel soxasiga, o‘ng kurakka beriladi. Ko‘pincha jigar sanchig‘i xuruji ko‘ngil aynishi va safro aralash bir necha marta qayt qilish bilan o‘tadi, biroq bunda bemor yengil tortmaydi.

Kuzdan kechirishda qorinning bir oz kepchishi e'tiborni o‘ziga tortadi, qorin devorining o‘ng yarmi nafas aktidan orqada qoladi, qorin paypaslab ko‘rilganda o‘ng qovurg‘alar ostida, ayniqsa o‘t pufagi proeksiyasida keskin og‘riq paydo bo‘ladi. Mushaklarning o‘z-o‘zidan tarang tortishi bo‘lmaydi yoki kam ifodalangan, Ortner - Grekov, Myusse - Georgievskiy simptomlari musbat. Laborator analizida leykotsitlar miqdori normal yoki birmuncha oshgan.

Surunkali kalkulyoz xoletsistit. Jigar sanchig‘i xuruji tuxtagandan keyin bemorlar xech nimadan shikoyatlar qilmay, o‘zlarini sog‘lom xis qilishlari mumkin. Biroq ularda o‘ng qovurg‘alar ostida og‘irliq va simillagan og‘riq bo‘lib, u ovqatdan keyin kuchayadi, qorin dam bo‘ladi, ich ketadi, og‘iz bemaza bo‘ladi. Birlamchi Surunkali xoletsistit jigar sanchig‘i xurujlarisiz ko‘rsatib o‘tilgan simptomlar bilan kechadi. O‘t-tosh kasalligi va kalkulyoz xoletsistit asoratlari: xoledoxolitiaz, xoledox terminal bo‘limida chandiqli striktura, ichki oqmalar paydo bo‘lishi, xolangit, xoletsistopankreatit, o‘t pufagi istisqosi, o‘t pufagi empiemasi.

Xoledoxolitiaz - o‘t-tosh kasalligi va kalkulyoz xoletsistitning eng ko‘p uchraydigan asoratlaridan sanaladi (20% bemorlarda uchraydi). Yoshi o‘tgan va keksa yoshdagi odamlarda xoledoxolitiaz 2-3 marta ko‘proq kuzatiladi. Ko‘pchilik bemorlarda umumiy o‘t yo‘liga toshlar o‘t pufagidan tushadi. Bunga pufak yo‘lining kalta serbarligi, pufak bo‘yni yoki gartman cho‘ntagi soxasida yara bo‘lib, o‘t pufagi bilan umumiy o‘t yo‘li o‘rtasida keng oqma paydo bo‘lishi sababchidir.

Xoledoxolitiaz o‘zok vaqtgacha simptomlarsiz kechishi mumkin. Xatto gipotikoxoledoxning ko‘p sonli toshlarida xam o‘t ajralishi buzilishi hamavaqt sodir bo‘lavermaydi. O‘t suyuqligi jigardan tashqaridagi o‘t yo‘llari bo‘shlig‘idagi toshlarni guyo chetlab oqib o‘tadi va xoledox terminal bo‘limida to‘siq bo‘lmasa, bemalol o‘n ikki barmoq, ichakka tushadi. Toshlar gepatikoxoledoxning eng tor bo‘limlariga, uning terminal bo‘limiga va Ayniqsa katta duodenal surg‘ichi ampulasiga tushganda o‘t suyuqligining ichakka oqib ketishiga to‘siq - paydo bo‘lib, bu klinikasida mexanik sariqlik bilan yuzaga chiqadi. Ba'zan sariqlik xoledox terminal bo‘limida yoki katta duodenal surg‘ichda «ventil» tosh bo‘lganda sariqlik remittirlovchi xarakterga ega bo‘ladi. Toshlarning xoledox terminal bo‘limidagi okklyuziyasida o‘t gipertenziyasi vujudga kelib, klinik jixatdan bu o‘ng qovurg‘alar ostida simillagan og‘riqlar va mexanik sariqlik bilan o‘tadi. Jigardan tashqari yo‘llarda bosim yanada osha borganda ularning bo‘shlig‘i kengayadi va tosh gepatikoxoledox proksimal bo‘limlariga guyo suzib chiqqanday bo‘ladi, sariqlik kamayadi va yo‘kolishi mumkin.

Katta duodenal surg‘ich va umumiy o‘t yo‘li terminal bo‘limidagi chandiqli strikturalar duodenal surg‘ich shillik, pardasi toshlardan, yalig‘lanish jarayonida zararlanganda paydo bo‘ladi. Strikturalar bir necha millimetrlardan 1 - 1,5 sm gacha masofada chegaralangan va umumiy o‘t yo‘lining terminal bo‘limi 2-2,5 sm va bundan ko‘prok konsentrik toraygan tubulyar bo‘lishi mumkin. Chandiqli strikturalarda, odatda, patognomonik klinik simptomlar bo‘lmaydi. Xoledox terminal bo‘limining o‘t suyuqligi va pankreatik shira oqishining bo‘zilishi bilan o‘tadigan stenozida xoletsistopankreatit, o‘tkir yoki Surunkali pankreatit, mexanik sariqlik, xolangit simptomlari paydo bo‘ladi.

Ichki biliodegistiv oqmalar. O‘t pufagida toshlarning uzoq, vaqt turib qolishi devorida va o‘t pufagi bilan perixoletsistitga uzviy bog‘langan yakin joylashgan kavak organda yara paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Oqmalarning ko‘pincha o‘t pufagi bilan me'da o‘rtasida yoki o‘t pufagi bilan gepatikoxoledox o‘rtasida shakllanishi ro‘y beradi. Ichki biliodegistiv oqmalarning klinik belgilari juda kam, shunga ko‘ra operatsiyaga qadar hamma bemorlarda ham diagnoz qo‘yishning iloji bo‘lavermaydi.



Toshsiz xoletsistit. O‘tkir toshsiz xoletsistit. Uning etiologiyasida bakterial infeksiya omili, o‘t pufagining me'da osti bezi yo‘lidagi o‘ut yo‘llariga va o‘t pufagiga reflyuksida pankreatik jigarning jarohatlovchi ta'siri muayyan axamiyatga ega.

Diagnostikada va davolash usulini tanlashda bemorni ob'ektiv tekshirish ma'lumotlari, o‘tkazilayotgan davo zaminida kasallik klinik manzarasining dinamikasi hal qiluvchi axamiyatga ega.

Surunkali toshsiz xoletsistit. Toshsiz Surunkali xoletsistit klinikasi Surunkali kalkulyoz xoletsistit klinikasiga o‘xshash. Biroq o‘ng qovurg‘alar ostidagi og‘riq unchalik kuchli bo‘lmaydi, biroq uzoq davom qilishi, deyarli doimiy xarakteri bilan ajralib turadi, parhyez bo‘zilganda keyin kuchayadi. Diagnostikada xoletsistoxolangiografiya o‘t yo‘llarini ultratovush bilan tekshirish eng ko‘p ma'lumot beradi.

O‘t yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklarida konservativ davolash. O‘tkir xoletsistitli hamma bemorlar statsionarda xirurgning doimiy nazorati ostida bo‘lishlari kerak. Tarqalgan peritonit simptomlari bo‘lganda shoshilinch operatsiya qilish talab etiladi. Boshqa hollarda bemorlar dori-darmonlar bilan davolanadi. Bemorlarga ovqatni cheklangan miqdorda berilib, faqat ishqoriy suyuqliklar ichishga ruxsat etiladi.

Bu bemorlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

1. Me'dani nazogastral zond bilan bushatish kerak, chunki me'da parezi o‘t pufagida va o‘t yo‘llarida dimlanishni battar qiyinlashtiradi.

2. Paranefral novokain blokadasi.

3. Spazmolitiklar. Kuniga ikki marta til ostiga 1q2 tabletka nitroglitserin tayinlash shart, chunki u Oddi sfinkteriga tanlab spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi. Atropin, no-shpa, galidor o‘t pufagi bo‘ynidagi sfinkter apparatiga xuddi shunday bo‘shashtiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.

4. Infuzion terapiya 5%li glyukoza eritmasi va Ringer eritmasi yuborishni o‘z ichiga oladi.

5. Mikrob florasi aktivligini pasaytirish uchun gepatotoksik bulgan tetratsiklin qatoridagi preparatlardan tashqari, ta'sir spektri keng antibiotiklar tayinlanadi.

6. Simptomatik va kardial terapiya. O‘tkir xoletsistopankreatitda dori-darmonlar bilan davolash kompleksi o‘tkir pankreatitni davolash uchun qo‘llaniladigan preparatlarni ham o‘z ichiga olishi kerak.

Ko‘pchilik bemorlarda o‘tkir xoletsistit xuruji to‘xtashi mumkin. Xuruj to‘xtagandan keyin bemorni o‘t pufagida toshlar bor-yo‘qligiga tekshirish zarur. Agar o‘tkir xoletsistitni 12-24 soat davolash zaminida bemorning ahvoli yaxshilanmasa, qorinda og‘riq saqlanib qolsa yoki kuchaysa, qorin oldingi devori mushaklarining o‘z-o‘zini ximoya qilish qobiliyati saqlanib qoladi va kuchayadi, puls tezlashadi, leykotsitoz oshadi, shoshilinch xirurgik operatsiya o‘tkazish talab etiladi.



Sariqlik. Teri va shillik pardalar, skleralarining tuqimalarida ortiqcha bilirubin yig‘ilishi natijasida sarg‘imtir buyalishiga sariqlik deyiladi. Bunda qonda bilirubin miqdori oshgan bo‘ladi. Sariqlik ichki organlarning qator kasalliklariga xos klinik sindrom xisoblanadi. Bilirubin darajasining oshish sababiga ko‘ra sariqlikning uchta asosiy tipi farq qilinadi.

Gemolitik (jigar ustidagi) sariqlik eritrotsitlar parchalanishi va bilvosita bilirubin ortiqcha ishlab chiqarilishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu hodisalar retikuloendotelial sistema xujayralarining funksiyasi oshib ketganda birlamchi va ikkilamchi gipersplenizmda vujudga keladi.

Parenximatoz (jigarga oid) sariqlik gepatotsitlar jarohatga uchrab, ularning qondagi ozod bilirubinni bog‘lash va uni bilirubin glyukuronidga (bevosita bilirubin) o‘zgartirish kobiliyati pasayganda ruy beradi. Virusli gepatit, leptospiroz, jigar sirrozi, ayrim zaxarlanish parenximatoz sariqlikning eng ko‘p uchraydigan sabablaridan xisoblanadi.

Mexanik (obturatsion) sariqlik o‘t chiqaruvchi yo‘llar qisman yoki to‘liq tutilib qolib, o‘ut suyuqligining ichakka oqishi bo‘zilishi natijasida rivojlanadi. Mexanik sariqlik aksariyat xoledoxolitiaz, katta duodenal surg‘ich strikturasi, me'da osti bezi boshchasi va o‘t chiqo‘vchi yo‘llardagi o‘smalarga bog‘liq.

Mexanik sariqlikda teri qoplami sarg‘imtir-yashil bo‘ladi, o‘t yo‘llarini bekitib qo‘yadigan o‘smalarda esa yersimon rangda bo‘ladi. O‘t-tosh kasalligiga bog‘diq obturatsion sariqlikda kasallik boshlanayotganda jigar sanchig‘i tipi bo‘yicha o‘ziga xos xurujsimon og‘riqlar paydo bo‘ladi, ba'zan sariqlik o‘tkir xoletsistit zaminida vujudga keladi. Pankreatoduodenal zona o‘smalarida sariqlik og‘riq sezgilarisiz paydo bo‘ladi. Teri qichimasi, ayniqsa bilirubin darajasi baland bo‘lganda kuchli bo‘ladi. Pankreatoduodenal zonasida o‘smalari bo‘lgan bemorlarning yarmida Kurvuaze simptomining musbatligi aniqlanadi. Ahlat ochiq rangli, o‘t yo‘llari butunlay epilsa axolik bo‘ladi. Siydik to‘q, rangli. Bevosita va bilvosita bilirubin konsentratsiyasi, ayniqsa pankreatoduodenal zonaning obturatsion o‘usmalarida keskin oshgan bo‘ladi.

Sariqlikning biror turining klinik kechish xususiyatlari sariqlikni qo‘zg‘atgan kasallik xarakteriga bog‘lik. Bu xol sariqlik turlarini differensial diagnostika qilishda qo‘shimcha qiyinchiliklar to‘g‘diradi. Sariqlikni diagnostika qilishning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan klinik va laboratoriya metodlaridan tashqari, sariqlikning har xil turlarini differensial diagnostikasi uchun zarur va kimmatli axborot olishga imkon beradigan rentgenologik, endoskopik, radiologik, ultratovush bilan tekshirish usullariga katta o‘rin beriladi.

Mexanik sariqlik butun gepatobiliar sistemadagi o‘zgarishlar va butun organizmning bir qator umumiy og‘ir buzilishlari bilan o‘tadi, bemorlar qolatining og‘irligi sariqlik darajasi va davomliligiga proporsional ravishda ortadi, bu qator yangi patologik holatlar paydo bo‘lishiga olib keladi, shu sababli davolash natijasi yomonlashadi va letallik ko‘payadi. Jigar funksional holatining dekompensatsiyasi nisbatan tez o‘tkir jigar yetishmovchiligi avj olishiga olib keladi. I. M. Matyashin ma'lumotlariga binoan o‘t yo‘ullari obturatsiyasidan 10-14 kun o‘tgach jigar funksiyasi shu qadar buziladiki, xirurgik operatsiya qilish g‘oyat xatarli bo‘lib qoladi va yuqori letallik bilan o‘tadi.

Mexanik sariqlikni davolashda dekompressiv aralashuvning muddatlari va turlari, profilaktika qilish yo‘llari va operatsiyadan keyin jigar yetishmovchiligini davolash muxim masala xisoblanadi. Operatsiya o‘t pufagi gipertenziyasini davolashning eng ta'sirchan chorasi xisoblanadi Biroq narkoz, operatsion jarohat jigar yetishmovchiligi rivojlanishi va klinik ifodalangan formaga o‘tishi sababli bemorlarning axvolini qiyinlashtiradi. Ko‘rsatib o‘tilgan jixatlar xirurglarni mexanik sariqlik bilan og‘rigan bemorlarda radikal operatsiyalarni 2 bosqichda o‘tqazish kerak degan fikrga olib keladi: birinchi bosqichda jigar funksional xolatini va bemorlarning umumiy axvolini yaxshilaydigan operatsiya, ikkinchisida radikal operatsiya qilish taklif etiladi. Xozirgi vaqtda laparoskopik xoletsistostomiya, o‘t yo‘llarini nazobiliar drenajlash, endoskopik transduodenal papillotomiya kabi extiyot qiladigan metodlar qo‘llaniladi. Teri orqali jigar orqali xolangiostomiya sariqlik, xolangit xodisalarini kamaytirish yoki to‘gatish, antibiotiklarni tanlash va maxalliy antibakterial davolash uchun o‘tni ekish, xayfli o‘smalarni ximiyaviy preparatlar bilan davolash imkonini beradi. Undan operatsiyani ko‘tara olmaydigan bemorlarda o‘t chiqaruvchi yo‘llarni tashqi yoki ichki drenajlashning doimiy metodi sifatida foydalanilishi mumkin.



Teri orqali jigar orqali endobiliar operatsiyalar. Bunday operatsiyalarga ko‘rsatmalar klinik, laboratoriya va instrumental tekshirish metodlari bilan belgilanadi. Agar mexanik sariqlik xavfli kasalliklarga bog‘lik, bo‘lsa, xatto bilirubin miqdori nisbatan yuqori bo‘lmaganda teri orqali jigar orqali xolangiografiya va o‘t yo‘llarini teri orqali jigar orqali drenaj qilishdan foydalaniladi. Mexanik sariqlikka xavfsiz kasalliklar sabab bo‘lib, yuqori xolemiya va davolashning endoskopik metodlari naf bermaganda yoki yaxshi natijalarga olib kelmaganda, xirurgik operatsiyalar esa jiddiy xavf ostida bo‘lganda o‘t yo‘llarini teri orqali jigar orqali drenaj qilishga kirishiladi. O‘t yo‘llarini teri orqali jigar orqali drenaj qilishga monelik qiladigan xollarga jigarning ko‘p sonli metastatik zararlanishi, jigar-buyrak yetishmovchiligi korreksiya qilinmaydigan bemorlar axvolining nixoyatda og‘irligi, qon ketish xavfi bo‘lgan o‘zaro gipokoagulyasiyani kiritish mumkin. Klinikaga keltirilgan xamma bemorlar suv-tuz balansi, kislota-ishkor holati, gemodinamika va nafas buzilishini korreksiya qilishga qaratilgan endobiliar operatsiyaga puxta tayyorgarlikdan o‘tadilar. Yoshi o‘tgan va keksa bemorlar uchun bu tayyorgarlik aloxida ahamiyatga ega bo‘ladi. Teri orqali jigar orqali endobiliar operatsiyaning asosiy metodlari tashqi va tashqi-ichki drenajlar xisoblanadi. Zararlanish xarakteriga ko‘ra o‘t yo‘llarini kateterlashning u yoki bu turi bajariladi. O‘sma yoki tiqilgan tosh sababli to‘liq okklyuziyada tashqi drenajlash bajariladi: kateter obstruksiya soxasi ustida o‘rnatiladi. Gepatikoxoledoxda stenotik zararlanishlar aniqlanganda xoledoxolitiazda tashqi-ichki drenajlash bajariladi, gepatikoxolangiostomaning distal qismini o‘t yo‘li segmenti bo‘shlig‘iga yoki o‘n ikki barmoq ichakka o‘rnatilib, birmuncha fiziologik drenajlash xosil qilinadi. Biliar bosim normaga tushgandan keyin 2-3 kun o‘tgach, xolangit hodisasi bo‘lmaganda yoki birmuncha kamayganda tashqi-ichki kateterning tashqi uchi berkitiladi va drenajlash butunlay ichki drenajlashga utkaziladi. Xar kuni o‘tni bakteriologik analiz qilinadi: ekspress-bakterioskopiya va o‘t suyuqligini ekish.

Davolashning bu bosqichidan maqsad o‘tning ichakka normal oqishini tiklashdan iborat. Xoledox terminal bo‘limi va katta duodenal surg‘ich stenozlarida stenozlangan uchastkani Gryunsig kateteri bilan ballonli dilatatsiya qilinadi.

Xoledoxolitiazda Oddi sfinkteri oldindan kengaytirilgandan keyin spazmolitik terapiya zaminida toshlar tushiriladi.

Xoledoxolitiazni davolashning yangi usuli - teri orqali jigar orqali drenajlab, keyin konkrementlarni tarkibida monooktanoin, mono-va diglitseridlar, xenodezoksixolat kislota kabilarni tutadigan eritmalar bilan eritish tobora diqqatni tortib kelmoqda.

Xozirgi vaqtda o‘t-tosh kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni davolashda jaxon amaliyotida ekstrakorporal ligotripsiya metodi qo‘llanilmoqda. Metod o‘t toshlarini zarbali to‘lkinlar bilan mayda fragmentlargacha parchalashga asoslangan. Obturatsion sariqlikda jigardan tashqaridagi o‘t yo‘llarini teri orqali jigar orqali endoprotezlash metodi istiqbolli xisoblanadi. O‘t yo‘lining o‘sma bilan stenozlangan bo‘limiga rigid kateter - kateterga ulangan uzunligi 5 - 12 sm endoprotez transparietal kiritiladi. 2 sutka o‘tgach bu kateter chiqarib olinadi, endoprotez esa biliar yo‘lni umr bo‘yi palliativ drenajlashni ta'minlaydi.
Adabiyotlar

I. Asosiy:

1. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, Toshkent, 2005.

2. Xirurgicheskie bolezni. Sh.I. Karimov, Tashkent, 2005.

3. Chirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.

4. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, N.X.Shamirzaev, Toshkent, 1995.

5. Xirurgicheskie bolezni. Pod red. M.I.Kuzina., Meditsina, Moskva. 2002.

6. Operatsii na organax bryushnoy polosti. Voylenko I. GEOTAR. Moskva. 2000.

7. Chastnaya xirurgiya. Yu.L.Shevchenko. SpetsLit. Sankt Peterburg. 2000.
II. Qo‘shimcha:

8. Federov I.V. i dr. Endoskopicheskaya xirurgiya . Moskva. GEOTAR. 2006.

9. Astapenko V.G. Prakticheskoe rukovodstvo po xirurgicheskim boleznyam. Minsk, 2004.

10. E.Itala Atlas abdominalnoy xirurgii. 1,2,3 tom. Moskva. Meditsinskaya literatura. 2006.

11. Illyustrirovannoe rukovodstvo po endoskopicheskoy xirurgii. S.I. yemelyanov Meditsinskoe informatsionnoe agentstvo. Moskva. 2004.

12. Abdominalnaya xirurgiya – Grigoryan R.A. V 2-x tomax.2006g.

13. Diagnosticheskiy spravochnik xirurga – Astafurov V.N. 2003.

14. Xoledoxolitiaz – Maystrenko N.A.2000.

15. Atlas operatsiy na jelchnыx putyax, Krasilnikov D.M., Mavrin M.I., Mavrin V.M. 2000.

16. Laparoskopicheskaya i torakoskopicheskaya xirurgiya – Konstantin Frantzaydes. 2000.

17. Rukovodstvo po xirurgii jelchnыx putey – Galperin E.I.2009g

18. Zdravыy smыsl v neotlojnoy abdominalnoy xirurgii – Moshe Shayn.2003g

19. Maloinvazivnыe vmeshatelstva v abdominalnoy xirurgii . Timoshin A.D. Triada-x. Moskva 2003

20. Mavzuga doir internet manzillari: www.rmj.net, www.consilium-medicum.com, www.mediasphera.ru, www.laparoscopy.ru, www.ehpb.com, www. medmore.ru, www.gastroportal.ru, www.medilexicom.com, www.encicloperdia.com, www.omoc.su, www.medline.ru





Yüklə 202,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin