27
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan har qanday jamiyatda moliyaning nazorat
funksiyasi ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini
ta’minlashga, ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xo’jalik-ning
barcha bo’g’inlarida ish sifatini uzluksiz yaxshilashni moliyaviy ta’minlashga
yo’naltirilgan. U ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini to’liq qamrab
oladi. Iqtisodiy rag’batlantirishni oshirish, moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar
va tabiiy boyliklardan oqilona va tejamkor foydalanish, noishlab chiqarish
xarajatlari va yo’qotmalarni qisqartirish, xo’jasizlik va isrofgarchilikning oldini
olish moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir.
Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalaridan biri moliyaviy
masalalar bo’yicha qonunchilikning belgilangan muddatlarda, aniq va to’la
hajmda ijro etilishini, byudjet tizimi, soliq xizmati, banklar oldidagi moliyaviy
majburiyatlar, shuningdek, hisob-kitoblar va to’lovlar bo’yicha xo’jalik
yurituvchi subyektlarning o’zaro majburiyatlari bajarilishining ham o’z vaqtida
va to’la amalga oshirilishini tekshirish hisoblanadi.
Moliyaning nazorat funksiyasini bajarish jarayonida moliya, bank, sug’urta,
bojxona va soliq organlari muhim rol o’ynaydi. Mazkur xizmatlarning xodimlari
moliyaviy rejalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar
qismining bajarilishida moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor
munosabatlarining rivojlanishi sharoitida nazorat ishlarining yo’nalishi,
moliyaviy nazoratning shakl va metodlari tubdan o’zgaradi.
Moliyaning funksiyalari moliya mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu
mexanizm milliy xo’jalikdagi moliyaviy munosabatlar tashkiliy shakllarining
majmuini, markaz-lashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari
fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish
metodlarini, moliya va moliyaviy tizimni boshqarish shakllarini, moliyaviy
qonun-chilikni o’z ichiga oladi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida
sifat jihatidan yangi bo’lgan moliya mexanizmi qo’llaniladi. Bu, eng avvalo,
xo’jalik yurituvchi subyektlar va aholining byudjet tizimi, nobyudjet fondlari,
mulkiy va shaxsiy sug’urta organlari va boshqalar bilan bo’lgan o’zaro
munosabatlariga tegishlidir.
Dostları ilə paylaş: