VII. FAN BO‘YICHA KURS ISHI
O’quv rejaga asosan ushbu ishchi o’quv dasturi bo’yicha sirtqi ta’lim
shaklida “Moliya” fani o’qitiladigan ta’lim yo’nalishlarida kurs ishi bajarilishi
ko’zda tutilmagan.
VIII. FAN BO‘YICHA TALABALAR BILIMINI BAHOLASH VA
NAZORAT QILISH ME’ZONLARI
Fandan talabalarning bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Fandan nazorat turlari.
Fandan talabalarning bilimini nazorat qilish oraliq
va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Fandan nazorat
turlari bo‘yicha topshiriqlarning mazmuni talabaning bilimini xolis, obyektiv va
aniq baholash imkoniyatini ta’minlaydi.
Oraliq nazorat (ON)
semestr davomida o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq
o‘quv mashg‘ulotlari davomida o’qishning sirtqi ta’lim shaklida 1 marta
o‘tkaziladi.
ON bo‘yicha talabalarning bilimini baholash fandan o‘quv mashg‘ulotlarini
824
olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Talaba fandan
yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar ONni topshirgan bo‘lishi
shart. ONni topshirmagan, shuningdek undan “2” (qoniqarsiz) baholangan talaba
yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy
nazorat
(YN)
talabalarning
bilimini
baholash
o‘quv
mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga
oshiriladi. Fandan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi
yakuniy nazoratni o‘tkazishda ishtirok etmaydi.
YN shakli kafedra tomonidan belgilanadi hamda u semestr yakunida o‘quv
jarayoni jadvaliga muvofiq quyidagi mezonlarga asoslanib o‘tkaziladi:
Baho
Talabaning bilimiga qo‘yilgan talablarning
asoslanishi
5 (a’lo)
-
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay
oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda
qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi,
biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha
tasavvurga ega deb topilganda;
4 (yaxshi)
-
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda
qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi,
biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha
tasavvurga ega deb topilganda;
3 (qoniqarli)
-
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning
(mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib
beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb
topilganda;
2 (qoniqarsiz)
-
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning)
mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha
tasavvurga ega emas deb topilganda.
Talaba fandan baholanishi natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash
natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi
mumkin.
YNga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha
“2” (qoniqarsiz) baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Fandan
akademik qarzdor talabaga nazorat turlari (ON va YN)ni qayta topshirish uchun
1 oy muddat beriladi.
Nazorat turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda
o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat
turi qaytadan o‘tkazilishi mumkin. Fandan nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi
“3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud “5” (a’lo)ga baholanganda, nazorat turini
qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
|