Davlat tushunchasi va uning xususiyatlari,vazifalari



Yüklə 6,37 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü6,37 Kb.
#175587
Davlat tushunchasi va uning xususiyatlari

Davlat tushunchasi va uning xususiyatlari,vazifalari

Reja:

  • Davlat nima
  • Davlatning kelib chiqishi
  • Huquqiy davlat va uning belgilari
  • Davlat — jamiyatning oliy siyosiy instituti boʻlib, shu jamiyat yashayotgan mamlakat fuqarolari manfaatini himoya qilish uchun oʻrnatiladi. Davlatlar mamlakat chegaralarini himoya qiladi, boshqa mamlakatlar bilan aloqada boʻladi, qonunchilik bilan shugʻullanadi va hokazo. Mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilib, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma hisoblanadi.
  • Davlat jamiyatni oʻz qonun-qoidalariga koʻra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. Davlat toʻgʻrisidagi nazariya huquqshunoslikning muhim sohasi hisoblanadi. Davlat va uning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, mohiyat va vazifalari haqida turlicha fikrlar mavjud.
  • Davlat masalasi haqidagi qarashlar, taʼlimotlar. Davlat hokimiyati hamda huquqiy hayot hodisalari barcha zamonlarda alohida dolzarblik kasb etib kelgan. Davlat toʻgʻrisidagi ilk tushuncha va qarashlar miloddan avvalgi taxminan 4-3-mingyilliklarda Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda paydo boʻlgan. Ular asosan diniy-mifologik xarakterda edi. Avesto taʼlimotiga koʻra, hokimiyat, haqiqat, adolatlilik 3 axloqiy-huquqiy asosga: ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amalga tayanadi.
  • Davlatning vazifasi yovuzlikka qarshi yaxshilik, tinchlik va insonlarning baxtli-saodatli hayotini taʼminlashdir. Islom dini taʼlimoti boʻyicha, Allohning Oʻzi oliy qonun sohibi. Uning talablari, koʻrsatmalari paygʻambarlar orqali insonlarga yetkaziladi. Davlat boshliqlari — podsholar, xonlar Xudoning Yerdagi soyasi, vakili hisoblanadi
  • Davlat birdaniga yuzaga kelmaydi, balki asta-sekin, vujudga kelayotgan sinflar oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayishi davomida paydo boʻladi. Insoniyat davlat paydo boʻlguniga qadar oʻz taraqqiyotida uzoq yoʻlni bosib oʻtgan. Davlat ham, huquq ham boʻlmagan ibtidoiy jamiyat bir-biridan asosan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan farq qiladigan yovvoyillik, varvarlik va tamaddun kabi uch bosqichni oʻtgan
  • Davlat hali urugʻchilik tizimi ishidayoq shakllangan boshqaruv organlarini qisman oʻzgartirib qisman yangi organlarni joriy etgan holda siqib chiqarib yuzaga keladi va nihoyat, ularni haqiqiy davlat hokimiyati bilan almashtiradi. Mehnat qurollarining rivojlanishi va takomillashishi, yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti mehnat unumdorligi oshib, ortiqcha mahsulot hosil boʻlgan, bu esa xususiy mulkchillikka va jamiyatning mulkiy jihatdan qatlamlarga ajralishiga olib kelgan. Shu tariqa, asosiy mashgʻuloti xususiy mulkchilik munosabatlarini va mulkdorlar manfaatini muhofaza qilishdan iborat boʻlgan maxsus guruhlar vujudga kelgan.
  • Huquqiy davlat — huquqning hukmronligi, qonunning ustuvorligi, barchaning qonun va mustaqil sud oldida tengligi taʼminlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, hokimiyat vakolatlarining boʻlinish prinsipi asosida tashkil etilgan demokratik davlat. Huquqiy davlat gʻoyalarining ildizi juda chuqur. Uning boshida xalq hokimiyati tashkil etilishining nazariy asoslarini koʻrgan Salon, Aristotel, Sitseron turgan edi. XVII asrning mutafakkiri D. Lokk huquqning hukmronligi qonun hukmronlik qiladigan davlat koʻrinishida tasavvur qildi. Huquqiy davlat nazariyasining falsafiy asosini I.Kant ifodalab berdi. „Davlat- bu huquqiy qonunlarga boʻysundirilgan juda koʻp odamlarning birlashuvidir“

Huquqiy davlat belgilari:

  • Huquqning hukmronligi;
  • Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi;
  • Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish, ularni himoya qilish, taʼminlash;
  • Davlat va fuqaroning oʻzaro masʼuliyati;
  • Hokimiyat vakolatlarining boʻlinishi;
  • Sudning mustaqilligi;
  • Huquqni muhofaza qilish organlarining samarali ishlashi;
  • Huquqiy madaniyatning yuqori ekanligi;
  • Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi.

Foydalanilgan adabyotlar:

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Пиголкин А. С., Головистикова А. Н., Дмитриев Ю. А., Саидов А. Х. Теория государства и права: учебник под редакцией А. С. Пиголкина. — Москва: Юрайт-Издат, 2005. — С. 61-63. — ISBN 5-94879-145-9.

E’tiboringiz uchun raxmat!


Yüklə 6,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin