«Milliy g‘oya» fanini o‘qitish va o‘rganishda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi. Bu tamoyillar – milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat; erkinlik va bunyodkorlik g‘oyalari ustuvorligi; vatanparvarlik va insonparvarlik; boy ma’naviy va madaniy merosni avaylab-asrash va kelajak avlodga etkazish; hamkorlik va do‘stlik aloqalari; mamlakatda fuqarolar va millatlararo totuvlik; ijtimoiy barqarorlik, xalq farovonligi va shu kabi boshqa milliy va umuminsoniy g‘oyalarga asoslanadi.

WWW.ARXIV.UZ
Bu tamoyillar fanning mazmun-mohiyati o‘quvchilar tomonidan chuqur o‘zlashtirilishida va ularning nazariy bilimlarini boyitish hamda milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tamoyillarga asoslanib tashkil etiladigan har bir dars mazmuniga milliy istiqlol g‘oyasi singdirilsa, o‘quvchilarning g‘oyaviy-mafkuraviy tarbiyalanganlik darajasi ortadi. Shu sababli milliy istiqlol g‘oyasini o‘qitish – davr talabiga aylandi. "Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot" g‘oyasi asosida tarbiyalangan yoshlar elim deb, yurtim deb yonib yashaydi, mehnat qiladi, Vatan manfaatini o‘z manfaati deb biladi.

O‘quvchilari “Milliy istiqlol g‘oyasi” faniga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:
g‘oya va mafkuralarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini bilish;
milliy mafkura–o‘tmishni kelajak bilan bog‘lovchi ma’naviy ko‘prik, tarixiy xotirani uyg‘otish, o‘tmishdan saboq chiqarish hamda o‘zlikni anglatuvchi mezon ekanligini bilish;