Davlat boshqaruv tizimini isloh qilish



Yüklə 60,97 Kb.
səhifə1/2
tarix14.12.2023
ölçüsü60,97 Kb.
#178904
  1   2
Davlat boshqaruv tizimini isloh qilish


Davlat boshqaruv tizimini isloh qilish

Davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini, davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta‘minoti darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali isloh qilish. Globallashuv va tezkor rivojlanish sharoitida davlat qurilishini takomillashtirish, davlat boshqaruvini jamiyat taraqqiyotining bugungi extiyojlariga mos ravishda modernizatsiya qilish o’ta dolzarb vazifa sifatida maydonga chiqmoqda. Mamlakatimiz ravnaqini ta‘minlash, jamiyatni ijtimoiysiyosiy boshqarish, shu jumladan, unga davlat xokimiyati vositasida ko’maklashuv mexanizmlarini takomillashtirish yangi-yangi imkoniyatlarni izlashni taqozo etadi. Shu bois davlat boshqaruvini oqilona tashkil etish, uning samaradorliginioshirish zamonaviy ilm-fan va tafakkur yutuqlarini joriy etishga tayanmog’i lozim. Mustaqil davlatchiligimiz taraqqiyoti yillar mobaynida izchillik va sobitqadamlik bilan amalga oshirib kelinayotgan islohotlar tufayli bugungi kunda mamlakatimizda demokratik qadriyatlar asosida shakllangan va faoliyat yuritadigan xalqchil davlat xokimiyati va boshqaruvi tizimi qaror topdi.
Demokratiya tamoyillariga tayanuvchi davlat xokimiyati xalq manfaatini ifoda etib, jamiyatni boshqarish hamda rivojlantirishga xizmat qiluvchi bunyodkor kuch sifatida namoyon bo’ladi. Davlat xokimiyati jamiyatga siyosiy raxbarlik qilib, unga yaxlitlik va barqarorlik baxsh etadi. O’zbekistonda xokimiyat idoralarining xalq manfaatlariga bo’ysundirilgani konstitutsiyaviy printsip tarzida ular faoliyatining asosiy mezoniga aylandi. Mustaqillikka erishgach, jamiyat va davlat xayotining konstitutsiyaviy-xuquqiy asoslarini mustahkamlash yo’lidan borib, mamlakatimiz o’z Konstitutsiyasini qabul kildi, uning zamirida milliy qonunchilik tizimi shakllandi. Konstitutsiya va qonunlar davlat va jamiyat qurilishini demokratlashtirish va liberallashtirishning xuquqiy asoslarini tashkil etdi. Avvalo, davlat organlarini shakllantirish va faoliyat yuritishi sohasiga xokimiyatlar taqsimlanishi printsipi joriy etildi: xokimiyat tuzilmalarining vakolatlari samarali konstitutsiyaviy mexanizm asosida mutanosib xolga keltirilib, ularning faoliyati inson xuquq va erkinliklarini ta‘minlashga yo’naltirildi. Amalga oshirayotgan konstitutsiyaviy modernizatsiya qilish va davlat qurilishi sohasidagi izchil islohotlar natijasida ratsional davlat boshqaruvi tizimi shakllandi, xokimiyat tuzilmalari o’rtasida vakolatlarning mutanosib taqsimlanishiga erishildi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasida ta‘kidlanganidek, mustaqillik yillarida yurtimizda davlat xokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida salmoqli islohotlar amalga oshirildi. Bu jarayonda markaziy ijro etuvchi xokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va ma‘muriy organlarning vazifalarini o’zgartirishga, ularning boshqarish, tartibga solish va taqsimlash borasidagi vakolatlarini, xo’jalik tuzilmalari faoliyatiga bevosita aralashuvini keskin qisqartirishga katta e‘tibor berildi. Davlat boshqaruvida jamiyatga raxbarlik qilish bilan bog’liq siyosiy qarorlar qabul qilish va ularni xayotga joriy etishga yo’naltirilgan ma‘muriy-tashkiliy faoliyat muxim o’rin tutadi. Bu davlat boshqaruviga siyosiy mazmun baxsh etadi. Kontsenpsiyada jamiyatimizning istiqboldagi taraqqiyotini ta‘minlovchi ustuvor yo’nalishlarni belgilash barobarida, bu boradagi muxim vazifalarni xal etishda davlat xokimiyati tarmoqlarini, xususan, parlamentni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, mamlakatimiz fuqarolik jamiyati institutlarini, sud-xuquq tizimini, saylov qonunchiligini takomillashtirish, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi. Jamiyat va davlat qurilishi sohasida parlament tizimini rivojlantirish, kuchli ijro xokimiyati, mustaqil sudni shakllantirish, ko’ppartiyaviylikni vujudga keltirish, mustaqil fuqarolik jamiyati institutlarini va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish hamda ular faoliyatining kafolatlarini kuchaytirish borasida tub demokratik o’zgarishlar qilindi. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy xayotini va davlat xokimiyati tizimini demokratlashtirish hamda zamonaviy asoslarda modernizatsiya qilish bugungi taraqqiyotimizning ustuvor yo’nalishini tashkil etmoqda. Davlatchilik tizimi, xokimiyatning mazmuni, faoliyat shakllari jamiyatning ob‘ektiv taraqqiyot qonuniyatlariga muvofiq belgilanadi. Bu qonuniyat jamiyat xayoti, ijtimoiy boshqaruv shakllarining tobora yangilanib, rivojlanib, ilgarilash yo’lidan borishidir. Davlat xokimiyati institutlarini yanada xalqqa yaqinlashtirish, ularning faoliyatida xalq manfaatlarini izchil tarzda to’liq ifodalash mexanizmlarini yaratish vazifasi mamlakatimiz taraqqiyotidagi xozirgi modernizatsiya bosqichining markaziy yo’nalishini belgilab bermoqda. Ta‘kidlash muximki, Konstitutsiya vositasida davlat xokimiyati bilan inson o’rtasidagi munosabatlar o’zining oqilona xuquqiy yechimini topayotganini kundalik xayotimiz isbotlab turibdi. Davlat xokimiyatining demokratikligi, avvalo, Konstitutsiyada inson (fuqaro) xuquqlari nechog’lik mukammal aks ettirilgani hamda kafolatlangani bilan izoxlanadi. Konstitutsiya davlat xokimiyati faoliyatini boshqaruvchi, tartibga soluvchi, me‘yorlovchi, demokratik normalar vositasida cheklovchi siyosiy-xuquqiy vosita sanaladi. Zamonaviy sharoitda o’zbek davlatchiligini yanada takomillashtirish mamlakatimizda demokratik taraqqiyotni ta‘minlash va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy printsiplarini belgilab bergan Konstitutsiyamizning qoida va normalariga tayanish asosida amalga oshirilmokda. Yurtimizda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy maqsadi va mazmuni davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishdan iborat bo’lib kelmoqda. Ana shunday dastlabki muxim islohotlardan biri parlament tizimini takomillashtirish uchun 2002 yil 27 yanvarda o’tkazilgan referendum natijalari bilan bog’liq. Umumxalq referendumiga milliy parlamentimizni ikki palatali qilib tashkil etish masalasi qo’yilib, unga ijobiy javob olindi. «Referendum yakunlari va davlat xokimiyatini tashkil etishning asosiy printsiplari to’g’risida»gi konstitutsiyaviy qonun (2002 yil 4 aprel) davlat xokimiyati tizimini parlament roliga ustuvor o’rin bergan xolda chuqur isloh etishga poydevor yaratib berdi. Uning asosida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarini shakllantirish, ularning vakolatlarini belgilashga yo’naltirilgan konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevralda qabul qilgan «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Xarakatlar strategiyasi to’g’risida»gi farmonida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo’naltirilgan demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirishga, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgani ayniqsa e‘tiborga molik. Bu tarixiy xujjatda mamlakatning yaqin istiqboldagi rivojlanish yo’nalishlari belgilab berildi. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini strategic asoslangan darajada qisqartirish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni himoya qilishga doir kompleks masalalarni xal etish, xukumat, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajadagi xokimliklar uchun eng muxim ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirishda, davlat xokimiyati tuzilmalari (parlament, prezident, xukumat) o’rtasidagi munosabatlarning samarali tashkiliy va xuquqiy mexanizmlarini yaratishda so’nggi yillarda konstitutsiyaviy qonunchilikka joriy qilingan yangi institutlar muxim ahamiyat kasb etdi. Xususan, 2011 yil 18 aprel- da qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida (78, 80,93,96 va 98-moddalariga)»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni davlat xokimiyati tizimini yanada demokratlashtirishning muxim xuquqiy asosi bo’ldi. Xokimiyat sub‘ektlari o’rtasida vakolatlar mutanosib taqsimlanishiga erishishda islohotlarning avvalgi bosqichida Asosiy qonunimiz 98-moddasiga kiritilgan tuzatishlar jiddiy ahamiyat kasb etdi. Konstitutsiyaviy qonunchilikni takomillashtirishga yo’naltirilgan bu tuzatishlar, birinchidan, xokimiyat tarmoqlari mustaqilligining oshishiga xizmat qilsa; ikkinchidan, davlat xokimiyati tizimida o’zaro bir-birini tiyib turish mexanizmida yangi bo’g’inlarni nazarda tutadi. Masalan, Vazirlar Maxkamasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish, ijro etuvchi xokimiyat devonini tuzish va unga raxbarlik qilish xuquqi Prezident vakolatlari doirasidan chiqarildi. Bosh vazirning Prezidentga viloyatlarhamda Toshkent shahar xokimlarini tayinlash va lavozimdan ozod etish uchun taqdim qilish xuquqining berilishi Bosh vazir boshchiligidagi ijro etuvchi xokimiyat mustaqilligini va tasirini oshirishga xizmat qilsa, Bosh vazir nomzodini taklif etish va tasdiqlash tartibi, shuningdek, uning hisobotini tinglash va muhokama qilish tartib takomilining kiritilishi Parlament rolini yanada kuchaytirishga ko’maklashuvchi institut bo’ldi. Xokimiyatlar tizimidagi yana bir demokratik institutning mazmuni quyidagicha: O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi o’rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan taqdirda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman yo’naltirilgan taklif bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo’shma majlisi muxokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish xaqidagi masala kiritilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga kiritilgai ushbu o’zgartirish va qo’shimchalar Konstitutsiyaning 78- va 93-moddalariga ham tegishli tuzatishlarni kiritish zaruratini belgiladi. Jumladan, Konstitutsiyaning 78- moddasi 15-bandida Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari sifatida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning xisobotlarini eshitish va muxokama qilish vakolati nazarda tutildi. Bu xolat ham siyosiy partiyalar, ham parlament roli va ta‘sirining oshirilishiga, Oliy Majlisning konunlar ijro etilishi ustidan amalga oshiradigan nazorat faoliyatining yanada takomillashtirilishiga xizmat qiladi. Shuningdek, konstitutsiyaviy islohotlarning avvalgi bosqichida Xukumatni shakllantirish tartibi yanada demokratlashtirildi. Konstitutsiyaning 98-moddasiga kiritilgan qoidaga muvofik, O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisinipg Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko’p deputatlik o’rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o’rinlarini qo’lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi. Yangi Bosh vazir nomzodi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraktsiyalari bilan tegishli maslaxatlashuvlar o’tkazilganidan so’ng O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko’rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi. Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi. Ushbu norma davlat xokimiyati tarmoqlari o’rtasida o’zaro tiyib turish va ta‘sir etish mexanizmini yanada takomillashtirdi. Davlat xokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishga qaratilgan yangiliklarning ahamiyati yana shundan iboratki, ular davlat xokimiyatining sub‘ektlari, ya‘ni, davlat boshlig’i bo’lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi xokimiyatlar o’rtasidagi vakolatlarning yanada oqilona taqsimlanishini ta‘minlashga qaratilgandir. Davlat xokimiyati taqsimlanishi to’g’risidagi ta‘limotga ko’ra, xokimiyat tarmoqlari vakolatlarining to’g’ri taqsimlanishi davlat idoralari faoliyatining barqarorligini, ular o’rtasida samarali hamkorlik yo’lga qo’yilishini kafolatlaydi. Qolaversa, davlat xokimiyatining konstitutsiyaviy tarzda mutanosib va adolatli taqsimlanishi pirovardida davlatning tom ma‘noda demokratik tabiatga ega bo’lishi va inson xuquqlari izchil ta‘minlanishining garovidir. O’zbekistonda davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishning keying bosqichi Asosiy qonunimizga 2014 yil 16 aprelda «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida (32,78,93,98,103 va 117- moddalariga)»gi qonun vositasida kiritilgan yangiliklar bilan bog’liq. Ushbu konstitutsiyaviy islohotlar mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy xayotni va davlat boshqaruvini izchil demokratlashtirish borasida amalga oshirilayotgan siyosatning mantiqiy davomi bo’ldi. Mazkur islohotning mazmuni quyidagi muxim sohalarni o’z qamroviga oldi: 1) jamoat va parlament nazorati: 2) Prezident va parlament vakolatlari; 3) Xukumatning konstitutsiyaviy maqomi; 4) saylov tizimi. Ularning ma‘no-moxiyatiga qisqacha izox berib o’tamiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim vakolatlarini Oliy Majlis va Vazirlar Maxkamasiga o’tkazish bo’yicha Asosiy Qonunimiz moddalariga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar Prezidentning davlat xokimiyati organlarining kelishilgan xolda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini, davlat xokimiyati tarmoqlari o’rtasida vakolatlarning oqilona qayta taqsimlanishini, shuningdek, ular o’rtasida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimining samarali ishlashini taminlashning konstitutsiyaviy mexanizmlarini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi shubxasiz. Konstitutsiyaning 32-moddasi mamlakat xayotida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirishga qaratilgan muxim qoida bilan to’ldirildi. Ya‘ni, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda o’zini-o’zi boshqarish, referendumlar o’tkazish va davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo’li bilan ham amalga oshirilishi xaqidagi norma bilan to’ldirildi. Konstitutsiyaning 78-moddasiga yangi 21-band kiritilib, unda parlament nazorati institut nazarda tutildi. Maxalliy ijro etuvchi xokimiyat organlarining mustaqilligini va ayni vaqtda vakillik organi oldidagi mas‘uliyatini kuchaytirish maqsadida Konstitutsiyaning 103-moddasi viloyat, tuman va shahar xokimining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muxim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etish majburiyatini belgilaydigan norma bilan to’ldirildi. Ushbu xisobotlar bo’yicha xalq deputatlari kengashlari tegishli qarorlar qabul qilishi orqali bu konstitutsiyaviy institut yuridik jixatdan rasmiylashtiriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev Konstitutsiya qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma‘ruzasida milliy saylov qonuqchiligimizga tamomila yangi institutni - viloyat, tuman va shahar xokimlarini tegishli xududlardagi aholi tomonidan bevosita saylash g’oyasini ilgari surdi. Bu ham xokimlarning xalq oldida xisobdorligini kuchaytiradi. Shuningdek, Konstitutsiyaning 117-moddasiga asosiy priptsiplari mustaqillik, konuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining faoliyatini tashkil etishning konstitutsiyaviy asoslarini belgilaydigan tuzatishlar kiritildi. Konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlar davlat xokimiyatining yanada demokratlashuvi, uning mustaqil tarmoqlari o’rtasida vakolatlarning qayta taqsimlanishi, o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimi rivojlanishi, shuningdek, saylov tizimining yanada takomillashuvining muxim omiliga aylanishi tabiiy. Shuningdek, Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi Qonun bilan 98-modda Bosh vazir lavozimiga nomzod O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uning nomzodi ko’rib chiqilayotgan va tasdiqlanayotgan paytda Vazirlar Maxkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo’ljallangan xarakat dasturini taqdim etishini nazarda tutadigan yangi qoidalar bilan to’ldirildi. Konstitutsiyaga kiritilgan ushbu norma konstitutsiyaviy rivojlanishning xalqaro amaliyotiga to’liq mos keladi. Darxaqiqat, Konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlar, xususan ularning parlament tomonidan xukumatning xarakat dasturi ko’rib chiqilishiga oid qismi deputatlar va siyosiy partiyalar fraktsiyalari uchun yangi shakllanayotgan Vazirlar Maxkamasining mamlakatni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta‘minlash bo’yicha kelgusi faoliyatining barcha jixatlaridan xabardor bo’lishlari, Bosh vazir nomzodi, xukumatning tutgan yo’li bo’yicha o’z yondashuvini belgilab olishlariga imkon yaratadi. Yana bir demokratik normaga ko’ra, Vazirlar Maxkamasiga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga xar yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy xayotining eng muxim masalalari yuzasidan maruzalar taqdim etish vazifasi yuklanmoqda. Asosiy Konunimizning avvalgi taxririga ko’ra, bunday ma‘ruzalarni parlamentning ko’rib chiqishi uchun taqdim etish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatiga kirar edi. Mamlakat davlat xokimiyati va boshqaruvi tizimida barqarorlik, izchillikni ta‘minlash, ijro etuvchi xokimiyatning mustaqil faoliyat ko’rsatish kafolatlarini kuchaytirish maqsadida amaldagi Vazirlar Maxkamasi yangi saylangan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o’z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi bo’yicha Konstitutsiyaning 98-moddasida belgilangan normalar mamlakat Prezidentining qaroriga ko’ra, xukumat ayni shu davrda, Vazirlar Maxkamasining yangi tarkibi shakllantirilgunga qadar o’z faoliyatini davom ettirib turishi xaqidagi qoidalar bilan to’ldirildi. Bu jiddiy norma bo’lib, davlat boshqaruvida izchillik, uzviylik hamda davomiylikni ta‘minlaydi. Konstitutsiyaga kiritilgan yana bir yangi normaga muvofik, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti endi mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muxim masalalari bo’yicha Respublika Oliy Majlisiga murojaat etish xuquqiga ega bo’ldi. Ko’pgina rivojlangan davlatlarning konstitutsiyalarida Prezident mamlakat xayotining muxim masalalari bo’yicha parlamentga murojaat («poslanie») qilish xuquqiga ega. Odatda, bunday murojaat bir yilda bir marta amalga oshirilib, unda Prezident davlatning ichki va tashqi siyosatining ustuvor masalalari yuzasidan asosiy vazifalarni bayon etadi, o’z yondashuvi va munosabatini bildiradi. U ushbu muxim masalalarga deputatlar (senatorlar), siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda keng jamoatchilik e‘tiborini tortadi; o’z siyosiy yo’lini sinovdan o’tkazadi; davlat va jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni xal etishga davlat tuzilmalari hamda fuqarolik jamiyati institutlarini safarbar etadi. Xozirgi globallashuv va shiddatli rivojlanish sharoitida davlat boshqaruvini zamonaviy jamiyat extiyojlariga mos ravishda modernizatsiya qilish o’ta dolzarb masala sifatida kun tartibiga chiqmoqda. Xarakatlar strategiyasida «Davlat boshqaruvi asoslari to’g’risida»gi qonun loyixasini ishlab chiqish va qabul qilish nazarda tutilgani e‘tiborga molikdir. Mamlakatning davlat boshqaruv tizimi uning siyosiy, ijtimoiy, xuquqiy va ma‘muriy madaniyatining uzviy qismidir. Boshqaruv madaniyati bir qator tarixiy, milliy, jug’rofiy, ma‘naviy va boshqa omillar ta‘sirida shakllanadi. Boshqaruv madaniyati davlat boshqaruvi tuzilmalariga nisbatan birmuncha barqaror va turg’undir. Shu tufayli siyosiy (davlat) boshqaruv madaniyatini tarixan qisqa vaqt ichida o’zgartirish birmuncha mushkul. Masalan, davlat xokimiyati va boshqaruvi tizimini qonunchilik islohoti vositasida tarixan qisqa muddatda o’zgartirish (yangilash) mumkin, ammo boshqaruvga bog’liq mafkurani, mentalitetni, ongni va madaniyatni darxol o’zgartirishning iloji yo’q. Jamiyatni erkinlashtirishning xozirgi bosqichida davlat boshqaruvini modernizatsiya qilishning bir qator yo’nalishlari va vazifalari Xarakatlar strategiyasida belgilab berilgan. Birinchidan, demokratik davlat boshqaruv mezonlarini belgilovchi printsiplarni xayotga sobitqadamlik va jadallik bilan joriy eti6 borish. Bular boshqaruvda inson xuquq va manfaatlarining ustuvorligi, xokimiyatlar taqsimlanishi (shu jumladan, davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar o’rtasida vakolatlarning oqilona taqsimlanishi), qonun ustuvorligi, davlat boshqaruviga xalq ommasi hamda fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligi va ochiqligi kabi tamoyillardir. Ikkinchidan, davlat boshqaruv apparati faoliyatining qonunchilik, xuquqiy bazasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirib borish nazarda tutiladi. Uchinchidan, ijroiya xokimiyati tizimidagi boshqaruv bilan shug’ullanuvchi organlarning tarkibiy tuzilmasi va funktsiyalarini ratsionallashtirish ma‘muriy islohotning muxim vazifasi xisoblanadi. Bunda davlat boshqaruvida muvozanatni ta‘minlovchi tuzilmalarning bo’lishi va bir-birining vazifalarini takrorlashning mavjud bo’lishini bartaraf etib borishi talab etiladi. To’rtinchidan, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta‘minlash, ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini ta‘minlovchi samarali

mexanizmlarni yaratish, ular faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini faollashtirish zarur. Beshinchidan, davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va ma‘muriy islohotlar samarasini oshirishda tegishli vakolatli organlar faoliyatining xuquqiy asoslarini (reglamentlarini) izchil takomillashtirish aloxida ahamiyat kasb etadi. Bundan xuquqiy xujjatlar qatorida Ma‘muriy protsessual kodeksning, «Ma‘muriy protseduralar to’g’risida»gi va «Davlat xizmati to’g’risida»gi qonunlarning qabul kilinishi Xarakatlar strategiyasida aytib o’tildi. Davlat xizmati davlat organlari tomonidan boshqaruvning kadrlar funktsiyasini amalga oshirish, davlat organlari apparatida doimiy yoki vaqtincha mansabni egallab turgan hamda davlat byudjetidan mablag’ bilan ta‘minlanuvchi shaxslarning faoliyatidir. Davlat xizmati davlat apparatini boshqarishni tashkil etish va xuquqiy tartibga solish bo’yicha davlat faoliyatining asosiy turlaridan biri bo’lib, davlat oldida turgan vazifalarning samarali amalga oshirilishini ta‘minlaydi. O’zbekiston Respublikasida davlat xizmatining asosiy maqsadi - O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga asoslanib, davlat funktsiyalarini amalga oshirish, uning vazifalarini bajarish, jamiyat va fuqarolarning manfaatlariga xizmat qilishdan iboratdir. Fikrimizcha, davlat xizmatining umumiy jixatlarini tartibga solish uchun «O’zbekiston Respublikasining davlat xizmati to’g’risida»gi qonunda davlat xizmatini o’tash xaqidagi bob kiritilib, aloxida moddalar bo’yicha davlat xizmatiga kirish tartibi, davlat xizmatchilarining attestatsiyasi, ularni rag’batlantirish, davlat xizmatchilarining javobgarligi masalalari belgilab qo’yilishi lozim bo’ladi. Davlat xizmatchilarining malaka darajalari tegishli davlat xizmati lavozimlari bo’yicha tatbiq etilgan malaka talablariga, kasbiy tayyorgarlik darajasiga muvofiqligini ko’rsatadi. Davlat xizmatchilariga malaka darajalarining berilishi davlat xizmatchilarining professional tayyorgarlik saviyasi malaka talablariga muvofiqligiga qarab belgilanadi. Malaka darajalari davlat malaka imtixonlari yoki attestatsiya natijalariga ko’ra belgilanadi. Malaka imtixonlarining o’tkazilishi, malaka darajalarining berilishi hamda xodimlarning boshqa ishga o’tkazilishi munosabati bilan saqlanishi qonunchilik xujjatlari bilan belgilanadi. Mamlakatimizda davlat xizmatchilariga malaka darajalari yoki maxsus unvonlar berish tartibi aloxida normativ-xuquqiy xujjatlar bilan belgilanadi. Shuningdek, respublikamiz konunchiligida ham martaba darajalari ijobiy attestatsiya, malakasiga muvofik oliy ma‘lumot mavjud bo’lgan takdirda, egallab turgan lavozimi va ish stajiga, shuningdek, oldingi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlarni xisobga olgan xolda izchil tartibda beriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev lavozimga kirishish tantanali majlisidagi nutqida quyidagilarni ta‘kidladi: «Oldimizga qo’ygan maqsad-muddaolarga yetish uchun kadrlarning amaliy zaxirasini shakllantirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashning muxim masalalarini o’z ichiga oladigan maqsadli dasturni ishlab chiqish vaqti keldi, deb o’ylayman. Asosiy vazifa bu yuqori kasb maxorati va zamonaviy tafakkurga ega, puxta o’ylangan, xar tomonlama to’g’ri qaror qabul qila oladigan, belgilangan maqsadlarga erishadigan raxbarlar va mansabdor shaxslarning yangi tarkibini shakllantirishdan iborat. Bu borada xududiy boshqaruv organlari, eng avvalo, mamlakatimiz tuman va shaharlari xokimliklari uchun malakali kadrlar tayyorlashga aloxida e‘tibor qaratish zarur». Professional kadrlarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish
xizmatchilarning xizmat pog’onalari bo’ylab ko’tarilishiga ijobiy ta‘sir ko’rsatadi. Shu maqsadda kadrlarni tayyorlash muxim yo’nalishlardan biri xisoblanadi. Shuning uchun ko’pgina davlatlarda markazlashgan tayyorgarlik bilan birgalikda davlat xizmatchilarining yuqori lavozim bo’yicha xarakatlanishlari hamda raxbarlarning professional rivojlanishlari uchun kadrlar zaxirasini tayyorlashda muxim ahamiyatga ega bo’lgan keng qamrovli kurslar tizimi amal qiladi. Davlat organlarida xizmat bo’yicha o’sish tartibida davlat xizmati lavozimlarini egallash maqsadida tanlov asosida raxbar lavozimlarini egallash uchun kadrlar zaxirasi shakllantirilishi muxim ahamiyatga egadir. Shunday qilib, Harakatlar strategiyasida davlat xizmati to’g’risidagi qonunchilikni takomillashtirish davlat xizmati faoliyatining to’g’ri va samarali
faoliyat yuritishida katta ahamiyatga ega ekani ta‘kidlab o’tildi. Mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha vazifalarni amalga oshirishda davlat xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish. Fuqarolik jamiyati qaror topishining muxim shartlaridan biri davlat bilan jamoatchilik tizimlari hamda xususiy sektorning yaqin hamkorligi, ular o’rtasida ijtimoiy sheriklikni amalda ta‘minlashga erishishdan iborat. Biz mustaqil davlatchilik sari qadam qo’yilgan dastlabki yillardayoq Asosiy qonunimizda nodavlat-notijorat tashkilotlari faoliyatiga doir asosiy printsiplarning mustahkamlab qo’yilgani, iqtisodiy faoliyat erkinligi va xususiy xayot daxlsizligi kafolatlangani barcha aholi qatlamlari manfaatlarini aks ettiradigan tuzilma hamda tashkilotlarning keng tarmoqlari vujudga kelishi, faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun qulay muxit yaratdi. O’tgan chorak asr mobaynida jamoat va nodavlat tashkilotlarining nufuzi ortdi, xuquqiy maqomi mustahkamlandi, jamiyat boshqaruvidagi roli oshib bordi. Bugungi kunda mazkur tuzilmalar davlat bilan fuqarolik jamiyatining o’zaro samarali aloqasini ta‘minlash, odamlarning kayfiyatini aniqlash, ularning jamiyat va davlat xayotida yuz berayotgan o’zgarishlarga munosabatini bilishning muxim vositasi sifatida maydonga chiqmoqda. Demokratik yaigilanishlar jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirishga, fuqarolarning eng muxim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini xal etishga qaratilgan 250 dan ziyod qonunlar, yuzlab farmonlar va xukumat qarorlari qabul kilindi. Ushbu keng ko’lamli xuquqiy baza bu tashkilotlarning davlat organlari bilan teng muloqot olib borishi, xuquqiy munosabatlarda kafolatli ishtirok etishining zamini bo’ldi. Davlat bilan xususiy sektor tuzilmalari hamkorligining markazida inson va fuqaroning iqtisodiy hamda ijtimoiy sohadagi manfaatlarini ta‘minlash masalasi turadi. Masalan, kasaba uyushmalari davlat organlari, ish beruvchilar bilan uch tomonlama ijtimoiy sherikchilik to’g’risidagi shartnomalar asosida mehnat kiluvchi xodimlarning fuqarolarning mehnat jarayonida mexnat xuquqlari, ijtimoiy muxofazasi, ish xaqi, dam olish, ishlovchi ayollarning yosh bolalariga parvarish berishi bilan bog’liq imtiyozlardan foydalanish, pensiyaga rasmiylashtirish borasidagi va boshqa manfaatlarini muxofaza qilishda salmoqli faoliyatni amalga oshirmoqda. Nodavlat va jamoat tashkilotlari fuqarolarning ta‘lim olish, sog’liqni saqlash, tadbirkorlik bilan shug’ullanish, ijtimoiy ta‘minot tizimidan foydalanish, buzilgan xuquqlarini tiklash kabi qator sohalarda xuquq va erkinliklarini ta‘minlashda davlat organlari bilan bo’ladigan munosabatlarda vositachi va ko’makchi vazifasini o’tamoqda. Bu yo’nalishdagi faoliyatning xuquqiy negizlarini yanada mustahkamlash maqsadida 2014 yilda «Ijtimoiy sheriklik to’g’risida»gi qonun qabul kilindi. Ushbu qonun fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy sohada, shuningdek, gumanitar muammolarini xal etish, aholi turli qatlamlarining xuquq va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat tuzilmalarining davlat idoralari bilan o’zaro munosabatlarining aniq chegaralarini belgilash bo’yicha xuquqiy mexanizmlarini yaratadi. Qonun amal kila boshlaganidan buyon o’tgan qisqa davrda to’plangan amaliy tajriba guvoxlik berishicha, xali bu sohada tashkiliy-xuquqiy mexanizmlar yanada takomillashtirilishi lozim. Shu bois Xarakatlar strategiyasi doirasidagi «Xalq bilan muloqot va inson maifaatlari yili» Davlat dasturida davlat va xususiy sheriklik (hamkorlik) shakllarini kengaytirishga yo’naltirilgan «Davlat va xususiy sheriklik to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyixasini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Unda davlat va xususiy sheriklik tushunchasi, tabiati (moxiyati), printsiplari, vazifalari va asosiy yo’nalishlari, shakllari (vositalari), ishtirokchilari doirasi, ularning xuquq va burchlari, bu borada amalga oshiriladigan ustuvor tadbirlar va munosabatlar tartibga solinadi.

Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta‟minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning xuquq, erkinlik va qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy
etish
. Davlat boshqaruvi idoralarining aholi bilan aloqalarini kuchaytirish, hamkorlik mexanizmlarini yaratish muxim. Bir tomondan, aholini davlat boshqaruv organlari faoliyatidan muntazam ravishda xabardor qilib turish, ikkinchi tomondan, maxalliy davlat boshqaruv organlari qarorlarini qabul qilishga keng jalb etishni yo’lga qo’yish - davr talabi. Shuningdek, davlat boshqaruvi bilan korporativ boshqaruvni yaqinlashtirish, ular nisbatining oqilona mezonlarini belgilashda muxim o’rin tutadi. Inson va fuqarolarning axborotga bo’lgan xuquqlarini kafolatlashningn tamoyillari O’zbekiston Rsspublikasi Konstitutsiyasining tegishli normalarida mustahkamlab qo’yilgan. Xususan, Konstitutsiyaning 29-moddasiga binoan: «Xar kim fikrlash, so’z va e‘tiqod erkinligi xuquqiga ega. Xar kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish xuquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir».
Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta‟minlash masalalari ular faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qollagan xolda amalga oshirilishi bugungi kunga kelib eng maqbul yo„l sifatida baxolanmoqda. Amalda mavjud bo„lgan davlat xizmatlarini fuqarolarga, yuridik shaxslarga va davlat organlarining oziga ko„rsatishning yangicha tizimini amalga oshirish xar qanday zamonaviy demokratik davlatning asosiy strategik yo„nalishlaridan biriga aylanmoqda. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2010 yil 12 noyabrda parlament palatalarining qo’shma yig’ilishida taqdim etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasida ilgari surilgan takliflarning amaliy ifodasi sifatida «Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi qonunining loyixasi ishlab chiqildi va qabul qilindi. Ushbu qonunning asosiy maqsadi davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining shaffofligi, ochiqligini ta‘minlash, davlatimiz ichki va tashqi siyosatining eng asosiy yo’nalishlaridan aholini muntazam xabardor bo’lib borishiga sharoit yaratish, shuningdek, fuqarolarniig siyosiy faolligini yanada oshirishdan iboratdir. Mazkur qonunning qabul kilinishi davlat xokimiyati organlari faoliyati xaqida jamoatchilikni xabardor qilib borish tartiblarini aniq belgilab berishi, davlat xokimiyati organlariga o’zlari qabul qiladigan qarorlar va ularning mazmuni bilan aholini, turli jamoat birlashmalarini xabardor qilish majburiyatini yuklashi bilan ham ahamiyatlidir. Bundan tashqari, «Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida»gi Qonunning qabul kilinishi orqali fuqarolarniig axborot olishga bo’lgan konstitutsiyaviy xuquqlarining yuqori darajada ta‘minlanishiga va pirovard natijada davlat xokimiyati organlarining o’zlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlar bo’yicha majburiyatlarining oshishiga erishiladi. Ma‘lumki, 2014 yil 5 mayda «Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida»gi qonun qabul kilindi. Ushbu qonunning maqsadi - davlat xokimiyati organlari faoliyatining ochiqligini, ular faoliyati xaqidagi axborotlardan ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari, aholining keng foydalanishini ta‘minlashga qaratilgan. Qonunning asosiy vazifalari - davlat xokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risidagi axborotdan jismoniy va yuridik shaxslarning erkin foydalanishini ta‘minlash; davlat xokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati xaqidagi axborotlarni olishga bo’lgan xuquqiy kafolatlash; davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining qabul qilinayotgan qarorlar uchun javobgarligini oshirish; davlat xokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati xaqidagi axborotlarning tarqatilishi tartibini belgilashdan iborat. Shunga muvofiq, davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining shaffofligi, ularniig ustidan jamoatchilik nazorati bu idoralarning faoliyati to’g’risidagi axborotdan foydalanishni ta‘minlash bo’yicha bir qator chora-tadbirlar qabul qilish orqali ta‘minlanadi. Shunday qilib, davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini erkinlashtirish, ularni xalq extiyojlari va manfaatlariga yaqinlashtirish, ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan ijtimoiy sheriklik va hamkorligini rivojlantirish, hech shubxasiz, pirovardida davlat apparati faoliyati samaradorligini oshirishga, davlatning jamiyat manfaatlariga yanada ko’proq xizmat qiluvchi institutga aylantirishga qulay imkoniyat yaratadi. Hozirgi davrda xalq bilan samarali muloqotni ta‘minlash «Xalq bilan muloqot va inson maifaatlari yili» Davlat dasturining eng muxim va dolzarb vazifalaridan biri bo’ldi. Shu munosabat bilan jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, nodavlat-notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish, shuningdek, maxallaning jamiyat xayotidagi rolini kuchaytirish nazarda tutilmoqda. Ozbekiston Respublikasida mazkur soha taraqqiyoti uchun qator tashkiliy va xuquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va bugungi kunga kelib qariyb ellikka yaqin qonun va qonunosti xujjatlari davlat va xususiy sektor faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish va ulardan foydalanishni tartibga solib kelmoqda. Ta‘kidlash joizki, mamlakatimiz rivoji va islohotlarning muvaffaqiyatli kechishi ko’p jixatdan davlat xokimiyati va boshqaruvi organlarining xalqqa sifatli va tezkorlik bilan xizmat ko’rsatishi, bu borada o’z faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va o’z navbatida bu jarayonlardan keng aholining xabardorligi, ularga daxldorligida namoyon bo’ladi. Zero, inson va fuqarolarning yuqori saviyadagi xuquqiy madaniyatga ega bo’lishlari demokratik jamiyat qurishning mustahkam poydevoridir. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorlik, qonun normalarini xurmat qilish va ularga qat‘iy rioya qilish xuquqiy demokratik davlat qurishning, siyosiy va xuquqiy institutlar samarali faoliyat ko’rsatishining asosiy omillaridan biri xisoblanadi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta‘kidlaganidek: «Birinchidan, xalqimiz Prezident, Oliy Majlis, xukumat qanday farmon, qonun, qaror qabul qilyapti, bundan to’la xabardor bo’lishi kerak. Ikkinchidan, ayniqsa inson xuquqiga daxldor xujjatlarni xar bir odam yuragidan o’tkazishi, bu qonunlar uning xayotiga qanday ta‘sir qilishini anglab yetmog’i lozim. Uchinchidan, tayyorlanayotgan qonunlardan aholi ham xabardor bo’lishi, ya‘ni ularning qanday ishlanayotgani jamiyat nazoratida turishi zarur». Shu bois, davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta‘minlash, fuqarolarning xuquqiy bilimi va ongini yuksaltirish, jamiyatdagi siyosiy faolligini oshirish ko’p jixatdan ularning mamlakatda mavjud qonunchilikdan xabardorligiga, yani, axborot bilan ta‘minlanganlik darajasiga bog’liq. Davlat boshqaruvi sohasini erkinlashtirish bu boradagi amaliy faoliyatni faollashtirish bilan bir qatorda jiddiy ilmiy izlanishlar olib borishni, sohadagi muammolarning ilmiy-xuquqiy yechimlarini topishni taqozo etmoqda. Fikrimizcha, bu borada davlat organlari tizimida markazlashtirishdan chiqarish masalalari, boshqaruv idoralari funktsiyalari hamda vakolatlarini oqilona me‘yorga solish, ularning funktsiyalarini qayta taqsimlash, ularni markazdan maxalliy bo’g’inlarga o’tkazish muammolarini ilmiy tadqiq etish dolzarb vazifa. Tobora avj olayotgan ma‘muriy islohatlar davlat boshqaruvini optimallashtirish, davlat apparatini ixcham va kamxarajat qilish, davlat xizmati, ma‘muriy sudlov va ma‘muriy-protsesual qonunchilikni shakllantirish hamda takomillashtirish muammolarini dolzarb mavzular qatoriga qo’shmokda. Harakatlar strategiyasini amalga oshirish davlat dasturida mamlakatimizda ma‘-

muriy islohotlar kontseptsiyasi hamda bu islohotlarni o’tkazish bo’yicha choratadbirlar Dasturini yaratish belgilangani e‘tiborga molik. Ushbu masala bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyixasi tayyorlanishi ko’zda tutilgan. Bunda davlat boshqaruvi organlarining faoliyati samaradorligini oshirish va tuzilmasini takomillashtirish, davlat boshqaruvini markazlashtiruvdan xoli qilish, takrorlanuvchi funktsiyalarni bajaradigan davlat organlarining turli komissiyalarni bekor qilish yoki bir-biriga qo’shish orqali davlat boshqaruvi va xizmatini tubdan isloh etish nazarda tutiladi. Yana bir muxim vazifa bu davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta‘minlashning usul va shakllarini ilmiy taxlil etish, amaliyotga taklif va tavsiyalar berishdan iborat. Ikkinchidan, davlat boshqaruvi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, «elektron xukumat»ni shakllantirish, umuman, «Axborot jamiyati»ni qaror toptirish muammolarini tadqiq etish, Interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatish yagona tizimi xarakatlanishining xuquqiy va metodologik bazasini yaratish ustida chuqur ilmiy izlanishlar olib borish lozim. Albatta, bu borada axborot xavfsizligini ta‘minlash, axborot almashinuvi munosabatlarining xuquqiy rejimini kafolatlash aloxida e‘tiborni talab etadi. O’zbekistonda axborot erkinligini ta‘minlash borasida quyidagi ustuvor yo’nalishlarni aloxida ajratib ko’rsatish mumkin: 1) axborot tarmoqlarini rivojlantirishda global hamkorlik; 2) elektron kutubxonalarni shakllantirish; 3) elektron muzeylar va galereyalarni yaratish; 4) atrof-muxit va tabiiy resurslar elektron bazasini yaratish; 5) favqulodda xolatlarni elektron boshqarish; 6) sog’liqini saqlashda informatsion texnologiyalarni qo’llash; 7) elektron xukumatni shakllantirish; 8) kichik va o’rta biznes uchun virtual bozorni yaratish. Uchinchidan, davlat qurilishini erkinlashtirishda davlat boshqaruvi organlarining xo’jalik yurituvchi sub‘ektlar, tadbirkorlik sub‘ektlari va fuqarolar xususiy faoliyatiga aralashuvini cheklash, uning me‘yor va mezonlarini aniqlash ham jiddiy tahlil talab mavzudir.


To’rtinchidan, Mamlakalakatimiz miqyosida «boshqaruv madaniyati», «ma‘muriy madaniyat»ni shakllantirishga ham ustuvor ahamiyat berish kerak.
Beshinchidan, davlat boshqaruvi organlari bilan fuqarolik jamiyati boshqaruvi organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligining usul va shakllarini takomillashtirish ximdir. Oltinchidan, davlat boshqaruvi organlari tomonidan fuqarolarning va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish tizimini takomillashtirish lozim. Yettinchidan, davlat boshqaruvi organlari ustidan jamoatchilik nazoratini ta‘minlashning tashkiliy-xuquqiy masalalarini o’rganish zarur. Sakkizinchidan, maxalliy davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga aholini keng jalb etishda umumiy muxokamalar va mahalliy referendum institutini ilmiy taxlil etish ham dolzarb masala xisoblanadi. Xarakatlar strategiyasi «Xalq bilan muloqot va inson maifaatlari yili»da qabul qilingani bejiz emas. Chunki, unda xalqimizning yorug’ kelajagi hamda istiqbolini belgilab bergan ustuvor yo’nalishlar qamrab olingan.
«Elektron xukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko„rsatishning samarasi, sifati va aholi hamda tadbirkorlik sub‟ektlarining ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Xarakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning xar tomonlama va jadal rivojlanishini ta‘minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiya qilish va barcha sohalarni erkinlashtirishdan iborat ekani xaqidagi fikrlari o’ta muxim ahamiyatga ega. Xarakatlar strategiyasi davlat xokimiyatini izchil demokratlashtirish va davlat boshqaruvi tizimining yanada samarali ishlaydigan mexanizmlarini yaratish borasida yangi vazifalarni ilgari surmoqda. Xarakatlar strategiyasi doirasida ma‘kullangan Davlat dasturida davlat boshqaruvini takomillashtirish, eng avvalo, davlat xizmatini isloh qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy sektor o’zaro foydali hamkorligining zamonaviy shakllarini, «Elektron xukumat» tizimini rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini ratsional tashkil etishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish muxim ahamiya kasb etadi. Ma‘lumki, fuqarolarning axborot sohasidagi xuquq va erkinliklarini ta‘minlash masalasi insonning axborot olish, axborotni va o’z shaxsiy fikrini tarqatish xuquqi va erkinligini o’zida mujassam etgan bo’lib, bu O’zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muxim sharti, ta‘bir joiz bo’lsa, tamal toshi xisoblanadi». Mamlakatimizda mustaqillik yillari mobaynida jamiyatni axborotlashtirish, fuqarolarning axborot olish erkinligini ta‘minlash, ommaviy axborot vositalarining rivojini ta‘minlaydigan, demokratik talab va me‘zonlarga to’la mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Bu davrda davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga oid axborotni fuqarolarga yetkazishga, ommaviy axborot vositalarini erkin va jadal rivojlantirishga, axborot sohasining maqsadli va natijali faoliyat ko’rsatishini ta‘minlashga qaratilgan o’ndan ziyod qonunlar qabul kilindi. Davlat boshqaruviga elektron xukumat tizimini yanada kengroq joriy etish lozim. Bu tizim vositasida davlat miqyosida idoralararo va boshqaruv jarayonida ishtirok etuvchi sub‘ektlar o’rtasida elektron xujjat aylanishi, avtomatlashtirilgan axborot-ma‘lumot tizimi, Interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatish servisi hamda axborot resurs bazalaridan samarali foydalanish amalga oshiriladi. Natijada davlat boshqaruvi tizimida ma‘muriy tartib-tamoyillar va davlat xizmatlarini ko’rsatish elektron shaklda amalga oshirilishi yo’lga qo’yiladi. Elektron xukumat quyidagi printsiplar asosida faoliyat yuritadi: davlat organlari faoliyatining ochiqligi, davlat xizmatlarining hammabopligi, axborotniig muxofazalanganligi, ma‘muriy axborotning elektron taxlil etilishi, davlat organlarining o’zaro kelishilgan tarzda harakatlanishi, davlat organlari faoliyatining sifat jihatidan muttasil yaxshilanishi va x-k. Davlat organlari faoliyatidagi ochiqlikni ta‘minlashning, shu bilan birgalikda «axborotlashgan jamiyat» shakllantirish va rivojlantirishning samarali usullari sifatida «Elektron xukumat» bilan bir qatorda «Elektron parlament» tizimini ham joriy etish muxim. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2013 yil 18 yanvardagi Vazirlar Maxkamasining yig’ilishida «Elektron xukumat» tizimi, shu jumladan, boshqaruv jarayonlari, shuningdek, biznes sohasiga va fuqarolarga davlat xizmatlari ko’rsatish tizimini shakllantirish kontseptsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni jadallashtirishga, axborot tizimlarining idoralararo va idoraviy komplekslarni integratsiya qiladigan milliy tizimini yaratishga aloxida e‘tibor qaratish lozim» deb ta‘kidlagan edilar. Mamlakatimizda inson, jamiyat va davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko’tarish va ushbu munosabatlarni samarali tashkil etish, boshqarish va taxlil etish maqsadida Parlament tomonidan 2015 yilning 9 dekabrida «Elektron xukumat to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi «Elektron xukumat» sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. 
Yüklə 60,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin