Dasturiy injiniring



Yüklə 23,34 Kb.
səhifə1/4
tarix23.06.2023
ölçüsü23,34 Kb.
#134356
  1   2   3   4
Dessertatsiyaga Kirish Sindarov M.O


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
‎‎SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
INTELLEKTUAL TIZIMLAR VA DASTURLASH TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI

DASTURIY INJINIRING” KAFEDRASI


Tabiiy tildagi matnlarni morfologik, sintaktik va semantik jihatdan avtomatik tahlil qilish va tahrirlash
70610701 – “SUN’IY INTELLEKT” MUTAXASSISLIGI

DISSERTATSIYA ISH ANNOTATSIYASI
Ilmiy rahbar ­­­_________PhD, dotsent J.S.Jabborov
2023 - yil “_____”____________


SAMARQAND 2023



Kirish
Dissertatsiya ishining dolzarbligi. Hozirgi kunda jamiyatimizning barcha sohalarida axborot - kommunikatsiya texnologiyalari muhim o‘rinni egallamoqda. Avtomatlashgan informatsion texnologiyalar va kompyuter tizimlari ushbu sohalarda yechilishi kerak bo‘lgan masalalarni hal qilish uchun qulay vosita sifatida qo‘llanilmoqda. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, bu vositaga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. Bu esa yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lishiga zamin yaratmoqda. Shunday yo‘nalishlardan biri sifatida tilshunoslik va kompyuter texnologiyalarning ijobiy hamkorligi natijasida kompyuter lingvistikasi fani shakllandi. Kompyuter lingvistikasi matematik lingvistikaning mantiqiy davomi bo‘lib, u amaliy tilshunoslikning eng muhim qismini tashkil etadi. Kompyuter lingvistikasi fan sifatida shakllangandan so‘ng olimlar lingvistik muammolarni kompyuter texnologiyalari yordamida hal etish maqsadida ushbu fanning turli tarmoqlarini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
Kompyuter lingvistikasi asosan tabiiy tillarni tadqiq etish va qayta ishlash bilan shug‘ullanadi. Jahonda olib borilayotgan tadqiqotlar ham aynan ushbu muammolar ustida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, tabiiy tildagi matnlarni morfologik, sintaktik va semantik jihatdan avtomatik tahlil qilish va tahrirlash, maʼlum bir kompyuterga yo‘naltirilgan modellar asosida tabiiy til interfeysini yaratish va shunga o‘xshash bir qator masalalarni ilmiy hal etish zarur bo‘lmoqda.

Yüklə 23,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin