Dastgohlar tuzilishining shartli belgilari. Konstruktiv elementlari. Asosiy va yordamchi qismlari



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə4/5
tarix13.06.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#129433
1   2   3   4   5
Dastgohlar tuzilishining shartli belgilari. Konstruktiv elementl

DURADGORLIK DASTGOHI


  • Duradgorlik ishlarini bajarishda foydalaniladigan maxsus dastgohlar har xil bo‘lib, ular ishlov berilayotgan yog‘och materiallarini kerakli holatda mahkam tutib turish uchun xizmat qiladi. Ustaxonadagi duradgorlik dastgohining asosiy qismi uning oyoqlariga o‘rnatilgan va kerakli balandlikda mahkamlanadigan ish stolidan iborat. Bu stolda tegishli kattalikdagi yog‘och materiallarida ishlov berish, kerakli holatda mahkam o‘rnatish uchun teshiklar ochiladi. Stolning chuqurlashtirilgan qismidan kerakli asboblar va materiallarni qo‘yish uchun foydalaniladi. Duradgorlik dastgohining iskanjasida vintli mexanizmdan foydalaniladi. Iskanja ishlov beriladigan detalni kerakli holatda mahkam o‘rnatish hamda bo‘shatib olish uchun ishlatiladi

Duradgorlik dastgohi 1 asos 2 qisqich 3 ish stoli 4 yordamchi uyalar 5 ishlov berish joyi 6 yordamchi tirgaklar 7 iskanja.

DASTGOH BILAN ISHLASH


  • Dastgohda ishlov berilayotgan materialni to‘g‘ri o‘rnatish va mahkamlash qoidalariga rioya qilmagan holda bajariladigan ishlar sifatli bo‘lmaydi hamda ishlovchi va uning atrofidagi odamlar uchun xavfli sanaladi. Shu bilan birga ishlatilayotgan asboblarga ham ortiqcha zarar yetadi. Dastgohdan foydalanishda uning iskanjalarini juda qattiq siqish kerak emas. Dastgoh stolini kesish, chopish, arralash, bolg‘a bilan ortiqcha zarba berish va boshqa zararli ta’sirlardan saqlash lozim. Dastgoh stoli ustida asboblarni ulardan foydalanishga qulay holatda joylashtirish lozim

a— sherxebel; b —taxta randa; v — mushranda: 1 — pona; 2 —kunda; 3 — tig‘; 4-temir pushtak; g — pushtakli tig‘; d — japs randa; 1 — tig‘; 2—pushtak; 3 — pona; 4 — dasta; 5 - bolg‘alash tugmasi


Arra turlari. 1 dastarra 2 burilma dastarra 3 chaspakli arra 4 chizg`a arra 5 burcharra

Duradgorlik iskanalari

DURADGORLIK ISKANALARI


  • Duradgorlik iskanalari. Yog‘och materiallardan turli xil buyumlar tayyorlashda ularning qismlari ko‘pincha «tirnoq» chiqarish yo‘li bilan biriktirilib, bunda o‘yish-teshish ishlari bajariladi. Bu maqsadda har xil duradgorlik iskanalaridan foydalaniladi. Duradgorlik iskanalari vazifasiga ko‘ra yo‘nuvchi va o‘yuvchi iskanalarga bo‘linadi. Yo‘nuvchi iskanalar yordamida taxtalarning chetlariga faska chiqariladi, tirnoqlar rostlanadi, teshik, uyalar yo‘nib kengaytiriladi. Shuningdek, yumshoq va yupqa taxtalar o‘yib teshiladi. Qalin va qattiq yog‘ochlarni o‘yish-teshish ishlari o‘yuvchi iskanalar yordamida bajariladi. Yo‘nuvchi iskanalar yupqa, o‘yuvchi iskanalar qalin bo‘ladi. Bundan qat’i nazar, ularning eni har xil o‘lchamda tayyorlanad.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin