Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: Nota doskasi, sol kaliti, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi: Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
Juzeppe Verdi 1813—1901-yillarda yashab, ijod qilgan italiyalik buyuk kompozitordir. Uning «Aida», «Rigoletto», «Traviata», «Otello» kabi operalari shu janrda yaratilgan 27 ta asari ichida eng durdonalari hisoblanadi. Verdi operalari sahnaga qo‘yilib, birinchi ijro bo‘lgan kun Italiyada bayramga aylanib ketardi. Xalq muallifni olqishlab, hozirgina tinglab-tomosha qilgan operalaridan kuy-qo‘shiqlarni yodlab olib, ko‘chalarda baralla aytib, uylariga qaytishardi. Albatta, bunday muvaffaqiyatlarning sababi, J. Verdi o‘z xalqining kuy-ohanglarini yaxshi bilishi va o‘tkir didli ijodkor sifatida tinglov- chilar ehtiyojini yaxshi sezishidir. J. Verdidan so‘ng butun dunyo xalqlaridan chiqqan bastakorlar uning darajasida operalar yaratishni havas qilishadi, orzu qilishadi... Demak, jahon opera san’atida J. Verdi ijodining o‘z o‘rni bor va ahamiyati katta. Aziz o‘quvchilar! I, II, III choraklarda musiqa savodi bo‘yicha siz anchagina bilimlarga ega boMdingiz. Endi notaga qarab, dirijorlik qilib kuylab ketishga o‘rganishingiz kerak. Bunday kuylash mahoratini musiqada «solfedjio» qilish deyiladi.