31
sinf jamoasi bilan o‘zaro hamkorlikni ta’lim-tarbiyaviy maqsadga muvofiq
yo‘lini tanlash;
o‘quvchilar bilan norasmiy suhbatlarda o‘z ichki hissiyotini sezdirmaslik,
aksincha ular ishonchini qozonish.
Pedagogik nazokatning asosiy xususiyati shundan iboratki, o‘qituvchiga
muloqotni ijobiy hissiyotlar asosida qurishga, o‘quvchilar bilan psixologik kontaktga
kirishish uslublarini saqlashga yordam beradi. Pedagogik nazokatning quyidagi
xususiyatlari hozirgi kunda muvaffaqiyat poydevori hisoblanadi.
MULOQOT
MADANIYaTI
INDIVIDUAL
USLUBLARINI
ShAKLLANTIRISh METODIKASI
1.
O‘quvchilar bilan muloqot qilish madaniyatining individual shaxsiy
xususiyatlarini o‘rganishi:
o‘quvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil qilish;
o‘quvchilar ichki imkoniyatlariga har tomonlama tavsif berish;
o‘qituvchining muloqot madaniyatini to‘g‘ri tashkil etishi.
2.
Shaxsiy muloqotda ro‘y beradigan kamchiliklarni darhol bartaraf etishi:
kamchiliklarga barham berish choralarini darhol izlab topish;
har qanday vaziyatda o‘quvchilarga qo‘pollik qilmaslik;
o‘quvchi shaxsini mensimaslik kabi salbiy holatlarni bartaraf etish.
3.
O‘qituvchi o‘zi uchun muloqot madaniyatining eng qulay bo‘lgan
uslublarini tanlab olishi:
pedagogik faoliyatiga monand muloqot madaniyati modelini ishlab chiqishi;
o‘z-o‘zini kuzatish bilan muloqotdagi yutuq va kamchiliklarini muntazam
taqqoslab borishi;
muloqotda
milliy
ma’naviyatimiz,
urf-odat
va
an’analarimiz
imkoniyatlaridan doimiy foydalanish.
Dostları ilə paylaş: