131
Baholash bazalarining uchinchi toifasi nizom, tartibga solish
yoki shartnomaga muvofiq belgilangan bazalarni o‘z ichiga oladi.
Qonun bilan belgilangan qiymat bazalari ko‘pincha soliqqa tortish
maqsadlarida tayinlanadi. Qiymat bahosi yoki boshqa talablarni
aniqlash uchun tayinlangan xususiy shartnomalar namunalari tanlov
bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan «narx» yoki ijara shartnomasiga
muvofiq amalga oshirilgan «to‘lovlar»ni ko‘rib chiqish maqsadida
mezonlarni o‘z ichiga oladi.
Bozor qiymatidan farqlanuvchi barcha qiymat bazalari baholovchi
tomonidan aniq-ravshan tenglashtirilishi yoki baholash to‘g‘risidagi
hisobotga kiritilishi lozim bo‘lgan turli va qo‘shimcha taxminlarni
talab qiladi. Ayrim hollarda tegishli muqobil baholash bazasini
ta’minlab bo‘lmaydi (masalan, bunday baholash yanglishishga olib
kelishi yoki uni uchinchi shaxs tomonidan noto‘g‘ri talqin qilishga
imkon berishi mumkin bo‘lganda) va baholovchi topshiriqni
o‘zgartirishi lozim.
Dostları ilə paylaş: