Korxonalarda materiallardan tejab-tergab foydalanish bevosita buxgalteriya hisobini tashkil etishga bog‘liq bo‘lib, uning asosiy maqsadi material harakatini dastlabki hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda ularning ichki nazoratini ta’minlash, shuningdek, xarajat sifatida sarflashda samarali bo‘lgan baholash usullarini qo‘llash natijasida mahsulot tannarxini obektiv tarzda shakllantirish hisoblanadi.