D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

sho’rlik deb
1 kg dengiz suvi tarkibida mavjud 
bo‘lgan barcha qattiq moddalarning promilleda (‰) ifodalanishiga aytiladi. Okean 
suvining o‘rtacha sho‘rligi 35‰ ga teng. Buni XX asrning ikkinchi yarmida ingliz 
kimyogari Ditmar tomonidan aniqlagan.
Dunyo okeani suvining sho‘rligi barcha kengliklarda bir xil emas. Masalan, 
ekvator atrofida 32-34‰. Shimoliy tropik kengliklarida 36‰, shimoliy qutbda 31-
32‰ va janubiy qutb kengliklarida 34‰ ni tashkil etadi. Yer yuzida 
eng sho’r suv 
O’lik dengizning suvidir. 
Uning o‘rtacha sho‘rligi 260‰ ga teng. Yog‘in miqdori 
ko‘p tushadigan, daryo suvlari ko‘p quyiladigan, muzliklar erib turadigan joylarda 
sho‘rlik kam bo‘ladi.


59 
Dunyo okeani yuzasi materiklar yuzasiga nisbatan Quyoshdan keladigan 
issiqlikning 2/3 qismini oladi. Bunga sabab uning maydonining katta ekanligidir. 
Ammo, okean yuzasida harorat bir xil taqsimlanmagan. Okean akvatoriyasida ham 
quruqlik yuzasidagiga o‘xshab harorat geografik kenglik bo‘ylab o‘zgarib boradi.
Dunyo okeanida termik ekvator (eng baland harorat chizig‘i) ekvatordan 
shimolroqda joylashgan. Bu yerda o‘rtacha yillik harorat 28ºC ga teng. 
Ekvatordan shimoliy va janubiy tropik kengliklarda o‘rtacha yillik harorat 20-25ºC 
ni tashkil etsa, shimoliy va janubiy qutblar kengliklarida o‘rtacha yillik harorat 
doimo 0ºC dan past. Okean yuzasidagi suvlarning o‘rtacha yillik harorati 17,5ºC, 
okean ustidagi havo harorati esa 14,4ºC ga teng. Shimoliy yarim sharda suv 
harorati materiklarning ta‘siri tufayli janubiy yarim shardagiga nisbatan yuqoriroq. 
Ayrim joylarda haroratning geografik kengliklarga bog‘liq holda taqsimlanish 
qonuniyatlari dengiz oqimlari, doimiy shamollar, materiklardan iliq suvlarning 
oqib kelishi ta‘sirida buziladi.
Okeandagi suvlarning harorati faqat goriznontal ravishda emas, balki 
chuqurlikka tushgan sari ham o‘zgaradi. Suvning yuza qatlamida harorat ancha tez 
pasayadi.chuqurlikka tushgan sari ancha sekinlashadi. Pastki qatlamida, ya‘ni 
3000-4000 m dan chuqurda harorat odatda +2ºC dan 0ºC gacha bo‘ladi. 
Dunyo okeanining qishi juda sovuq, uzoq davom etadigan Arktika va 
Antarktika kengliklaridagina muz hosil bo‘ladi. Xuddi shunday mo‘tadil 
mintaqalarda joylashgan ba‘zi bir sayoz dengizlar ham muzlaydi. Okeanlar 
maydonining 15% ga yaqin qismi yoki 26 mln. km
2
akvatoriyasi muz bilan 
qoplanadi.
Okeandagi muzlar saqlanish muddatiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin