CyrToLat&LatToCyr 2002


-bob. KOMPYUTER TEXNIKASI VA UNING



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/102
tarix09.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#142266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
kompyuter texnologiyalari asoslari

1-bob. KOMPYUTER TEXNIKASI VA UNING 
TA‟MINOTLARI 
 
 
1.1. Kompyuter texnikasining paydo bo„lishi va 
rivojlanishidagi asosiy bosqichlar 
Axborot texnologiyalarining paydo bo‗lish tarixi qadimgi 
zamonlarga borib taqalgan bo‗lib, uning birinchi bosqichida 
hisoblash amallarini bajarish uchun oddiy tayoqchalar va 
toshlardan foydalanilgan. 
1617-yilda ixtiro qilingan Jon Neperning logarifmik prin-
sipda ishlovchi tayoqchasi hisoblash amallarini bajarishni 
yengillashtirishda muhim qadamlardan sanaladi. 
Keyinchalik Genri Briggs birinchi marotaba o‗nlik logarifmlar 
jadvalini tuzdi. Bu jadval yordamida hisoblash amallarini bajarish 
birmuncha osonlashdi. 1851–1854-yillar orasida fransuz Amedey 
Mannxeym logarifmik lineykani ixtiro qildi. Undan 20-asrning 
o‗rtalarigacha, ya‘ni elektr toki yordamida ishlovchi arifmo-
metrlar paydo bo‗lguniga qadar analitik hisoblarni bajarishda 
foydalanib kelindi.
Sonlarning yig‗indisini hisoblash imkoniyatiga ega bo‗lgan
birinchi mexanik mashina 1642-yilda fransuz fizik olimi Blez 
Paskal tomonidan yaratildi. 1673-yilda nemis olimi Gotfrid
Vilgelm Leybnits esa mexanik hisoblagichni ixtiro qildi. Bu 
mashina avvalgilariga qaraganda ancha mukammal bo‗lib,
ikkilik sanoq sistemasida qo‗shish, ayirish, ko‗paytirish, bo‗lish 
va kvadrat ildiz chiqarish amallarini bajara olardi.
1822-yilda ingliz matematigi Charlz Bebbidjning dastur 
yordamida boshqariladigan analitik mashina loyihasi hisoblash 
mashinalarining yaratilishida muhim qadamlardan biri bo‗ldi.
Ammo o‗sha davrlarda texnik imkoniyatlar chegaralanganligi 
tufayli Bebbidj o‗z loyihasini to‗liq amalga oshira olmadi. 
Keyinchalik mazkur loyiha hisoblash mashinalarining yaratili-
shida asosiy tamoyil bo‗lib xizmat qildi. 



XIX asrning 80-yillari oxirida AQSHlik German Xollerit 
perfokartaga tushirilgan ma‘lumotlarga avtomatik ishlov beruv-
chi statistik tabulyator yaratdi. Bunday tabulyatorlarning yarati-
lishi raqamli analitik hisoblash mashinalarining yangi sinfini 
ishlab chiqarishda ilk qadam bo‗ldi.
Ch.Bebbidj va G.Xolleritlarning ixtirolaridagi g‗oyalarga 
asoslangan holda Garvard universitetining professori Govard 
Eyken 1937–1943-yillar davomida elektromagnit rele asosida 
ishlovchi «MARK-1» hisoblash mashinasini ixtiro qildi.
Taxminan shu vaqtning o‗zida AQSHda taniqli matematik 
Jon fon Neyman ishtirokida Pensilvan universitetining xodimlari 
Jon Mochli va Prosper Ekkertlar tomonidan hisoblash mashina-
sini elektron lampalar yordamida amalga oshirish mumkin-
ligining nazariy va texnik asoslari yaratildi. Bunday hamkorlik 
natijasida 1946-yilda dunyoda birinchi elektron hisoblash 
mashinasi — ENIAC yaratildi. Bu hisoblash mashinasi 18 ming
elektron lampadan tashkil topgan bo‗lib, 150 kW elektr 
energiyasini sarf qilardi. Ish jarayonida Jon fon Neyman 1945- 
yilda hisoblash texnikasining rivojlanishida muhim ilmiy 
hujjatlardan biri bo‗lgan o‗zining maqolasini chop etgan bo‗lib, 
unda yangi avlod universal hisoblash mashinalari qurilmalari-
ning funksional vazifalari va ishlash prinsiplari asoslab berilgan 
edi. Bu ixtiro birinchi avlod hisoblash mashinalari, ya‘ni 
kompyuterlarning yaratilishidagi dastlabki qadam bo‗lgan.
Tranzistorlarning vujudga kelishi va ularning hisoblash 
texnikasida qo‗llanishi ikkinchi avlod hisoblash mashinalari
uchun asosiy mezon bo‗ldi. Elektron lampalar o‗rnini tranzis-
torlar egallashi natijasida kompyuterlarning tezligi va ishonch-
lilik darajasi oshdi, shuningdek, qurilmalarning hajmi ixcham-
lashib, imkoniyatlari kengaydi.
1958-yilda 
AQSHlik 
Jek 
Kilbi 
tomonidan 
bitta 
yarimo‗tkazgichli plastinada bir nechta tranzistorni hosil qilish 
imkoniyati yaratildi. 1959-yilda Robert Noys (INTEL firmasi-
ning asoschisi) esa shunday plastinadagi tranzistorlarni ma‘lum 
sxema bo‗yicha 
ulash 
usullarini 
ixtiro qildi. 
Bunday 



ko‗rinishdagi elektron sxemalar 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin