Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
12 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
So’z birikmasi va sintagma. Sintagma fonеtik hodisa bo’lib, unda ikki so’z 
o’zaro birikkanda mazmun yеtakchi hisoblanmaydi, bitta mustaqil yoki bitta 
yordamchi so’z ham sintagmani tashkil etishi mumkin .Yoxud bir so’zning o’zi 
ham sintagma hisoblaniishi mumkin. So’z birikmasi esa eng kamida ikkita mustaqil 
So’zdan iborat bo’ladi. 
So’z birikmasi va gap. Gap fikr, tasdiq yoki inkor hukmni bildirib, 
tugallangan ohang bilan aytiladi: Ko’cha katta. So’z birikmasi esa atash ohangi 
bilan aytiladi: katta ko’cha. Gap bitta so’zdan ham iborat bo’lishi mumkin va u 
kеsimlik qo’shimchalari bilan shakllangan bo’ladi, so’z birikmasi esa har doim eng 
kamida Ikkita mustaqil so’zdan iborat bo’ladi: Bahor (gap). Atrof yam- yashil 
libosga (so’z birikmasi) burkangan. Shu xususiyatlari bilan ular o’zaro farqlanadi. 
Tobelanish 
— tobe sintaktik munosabatda boʻlish; soʻz birikmasi yoki gap 
tarkibidagi soʻzlarning oʻzaro teng boʻlmagan, sintaktik jihatdan biri ikkinchisiga 
boʻysunuvchi munosabati. Sintaktik
jihatdan biri ikkichisiga boʻysunadigan, biri ikkinchisiga tobe boʻlgan birliklar 
orasida tobe aloqa mavjud boʻladi. Tobe aloqada bir uzv ikkinchisiga nisbatan 
tobe, ikkinchisi esa unga nisbatan hokim vaziyatda boʻladi. Mas: aniqlovchi — 
aniqlanmish, toʻldiruvchi — kesim, ega — kesim aloqalari tobe aloqadir: goʻzal 
hayot, hunarni sevmoq, dalalar yashnamoqda kabi. Ega — kesim munosabatida 
hokim qism, qolgan turdagi birikuvlarda esa tobe qism oldin keladi. Tobe 
aloqaning 3 xil turi bor: boshqaruv, moslashuv, bitishuv. Boshqaruv
Bitishuv. Hokim va tobe so‘zlarning o‘zaro so‘z tartibi hamda ohang 
yordamida birikishiga bitishuv deyiladi. Bitishuv yo‘li bilan bog‘lanish sifatlovchi-
sifatlanmish (yangi libos ), izohlovchi-izohlanmish (shoir Erkin Vohidov ),qisman 
hol-hollanmish (to‘satdan uchrab qolmoq ) munosabatidagi birikmalarga xos 
bo‘lib, uning qismlari ifoda materialiga 
Ko‘ra turlicha bo‘ladi: 
sifat + ot:ziyrak bola, yam-yashil dala; 
ot + ot:temir darvoza, oltin kuz; 
son + ot:besh kishi, o‘n tup ko‘chat; 
olmosh + ot:barcha xalqlar, shu yo‘l; 
sifatdosh + ot:sinalgan odam, aytilgan so‘z; 
ravish + ot:mo‘l hosil, ko‘p xususiyatlar; 
taqlid so‘z + ot:g‘ir-g‘ir shabada, tars-turs ovozlar; 
ravish + fe’l:tez yurmoq, erta kelmoq; 
ravishdosh + fe’l:o‘ylab gapirmoq, quvonib aytmoq; 
taqlid so‘z + fe’l:duv-duv to‘kilmoq, gir-gir aylanmoq. Moslashuv. 
O‘zbek tilida qaratqich va qaralmishning aloqasi bog‘lanishning alohida turini 
tashkil qiladi. Bunda so‘zlardan birini hokim,birini tobe deb qarash qiyin, chunki 
qaralmishning talabi bilan qaratuvchi bo‘lak qaratqich kelishigi shaklini oladi, o‘z 
navbatida, qaratuvchining talabiga ko‘ra qaralmish egalik affiksini qabul 
qiladi:bolalarning quvonchi, mening kitobim, sening daftaring, ularning vazifasi 
kabi. Bunda munosabatdorlik (o‘zaro hokimlik, tobelik) kuzatiladi. Bunda 



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin