Cisco packet tracer simulatsion muhiti bilan tanishish va tarmoq qurilmalari xavfsizligining tahlili



Yüklə 0,79 Mb.
tarix20.01.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#79897
Cisco packet tracer simulatsion muhiti bilan tanishish va tarmoq


1-LABORATORIYA ISHI
CISCO PACKET TRACER SIMULATSION MUHITI BILAN TANISHISH VA TARMOQ QURILMALARI XAVFSIZLIGINING TAHLILI
Ishdan maqsad: Cisco Packet Tracer (CPT) dasturini kompyuterga o`rnatish; CPT simulatsion muhiti bilan tanishish; tarmoq qurilmalari xavfsizligining analizi haqqida nazariy bilimga ega bo`lish; CPT dasturida oddiy tarmoq qurish.
Nazariy qism
Cisco Packet Tracer (CPT) dasturi yoki simulatsion muhiti oddiy tarmoqdan boshlab eng murakkab tarmoqlarni qurish uchun ixtisoslashtirilgan dastur bo'lib xisoblanadi.
Cisco Systems tomonidan ishlab chiqarilgan ma'lumotlar tarmog'i simulyatori bo`lib ishlaydigan tarmoq modellarini yaratishga, (Cisco IOS buyruqlaridan foydalangan holda) yo'riqnoma va kalitlarni sozlash, bir nechta foydalanuvchilar o'rtasida (bulut orqali) o'zaro aloqada bo'lishga imkon beradi.
Simulyator Cisco 800, 1800, 1900, 2600, 2800, 2900 seriyali routerlarni va Cisco Catalyst 2950, 2960, 3560 kalitlarini hamda ASA 5505 xavfsizlik devorini amalga oshiradi Simsiz qurilmalar Linksys WRT300N yo'riqnoma, kirish nuqtalari va uyali minoralar bilan namoyish etiladi. Bundan tashqari, DHCP, HTTP, TFTP, FTP, DNS, AAA, SYSLOG, NTP va EMAIL serverlari, ish stantsiyalari, kompyuterlar va routerlar uchun turli xil modullar, IP-telefonlar, smartfonlar, hublar va WAN-ga taqlid qiluvchi bulut mavjud. Tarmoq qurilmalari har xil turdagi kabellar yordamida bir-biriga bog'lanishi mumkin, masalan oldinga va orqaga patch simlari, optik va koaksiyal kabellar, ketma-ket kabellar va telefon juftlari.


Laboratoriya ishining bajarilish tartibi

Cisco Packet Tracer (CPT) dasturini kompyuterimizga órnatamiz. Buning uchun kompyutermizga tóǵri keladigan variantini tanlab quyidagi rasmlarda ko’rsatilgandek ketma-ketlikda órnatamiz:



Yuqorida ko`satilgan rasmdagidek o`zimizning kompyuterimiz xarakteristikalariga asoslanib CPT dasturini o`natamiz.

Bu boshqichda Cisco packet tracer dasturiy taminoti o`rnatish processi boshlanadi. Yuqorida rasmda ko`satilganidek bosqichma-bosqich amallarni qilamiz. Yuqorida ko`rsatilgan rasmda dastlab “I accept the agreement” ga bosib keyin “Next” ga bosamiz.

Keyingi bosqichda Cisco packet tracer dasturining o`rnatilish papkasini ko`rsatamiz. Bu boshqichda dastur papkani standart turda o`zi tanlaydi.


Yuqorida ko`rsatilgan rasmdagidek qilib “Next” ga bosib keying bosqichga o`tamiz.

Bu bosqichda “Install” ga bosib Cisco packet tracer dasturi o`rnatilishiga ruhsat beramiz. Bu bosqichdan song Cisco packet tracer dasturi kompyuterimizga o`natiladi.



Finish ni bosganimizdan keyin Cisco Packet Tracer (CPT) dasturi ishga tushadi:

Yuqorida ko`satilgan rasmda Cisco packet tracer dasturining ish maydni ko`rsatilgan. Keyingi bosqichda kompyuterlar o`rtasida aloqa o`rnatamiz, buning uchun dastlab kompyuterlarni olib ularni bir-biri bilan aloqa kabeli orqali ulab chiqamiz:

Keyingi qadamda kompyuterlarga IP addreslarni kiritamiz, buning uchun kompyuterga sichqonchaning chap tugmasini bosamiz va “Desktop” bo`limidan “IP configurations” tanlanadi:

Keyingi bosqichda IP addres boélimiga 192.168.1.1 va Subnet mask bo`limiga 255.255.255.0 qilib sozlamalar kiritamiz:

Ikkinchi kompyuterga 192.168.1.2 va 255.255.255.0 IP addresini kiritamiz:

Keyingi bosqichda kompyuterlar ortasida aloqani tekshirish uchun ping komandasini kiritamiz. Buning uchun pc1 kompyuteriga kirib “Desktop” bo`limidan “Command Prompt” ni ochamiz va “ping 192.168.1.1” komandasini kiritamiz:



Yuqoridagi rasmda ko`rinib turganidek kompyuterlar o`rtasida xabar uzatish jarayoni omadli bo`ldi. Xabarlar kommutatsiyasi bo`lishi uchun yuboruvchu kompyuterdan qabul qiluvchi kompyuter IP addresi terip yuboriladi.


Topshiriq



  1. Cisco Packet Tracer (CPT) dasturini kompyuterga órnatish

  2. Cisco Packet Tracer (CPT) dasturi bilan tanishish

  3. CPT dasturida bir nechta kompyuterlar bilan aloqa o`rnatish



Nazorat savollari



  1. Cisco Packet Tracer (CPT) dasturi nima uchun kerak?

  2. Aloqa nima?

  3. Aloqa kabellari turlarini keltiring?

  4. IP address nima?

  5. IP address sinflarini keltiring?

  6. Tarmoq nima?

  7. Topologiya nima?

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin