Andijon mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik fakulteti AT yo’nalishi K 01-20 guruh talabasi Olimov Tursunboyning Yo’l harakati qoidalari va avtomobilni amaliy boshqarish fanidan Qayta o‘zlashtirish
Chorrahalarda harakatlanish tartibi
Reja:
Tartibga solingan chorrahalar
Tartibga solinmagan chorrahalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
TARTIBGA SOLINGAN CHORRAHALAR
Chorraha yo`llarning bir satxda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi bo`lib, bu yerda harakatlanish tartibga solingan yoki tartibga solinmagan bo`lishi mumkin.
Yondosh hududlarning asosiy yo`lga qo`shilgan joylari chorraha hisoblanmaydi.
1. Chapga yoki o`ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo`lning qatnov qismidan o`tayotgan piyodalarga, shuningdek velosiped yo`lkasidan yo`lni kesib o`tayotgan velosipedchilarga yo`l berishi kerak.
Trayektoriya o`zgartirayotgan haydovchi trayektoriya o`zgartirmayotgan transport vositalari va piyodalarga yo`l beradi. Qarama-qarshi yo`nalishda bir vaqtda trayektoriya o`zgartiriladigan bo`lsa, o`ng tarafdagi transport vositasi imtiyozga ega.

2. Tirbandlik tufayli to`xtashga majbur bo`lgan haydovchi, agar u ko`ndalang yo`nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to`sqinlik tug`diradigan bo`lsa, uning chorraha yoki qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi.
3. Miltillovchi sariq ishorada, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo`lmagan chorrahalarda haydovchilar tartibga solinmaydigan chorrahalardan o`tish qoidalariga, chorrahada o`rnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart.

Chorrahadagi harakatlanish navbatini svetofor yoki tartibga soluvchi belgilaydigan bo`lsa, bunday chorraha tartibga solingan chorraha hisoblanadi.