Choʻlponning adabiy –tanqidiy maqolalarini oʻqib oʻrganish



Yüklə 7,19 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü7,19 Kb.
#199182
8-AMALIY AD N

MAVZU: BADIIY ASAR TILINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

BADIIY ASAR tilining o‘ziga xosligi

  • Insonni koinot gultoji darajasiga yuksaltirgan so‘z adabiybadiiy
  • asar maydonga kelishining asosidir. Chunki har qanday
  • adabiy-badiiy asar faqat so‘z tufayligina dunyoga keladi. Bu
  • abadiy o‘zgarmas haqiqatdir. So‘z xuddi havo singari hamma
  • uchun zaruriy ehtiyojdir. So‘z yana shu jihatiga ko‘ra havoga
  • o‘xshaydiki,
  • undan hamma bemalol, istaganicha foydalanaveradi.
  • Chunki so‘z hech kimning mulki, tasarrufidagi jihoz-buyum emas.

Adabiy-badiiy asarda so‘z qo‘llanishi, shoir, adibning

  • Adabiy-badiiy asarda so‘z qo‘llanishi, shoir, adibning
  • so‘zdan foydalanishi, badiiy mahorati haqida mulohaza
  • bildirilganda “badiiy asar tili” iborasi qo‘llanadi. Jumladan,
  • tadqiqotlarda “badiiy asar tili badiiy asar mazmunini ro‘yobga
  • chiqaruvchi birdan bir vositadir”, deyiladi. Badiiy asar tili esa
  • darslik va qo‘llanmalarda qayd qilinganidek, umumxalq tiliga
  • asoslangan, hamma uchun tushunarli ifodalarni qamrab olgan,
  • ijodkorlar adabiy til me’yorlariga tayanadigan, tomonidan jilolangan
  • tildir. U mana shu xususiyatlariga ko‘ra, g‘oyaviy va
  • hissiy (emotsional) ta’sir ko‘rsatishning eng samarali vositasidir.
  • Ayni chog‘da, badiiy til kishilar o‘rtasida barcha uchun tushunarli
  • bo‘lgan eng ommabop aloqa qurolidir. Yozuvchi, shoir
  • badiiy asar yozish – obraz va manzaralar chizish uchun so‘z va
  • iboralar tanlaydi, ularning asl va ko‘chma ma’nolarini aniqlaydi,
  • sinonim va antonimlarni topadi, umumxalq tilining gap qurilishi
  • usullaridan, arxaizm va jargonlardan foydalanadi. Shuning uchun
  • “adabiyot – hayotni so‘z orqali tasvirlash san’ati” deyiladi.

Badiiy asa tili va adabiy til

  • Badiiy asar tili bilan adabiy til o‘rtasida muayyan tafovut
  • mavjud. Ular aynan bir hodisa emas. Badiiy asar tili adabiy tilga
  • nisbatan keng hodisadir. Chunki adabiy-badiiy asarlar tilida
  • adabiy tilning o‘zi ham, sheva, kasb-hunar, jargonga oid so‘zlar
  • ham, tasviriy ifodalar, turli iboralar ham aks etadi. Adabiy til
  • esa me’yoriy grammatika qoidalariga asoslangan, umumiy
  • talaffuz qoidalariga ega bo‘lgan va shu asosda xalq jonli tilidagi
  • har xilliklarni bir xillashtirgan tildir. Shu boisdan o‘quv-ta’lim
  • ishlari, rasmiy ish qog‘ozlari, ilm-fan, publitsistika, matbuot
  • adabiy tilda olib boriladi. Adabiy til ham millat madaniyatining
  • o‘ziga xos bir ko‘rinishidir. Biroq badiiy asar tili ham, adabiy til
  • ham umumxalq tiliga asoslanadi. Umumxalq tili adabiy tilning
  • ham, badiiy asarlar tilining ham tub asosidir.

Yirik rus filolog olimi G.Vinokur badiiy til haqida

  • “ Badiiy til deganda badiiy asarlar yozishda ishlatiladigan til tushuniladi. Ma’lumki,
  • badiiy asarlar yozishda qandaydir alohida tildan emas, balki kundalik muloqotdagi kabi milliy til unsurlaridan foydalaniladi. Avvalo, kundalik muloqot tili ham, badiiy til ham informatsiya yetkazish va informatsiya olishga xizmat qiladi. Biroq bu ikkisi yetkazayotgan informatsiyaning tabiati turlicha: kundalik muloqot tili oddiy informatsiya yetkazsa, badiiy til badiiy informatsiyani yetkazadi. Badiiy til yetkazayotgan informatsiya –obrazli informatsiya, zero, uning vositasida san’atkor tasavvurida yaralgan obraz moddiylashadi. Badiiy obraz esa voqelikning konkret his etiladigan, o‘quvchi ongida qayta jonlanadigan ijodiy aksidir. Tilning ilmiy, rasmiy va h.k. funksional uslublarida yetkazilgan informatsiya tushuncha sifatida, badiiy informatsiya esa konkret obraz tarzida qabul qilinadi; obraz san’atkor qalbida ijodiy qayta ishlangani bois hamisha hissiyotga yo‘g‘rilgandir. Shunga ko‘ra, badiiy tilning eng muhim belgilovchi (spetsifik) xususiyatlari obrazlilik (tasviriylik) va emotsionallikdir”.

Tarixiy mavzudagi asarlarda badiiy til

  • Odil Yoqubov “Ulug‘bek xazinasi” romanida tarixiy haqiqatni ta’sirchan gavdalantirish,
  • o‘sha davr kishilarining ma’naviy-ma’rifiy olamini aniq ko‘rsatish uchun qahramonlarini mana bu tarzda so‘zlatadi: “Eshik ochilib Ali Qushchining xayoli bo‘lindi. Ichkaridan shayxulislom Burhoniddinning tanish ingichka ovozi chiyillab
  • eshitildi:
  • – As salotin zillalohu fil-arz! Onhazratlari shar’iy sultonimiz
  • erur! Bas! Sultonimizning farmoni oliylari barchamiz uchun
  • amri vojibdur!
  • Uning ovozini bosib, g‘ala-g‘ovur ko‘tarilgan edi, ustodning
  • xiyol bo‘g‘iq, o‘ktam ovozi yangradi:
  • – Bas! Farmoni Humoyun amri vojibdur! Amir Sultonshoh
  • barlos! Siz otliq hirovul bilan darhol yo‘lga chiqqaysiz!.. Amir
  • Sulton Jondor tarxon! Siz barong‘or suvoriylari bilan hirovul
  • qo‘shinlarining ortidan yurgaysiz. Nasib bo‘lsa, dovonda uchrashurmiz.
  • Maslahatlar uchun tashakkur. Mashvarat tamom!”

Muallif obrazi badiiy asar matnida anglashilib turadigan

  • Muallif obrazi badiiy asar matnida anglashilib turadigan
  • ijodkor shaxsidir. Muallif shaxsi asar badiiy voqeligiga singib
  • ketadi. Chunki badiiy voqelik ijodkor ko‘rib kuzatgan va u
  • ideal asosida ijodiy qayta yaratgan voqelikdir. O‘quvchi asarda
  • tasvirlangan voqelikni muallif orqali “ko‘radi”, “eshitadi” va
  • “his qiladi”. Muallifning o‘zi qalamga olgan voqelikka g‘oyaviyhissiy
  • munosabati o‘quvchi, tinglovchiga, albatta, ta’sir qiladi.
  • O‘quvchi muallifning qarashlarini ma’qullashi yoki uni inkor
  • etishi mumkin.

Yüklə 7,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin