Central asian research journal for interdisciplinary studies (carjis)


CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix02.06.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#60431
1   2   3   4   5   6
atamalar-haqida-umumiy-ma-lumot

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) 
Google Scholar 
ISSN:2181-2454 
www.carjis.org
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2021 
Tashkent, Uzbekistan 266 E-mail: carjisor@carjis.org 
qurollarni ixtiro qilgach, uzoq masofadan jang qilgan tomon g‗alabasi shubhasiz 
bo‗lib qoldi. Bu hol Yevropada o‗rta asrlarda mushket miltiqlarining ixtirosi bilan 
bog‗liq. Mushket miltiqlar ixtirosi og‗ir bo‗lgan qilichlardan voz kechilishiga sabab 
bo‗ldi. Ularning o‗rnini turli funksiyalarni bajaruvchi qilichlar egallay boshladi. Rus 
tilida ―sablya‖ deb ataluvchi qurolni ko‗pchilik tarjimon tilshunoslar ―shamshir‖ deb 
tarjima qilishgan bo‗lsalar, ―rapira‖ va ―shpaga‖ qurollarini tarjima qilishmagan. 
Xo‗sh, nega ―shpaga‖ tarjima qilinmoqda-ku, ―rapira‖ va ―shpaga‖ni o‗zbek tiliga 
o‗girishmagan? Hatto ayrim holatlarda aytib o‗tganimizdek, ―rapira‖ni ―qilich‖ deb 
tarjima qilishdi. Qilich bilan shamshirning farqi nima? Bunga turli tarixiy manbaalar 
har xil ta‘rif berishgan. Shaxsan men o‗z izlanishlarim natijasida shunday xulosaga 
keldimki, bu so‗zlarning faqri yo‗q. Shunchaki o‗zbek leksemasiga ―qilich‖ turkiy, 
―shamshir‖ forsiy tildan kelgan.Ularning jang vaqtida bajaradigan vazifasi bir xil. 
Lekin qilichbozlikdagi qurollar bundan mustasno.
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Shamshir garchi arab-fors tilidan kirib kelgan bo‗lsa ham, qilichga qaraganda 
farqli. Ularning tuzilishi yoysimon bo‗ladi va vazifasi raqibning tanasini (qo‗pol qilib 
aytganda) so‗yish, tilish. Qilich esa to‗g‗ri chiziqda bo‗ladi uning vazifasi raqibning 
tanasiga sanchilish. Shunday ham deylik, unda nega Amir Temur davrida mashg‗ur 
bo‗lgan qurol ―Bag‗dod qilichi‖ deyiladi, ―Bag‗dod shamshiri‖ emas? Axir 
ta‘riflanishicha, ―Bag‗dod qilichlari‖ egiluvchanlik xususiyatiga ega-ku! Yana qilich 
turlarining original atalishi va tarixiga qaytsak. Ta‘riflanganidek, sablya quroli 
raqibning tanasini tilish, so‗yish uchun ishlatiladi. Qadimda bu qaroldan asosan otliq 
qo‗shin foydalangan. Shpaga esa sanchish xususiyatiga ega. Bu qurolda 
sablyadagidek yon tomonlari uchli bo‗lmaydi. Faqat uchi o‗tkir bo‗ladi xolos. Jang 
vaqtida raqib tanasiga chuqur zarba berib sanchish asosiy maqsad. Qilichbozlik 
sportida shpaga yordamida raqibning bosh miyasidan tashqari istalgan nuqtasiga 
zarba bersa ochko beriladi. Bu qurol yordamida asosan duellarda ko‗p qo‗llanilgan. 
Rapira esa qilichbozlikdagi klassik yo‗nalishdir. Unda jang qilish ancha murakkab. 
Sababi unda faqatgina raqibning gavda qismiga zarba bersagina ochko yoziladi. Bu 
qilich tuzilishini solishtirsak, shpaga bilan deyarli farq qilmasligiga guvoh bo‗lamiz. 
Qilichbozlik sportida rasmiy til uslubi fransuz tilidir. Musobaqalarning rasmiy 
protokollari ham, jang vaqtida qo‗llaniladigan atamalar, gaplar ham fransuz tilida 
amalga oshiriladi. Sablya quroli fransuz tilida ―sabre‖, shpaga quroli ―epee‖ va rapira 
―foil‖ deb ataladi. Ingliz jurnalistlari bu atamalarni o‗z tillariga tarjima qilishmagan, 
talaffuzlariga moslashtirib olishgan xolos. Ruslar esa o‗z izlanishlari natijasida 
tarjima qilishgan. Bizning tilshunos olimlarimiz ham, bu atamalarni o‗zbek tiliga 



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin