Carl Gustav Jung



Yüklə 30,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü30,76 Kb.
#209969
1   2   3
Carl Jung - Vikipediya

Soya/Sharpa (arxetip)
— shaxsiyatning
bosim ostiga olingan, shunday ekan
nomaʼlum jihatlari boʻlib, ular asosan
salbiy ahamiyat kasb etadi.
Oʻzlik (Men) (arxetip)
— shaxsdagi
individuatsiya jarayonini nazorat qiluvchi
markaziy ustqurma konsepsiya boʻlib, u
erkaklik va ayollik tamoyillari birligi,
yaxlitlik va umumiylik hisoblanmish
mandalalar oʻzlik (Men) ning timsoli
hisoblanadi. Jung uni psixikaning
markaziy arxetipi deb hisoblagan.
Sinxroniklik
— hodisalarning tartibsiz va
tizimsiz sodir boʻlishiga javobgar boʻlgan


akauzal (sababiyat qonunlaridan
tashqaridagi) tamoyil.
[7]
Kollektiv ongsizlik
Psixoanalitik nazariyaning yaratilishi bilan
individlarning shaxsiy ong osti sohalar
mavjudligi umum qabul qilingan qarashga
aylana bordi. Bu qarash ham Freyd, ham
Jung tomonidan ommalashtirilgan.
Individning shaxsiy ongosti oʻsha individ
tomonidan oʻtmishda qachondir his
qilingan yoki tajribadan oʻtkazilgan, biroq
vaqt oʻtishi bilan bosilgan va unutilgan,
yoki repressiya qilingan oʻy-fikrlari va
hissiyotlaridan iboratdir. Jamoaviy
ongsizlik, yoki jamoaviy ong ostida


toʻplangan elementlar esa individning
hayoti davomida toʻplanmaydi va unda
mavjud narsalar oʻylar, xotiralar yoki
gʻoyalar kabi individga umri davomida
ongli ravishda ayon ham boʻlmaydi. Uning
tarkibiy qismlari hech qachon jismoniy
yoki kognitiv tajriba asosida „bilinmagan“
va butkul unutilgandir.
Jamoaviy ongsizlik sohasi boshqa
hayvon turlarida mavjud boʻlmagan va
barcha insonlarga xos boʻlgan universal
irsiy elementlardan iborat boʻladi. Mazkur
hodisa evolyutsionar biologiya,
sivilizatsiyalar tarixi, etnologiya, miya va
asab tizimi rivojlanishi va umumiy
psixologik rivojlanish kabi fan sohalari


doirasida oʻrganiladi. Amaliy fiziologik va
psixologik jihatdan uni Carl Jung
„faqatgina ikkilamchi darajada
anglanganlik sohasiga chiquvchi va
muayyan psixika tarkibiy qismlariga aniq
shakl va shamoyil beruvchi ibtidoiy va
universal mavjud boʻlgan shakllar —
arxetiplardan iborat boʻlgan soha“
[8]
deb
ataydi.
1. 
Darowski, Emily; Darowski, Joseph (1-iyun
2016-yil). „Carl Jungʻs Historic Place in
Psychology and Continuing Influence in
Narrative Studies and American Popular
Culture“. Swiss American Historical
Society Review. 
52
 (2). ISSN 0883-4814
Manbalar

Yüklə 30,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin