131
yoki «yo’q» deb javob berilishi mumkin;
–
to’ldiruvchi
(ochiq) –
qiziqtiradigan hodisa va obyektlarning yangi
xususiyatlari va sifatlarini aniqlashtirishga yo’naltirilgan savollar. Bu
savollarning grammatik belgisi bo’lib,
nima,
qachon,
qaerda, qanday, nima
uchun
va shu kabi so’rov so’zlarning mavjudligi
hisoblanadi.
«Past ovoz bilan muhokama qilish» tartibi.
Mazkur metodika
kichik
guruhlarda yopiq diskussiya o’tkazishni nazarda tutadi. So’ng kichik guruh
etakchisi tomonidan guruh fikri bayon etiladi va bu fikrlar barcha qatnashchilar
tomonidan muhokama qilinib, umumiy diskussiya amalga oshiriladi.
«Labirint» usuli.
Diskussiyaning bu turini izchil muhokama
metodi deb ham
ataydilar. Bu metod o’ziga xos bosqichma-bosqich tartibini ifodalab, har bir
keyingi bosqich boshqa ishtirokchi tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadi.
Bu holatda barcha fikrlar, shu jumladan noto’g’ri fikrlar ham muhokama qilinadi.
«Estafeta» usuli.
O’z chiqishini yakunlayotgan ishtirokchi so’z
navbatini
o’zi lozim topgan tinglovchiga berishi mumkin.
Diskussiya o’tkazishning samaradorligi quyidagi omillarga bog’liq:
– tinglovchilarning muammo yuzasidan tayyorgarligi (xabardor-lik va
bilimga egalik);
– semantik birxillik (barcha atamalar, ta’riflar, tushuncha va boshqalar
barcha ishtirokchilar tomonidan bir xil tushunilgan bo’lishi shart);
– ishtirokchilarning odob saqlashi;
– o’qituvchining diskussiyani amalga oshirish mahorati.
Dostları ilə paylaş: