Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 116,5 Kb.
səhifə1/5
tarix08.05.2023
ölçüsü116,5 Kb.
#109351
  1   2   3   4   5
Muqobil energiya 2021 magistr


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI



TASDIQLAYMAN”
Buxoro davlat universitetining
Pedagogika instituti direktori
_____________M.I. Daminov
20__ yil “____” _________


MUQOBIL ENERGIYA
fanining
O‘QUV DASTURI


Bilim sohasi:

100000

Ta’lim

Ta’lim sohasi:

110000

Ta’lim

Mutaxassislik:

70112301

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim)



Buxoro – 2021

Fan/modul kodi
ME2204

O‘quv yili
2021-2022

Semestr
2

ECTS – Kreditlar
4

Fan/modul turi
Tanlov fani

Ta’lim tili
Ozbek

Haftadagi dars soatlari
4

1

Fan nomi

Auditoriya
Mashg‘ulotlari
(soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Muqobil energiya

48

72

120

2

I. Fanning mazmuni
Fanni oqitishdan maqsad - bolajak mutaxassis o‘qituvchilarda muqobil (qayta tiklanuvchi) energiya, muqobil energiya manbalari va qurilmalari, energiya tejamkor texnologiyalar, muqobil energiyadan foydalanishning ekologiya va atrof muhit sofligini saqlashdagi ahamiyati, muqobil energiyaga oid ta’lim jarayonini rivojlantirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirish.
Fanning vazifasita’lim oluvchilarda muqobil energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlari, sohada olib borilayotgan tadqiqotlar, respublikamizda muqobil energiya manabalari qurilmalaridan xalq xo‘jaligida foydalanish, qurilmalarni loyihalash va hisoblash malakasini hosil qilishdir.



Mashg‘ulot turi

Ajratilgan soat

Semestr

II

Nazariy (ma’ruza)

24

24

Amaliy mashg‘ulot

24

24

Jami auditoriya soatlari

48

48

Mustaqil ta’lim

72

72

Umumiy oʻquv soatlari

120

120



II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
2.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
Kirish. Dunyodagi energetik muammolar.
Dunyodagi energetik muammolar. Energetik muammolarning ekologik muammolar bilan uyg‘unligi. Energetik muammolarning yechish yo‘llari. Energiyadan oqilona foydalanishda muqobil energiya manbalarining ahamiyati.
Muqobil energiya manbalari va ularning turlari.
Muqobil energiya manbalari va ularning turlari haqida tushuncha. Ekologik toza energiya manbaalari. O‘zbekistonda energetika siyosati.
Quyosh energiyasidan foydalanish.
Quyosh energiyasidan foydalanish usullari. Quyosh energiyasini o‘lchash usullari. “Issiq qutti” ning tuzilishi va ishlash prinsipi.
Past haroratli quyosh qurilmalari.
Past haroratli quyosh suv chuchitgichlari. Energetika ta’minotida ishlatiladigan quyosh suv isitgichlari. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini quritishda foydalaniladigan quritgichlar. Quyosh issiqxonalari.
Yuqori haroratli quyosh qurilmalari.
Quyosh energiyasini to‘plash usullari. Quyosh oshxonalari. Quyosh pechlari.
Quyosh fotoelektrik tizimlari.
Quyosh fotoelektrik panellarining tuzilishi va ishlash jarayoni. Quyosh fotoelektrik panellaridan energiya ta’minotida foydalanish. Quyosh fotoelektrik panellarini o‘rnatish va loyihalash. Quyosh qurilmalarining sxemasi bilan tanishish.
Shamol energiyasi.
Shamol energiyasidan foydalanish imkoniyatlari. Shamol energiyasidan foydalanish qurilmalarining tuzilishi va ishlash jarayoni.
Suv energiyasidan foydalanish.
Oqar suv energiyasidan fooydalanish. Dengiz suvining to‘qin energiyasi. Dengiz suvining ko‘tarilish va qaytish energiyasi.
Geotermal energiya.
Geotermal energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlari. Geotermal energiydan foydalanishda jahon tajribasi. O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning mavjud imkoniyatlari.
Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish qurilmalari.
Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish qurilmalari. Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish qurilmalarining tuzilishi va ishlash jarayoni.
Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish va ekologiya.
Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarishda xomashyo turlari. Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish va ekologiya. Biogaz va bioo‘g‘it ishlab chiqarish uchun sanitariya va standart talablari.
Muqobil energiya manbalaridan foydalanishning ekologik va iqtisodiy samaradorligi.
Ishlab chiqariladigan energiyani nazorat qilishda elektr o‘lchov asboblarining qo‘llanilishi. Invertorlarning ishlash jarayoni. Iste’mol qilinadigan quvvatni nazorat qilish. Muqobil energiya manbalaridan foydalanishning ekologik va iqtisodiy samaradorligi. Ekologik samaradorlikni boshqa turdagi elektrostansiyalar bilan taqqoslash.
2.2. Ma’ruza mashg‘ulotlari mazmuni


Yüklə 116,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin