225
foydalanishning istiqbollari katta. Mazkur yo‘nalishga Sitorai Moxi Xossa va
Jo‘yzar sanatoriyalari, Olot tumanidagi shifobaxsh tuzli sihatgohlarni misol
keltirish mumkin [2]. Bundan tashqari, vohadagi ayrim quduq va buloqlar suvlari
va atrofidagi loydan (balchiq) mahalliy aholi turli kasalliklarni davolashda
foydalanib kelmoqda. Masalan, Romitan tumanidagi Xo‘ja Ubbon ziyoratgohidagi
quduq suvidan teri kasalliklari, Xo‘ja Zafarondagi quduqdan – gepatit, Yoqubi
Shayx avliyosining suvlari esa teridagi turli toshmalar chiqqanda davo hisoblanadi.
Shu bois, yaqin kelajakda bunday joylarda turistik infrastrukturani (mehmonxona,
xostellar qurish, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish muassasalari faoliyatini
yanada yaxshilash bugungi kunning dolzarb vazifasidir.
Dostları ilə paylaş: