Javob:1 noto‘g`ri.
2.Katta qismda asbob-uskunalar,kichik qismda material bo‘lishi kerak.
3. Stomatologik poliklinikada 3ta xirurg – stomatolog shtati ajratilgan. Xirurgik kabinetda 2ta kreslo bor va ish
2ta smenada tashkillashtirilgan. Birinchi smenada bemorlar sonining ko‘pligini xisobga olib 2ta oliy va birinchi
kategoriyali vrachlar, bitta xamshira va kichik tibbiy xodim ishlaydi, ikkinchi smenada bemorlar soni kamroq
shuning uchun 1yil oldin klinik ordinaturani tugatgan bitta vrach va kichik tibbiy xodim siz bitta xamshira
ishlaydi.
1. Smenalar bo‘yicha tibbiy xodimlar soni to‘g`ri rejalashtirilganmi?
2. SHtatlar jadvali Sog`liqni saqlash vazirligi qarori bo‘yicha tuzilganmi?
Javob: 1 noto‘g`ri
2.Xamshiralar shtati xar bir xirurg stomatologga bitta xamshira to‘g`ri keladi. Kichik tibbiy xodimlar shtati
bo‘yicha bitta vrachga bitta kichik tibbiy xodim to‘g`ri keladi.
4. Bemor poliklinikaga pastki jag` o‘ng tomonida o‘tkir og`riq borligiga shikoyat qilib keldi, og`riq kecha
kechqurun paydo bo‘lib kechasi keskin. Og`riq xurujsimon, o‘z – o‘zidan paydo bo‘ladi, uchlik nervini shoxlari
bo‘ylab tarqaladi. Bemor og`riq paydo bo‘lshini xech narsa bilan bog`lay olmaydi va aniq bir sababchi tishni
ko‘rsata olmaydi chunki og`riq tarqalgan xarakterga ega.
1. Tashxis qo‘yish uchun ma`lumotlar etarlimi?
2. Qanday tekshiruv usullarini o‘tkazish kerak?
Javob :1 to‘liq emas.
2.Tishlar xolatini ko‘rish,perkussiya,zondlash.Qo‘shimcha tekshiruv usuli-EOD va rentgenografiya.
5. Poliklinikaga 20 yoshli bemor, pastki jag` chap tomonda og`riqli shish borligiga, og`iz ochilishi qiyinlashuviga,
chaynash funktsiyasiin buzilishiga shikoyat qilib keldi. Anamnezidan bemor 2kun oldin yiqilib pastki jag` chap
tomondan jaroxat olgan va tibbiy yordamga 1chi marta murojaat etdi. Travmadan so‘ng pastki jag` chap tomonda
og`riq va og`izdan qon ketishi paydo bo‘lgan, bir qancha vaqtdan so‘ng jaroxat olgan soxada shish paydo bo‘lgan
va u kattalashgan.
1. Ob`ektiv tekshiruv qanday o‘tkaziladi?
2. Qaysi qo‘shimcha tekshirish usullarini o‘tkazish kerak?
Javob:1.Palpatsiya yordamida.
CHap pastki jag` fas va profil rentgenografiyasi.
3. Stomatologik poliklinikaga bemor pastki jag` o‘ng tomonda og`riq borligiga, shish paydo bo‘lishiga, tana
xaroratini 39gacha kg`tarilishiga, og`iz ochilishi chegaralanishiga, yutinishda og`riq borligiga shikoyat qilib
keldi.
1. Bemorni ko‘rishni qanday ketma – ketlikda o‘tkazish kerak?
Javob:1 sialografiya.
6. Stomatologik poliklinikaga bemor chap tomon quloq oldi so‘lak bezini sialodeniti yo‘llanma tashxisi bilan
murojaat qildi. Tashqi ko‘rinishida quloq oldi – chaynov soxasida shish borligi aniqlanadi. Bez chiqaruv
nayidan quyuq so‘lak ajralmoqda, lunj shilliq
qavati giperemiyalangan, shishgan.
1. Tashxisni aniqlashtirish uchun qanday qo‘shimcha tekshiruv usullarini o‘tkazish kerak.
7. Xirurg-stomatolog surunkali periodontit sababli yuqorigi chap tomon 7 tishni olgandan keyin tish katagidan
ko‘p miqdorda xavo pufaklari aralash qon ketishini aniqladi. Vrach katakcha chetlarini yaqinlashtirib salfetka
tishlatib qo‘ydi. Bir qancha vaqtdan keyin chap burun yo‘lidan qon ketishi paydo bo‘ldi va tez to‘xtadi. Vrach
bemorni jo‘natib og`izni antiseptik eritmalar bilan chayishni tavsiya qildi. Bir xaftadan so‘ng bemor qaytib keldi
va yuqori jag chap tomonini og`rishiga, olingan tish katagidan va chap burun yo‘lidan yiring oqishiga shikoyat
qildi. Bemor bo‘lim mudiri tomonidan ko‘rili tashxis qo‘yildi: ―chap tomon o‘tkir yiringli odontogen gaymoriti,
olingan tish tomondan gaymor bo‘shlig`ini perforatsiyasi‖.
1. Birinchi qatnovda vrach qaysi asoratga ahamiyat bermadi?
2. SHu soxada qaysi tekshiruv usullarini qo‘llashi kerak edi?
3. Ikkinchi qatnovda tashxis qo‘yish uchun qaysi tekshiruv usullari qo‘llanilishi kerak?
Javob: 1Gaymor bo‘shlig`i tubi perforatsiyasi.
2.Klinik ,rentgenologik.
3.Burun yondosh bo‘shliqlari rentgenografiyasi.
8. Bemor statsionarda quyidagi tashxis bilan davolanmoqda: «Surunkali odontogen gaymorit. YUqori o‘ng
tomon 7 tish soxasida oqma yo‘l». Bemorni bosh og`rishi va tish katakchasidan yiringli ajralmalar chiqishi
bezovtalaydi.
1. Radikal gaymorotomiya va oqma yo‘l plastikasi operatsiyasida mahalliy og`riqsizlantirishni qanday
usuli qo‘llanilishi kerak?
2. Siz qaysi anestetiklarni qo‘llar edingiz?
Javob:Maxalliy infiltratsion,infraorbital,tuberal,palatinal,shuningdek burunga boradigan shoxcha xam.
2.
lidokain,mepivikain,ultrakain va b.
9. Bemorga 432│ sohasida radikulyar kista sababli tsistoektomiya operatsiyasi o‘tkazilishi kerak. Rentgen
sur`atda 1.0 do 1.5 sm li aniq chegarali dumaloq shaklda hosila aniqlanadi. Pergament qirsillash simptomi
musbat.
1.mahalliy og`riqsizlantirishni qaysi turini qo‘llaysiz?
2.qaysi og`riqsizlantiruvchi preparatlarni qo‘llaysiz?
3.og`riqsizlantiruvchi moddaga adrenalin eritmasini qo‘shish shartmi, kerak bo‘lsa qanday
kontsentratsiyada va nisbatda?
Javob: 1.infraorbital,insizival.
2. lidokain,mepivikain,ultrakain va b.
3.Agarda anestetek tarkibida adrenalin bo‘lmasa unda 100ml anestetika 1ml adrenalin qo‘shiladi.
Dostları ilə paylaş: