joylashgan bo‘lsa tish toj qismi va ildiz separatsiyasi shu soha chegarasida qilinishi kerak (ko‘pincha yuqori
molyarlarning lunj ildizlari yoki pastki molyarlarning medial va distal ildizlari orasida).
Olingan tish katagiga va
tish bo‘yni suyagi yuzasiga biomaterial qo‘yiladi va ustidan tikib ko‘yiladi. Ildiz amputatsiyasi ham
gemisektsiya kabi ko‘rsatmalarga asoslanib o‘tkaziladi. Qoidasi bo‘yicha molyarlarning bir ildizi olib tashlanadi
ko‘pincha yuqori jag`da. Yuqori jag` alveolyar o‘sig`i ikkala yoki vestibulyar tomonidan bulajak osteotomiya
soxasini yopishi uchun burchaksimon yoki trapetsiyasimon laxtak ajratiladi
. Fissur bor yordamida ildiz
ajratiladi va ombur yordamida faqat rotatsion harakat bilan uni olib tashlanadi. Ildiz ajratishda va boshqa
manipulyatsiyalarda muzlatishdan foydalaniladi. Alohida hollarda ildiz bo‘lagi olinayotganda alveola oldingi
devorini pastki bo‘lagidan bir qismini olishga to‘g`ri keladi. Bo‘sh alveolani iloji boricha biomateriallar-
gidroksiapatit, gidroksiapol, kolapol, kolapan va boshqalar bilan to‘ldirish kerak. Shilliq-suyak usti pardali
laxtak ustiga yopilib, ketgutli yoki poliamidli chok bilan tikib qo‘yiladi.(rasm. 8.7, b). Gemisektsiya va
amputatsiyadan keyin kolgan tish ildizi (ildizlar) yana ko‘p yillar o‘z funktsiyasini bajarishi mumkin [Poltavskiy
V.P., 1984]. A.G. Shargorodskiy (1985) va E.V. Borovskiy (1996) olimlar bu usullarni tasdiqlanmagan kam
qo‘llaniladigan operatsiyalar deb hisoblashadi.
Dostları ilə paylaş: