Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


-§. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə95/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
21-bhms ilova lotin

13-§. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari
(turlari bo‘yicha) (013)

448. 013 “Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyoti vaqtinchalik soliq solishdan ozod etilgan, maqsadli ishlatilishi ko‘zda tutilmagan bo‘shagan mablag‘larning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Byudjetga to‘lovning har bir turi bo‘yicha hisoblangan bo‘shagan mablag‘lar summasi 013 “Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyotining debetida aks ettiriladi.
013 “Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyotida hisobga olingan byudjetga majburiy to‘lovlar va soliqlar bo‘yicha hisoblangan summa “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” (2-sonli shakl)da aks ettirilmaydi va mos ravishda moliyaviy natijalarning shakllanishiga ta’sir etmaydi.
013 “Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)” schyotidan soliq solishdan ozod etilishi natijasida bo‘shagan mablag‘lar summasi imtiyoz berilgan davr tugashi bilan hisobdan chiqariladi.
Bunda, bo‘shagan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumot imtiyoz muddatining tugashi bilan hisobdan chiqarilgandan keyin korxonada 5 yil davomida saqlanishi lozim.
14-§. Foydalanishdagi inventar
va xo‘jalik jihozlari (014)

449. 014 “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari” schyoti foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlarining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Inventar va xo‘jalik jihozlarini foydalanishga berish vaqtida ularning qiymati to‘liq ishlab chiqarish xarajatlari yoki davr xarajatlariga olib boriladi va bir vaqtning o‘zida 014 “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari” schyotida aks ettiriladi.
Inventar va xo‘jalik jihozlari keyinchalik foydalanish (ishlatish)ga yaroqsiz bo‘lgan holda ularning 014 “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari” schyotidan hisobdan chiqarilishi tegishli tartibda rasmiylashtirilgan hisobdan chiqarish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlarining saqlanishini ta’minlash maqsadida 014 “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari” schyoti bo‘yicha analitik hisob yakka tartibda foydalanuvchilar va sexlar omborlari oralig‘ida yuritiladi.



Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin