Buxgalteriya hisobi(moliyaviy hisobot) ning maqsadi va uning asoslari



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix24.10.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#160899
buxgalteriya hisobi



Buxgalteriya hisobi(moliyaviy hisobot) 
ning maqsadi va uning asoslari



Buxgalteriya hisobiga kirish
2
Buxgalteriya hisobining maqsadi va zaruriyati
3
Buxgalteriya hisobining tasniflanishi
4
Buxgalteriya hisobining rivojlanishi
5
Buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari
6
Buxgalteriya hisobining hususiy-me’yoriy asoslari
7
Buxgalteriya hisobining usullari
8
Buxgalteriya hisobining subyektlari va obyektlari
REJA


O‘zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgandan 
buyon buxgalteriya hisobi tizimini bozor iqtisodiyoti va moliyaviy 
hisobotlarning xalqaro standartlari talablariga muvofiqlashtirish 
maqsadida bosqichma-bosqich isloh qilinmoqda.
Buxgalteriya hisobiga kirish
Buxgalteriya hisobini isloh qilish bozor iqtisodiyoti tizimi tamoyillari bo‘yicha 
o‘tkaziladigan iqtisodiy islohotlarning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. 
Bozor iqtisodi sharoitida buxgalteriya hisobi faqat hisob-kitob va statistik 
vazifalarni bajaribgina qolmay manfaatdor tomonlar obyektiv va asoslangan 
qaror qabul qila olishi uchun xo‘jalikni boshqaruvchi subyektning faoliyati 
haqida axborot oluvchi, ularni qayta ishlab beruvchi sohaga aylanadi. 


Buxgalteriya hisobining maqsadi va zaruriyati
Hozirgi zamon iqtisodiy sharoitida buxgalteriya hisobining roli o‘zgardi. Agar avvallari 
hisobning maqsadi nazorat qilish vazifasidan iborat bo‘lgan bo‘lsa, endilikda xalqaro 
milliy standartlarga ko‘ra, buxgalteriya hisobi va uning asosida tuzilgan moliyaviy 
hisobotning maqsadi undan foydalanuvchilarga to‘liq va ishonchli ma’lumot taqdim 
etishdir
Buxgalteriya hisobi quyidagi asosiy vazifalardan iborat:
ü
buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning ahvoli va harakati, mulkiy 
huquq va majburiyatlarning ahvoli haqida to‘liq va ishonchli 
ma’lumotlarni tuzish;
ü
samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlarni 
umumlashtirish;
ü
moliyaviy, soliq va boshqa hisoblarni tuzish.


ü
rejali;
ü
nazoratli;
ü
ma’lumotli;
ü
tahliliy (baho);
ü
hisobli.
Hozirgi zamon hisob adabiyotlarida buxgalteriya 
hisobining vazifasi quyidagicha bo‘linadi:
Buxgalteriya ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni uchta guruhga 
bo‘lish mumkin.
1. Tashkilot ma’muriyati – direktorlar kengashi, yuqori 
boshqarmalar xodimlari, menejerlar, bo‘linmalarning rahbarlari 
va mutaxassislari.
2. To‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy qiziqish bilan ma’lumotlardan egri 
foydalanuvchilar, bugungi va potensial investorlar, banklar, 
asosiy mablag‘ va ishlab chiqarish zaxiralari bilan ta’minlovchilar, 
boshqa kreditorlar.
3. Ma’lumotlardan qisman moliyaviy qiziqish tufayli egri 
foydalanuvchilar: soliq idoralari moliya muassasalari, 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat taftish 
boshqarmasi, auditorlik firmalari, Davlat Statistika qo‘mitasi, 
mahalliy hokimiyat idoralari va boshqa foydalanuvchilar.


Buxgalteriya hisobi yig‘im (tushum) tizimini tartibga solish
mumkin; ro‘yxatdan o‘tkazish va pul shaklidagi ma’lumotlarni
umumlashtirish xo‘jaliklar operatsiyalarida tashkilotlarning
majburiyatlarini va ularning yaxlit, uzluksiz, hujjatli hisob olib
borishlarini aks ettiradi.


Buxgalteriya hisobi uslublari o‘z ichiga qator elementlarini olgan 
buxgalteriya hisobini o‘rganish usullaridir. Ular quyidagicha:
Buxgalteriya hisobining usullari
· hujjatlashtirish;
· inventarizatsiya;
· baholash;
· mahsulot, ish, xizmatni hisoblab chiqish;
· schyotlar tizimi;
· ikkiyoqlama yozuv;
· balans;
· moliyaviy hisobot;
· offsetting (moddalarning o‘zaro sinovlari).


Hujjatlashtirish – buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga yuridik kuch beruvchi 
amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalaridir.
Inventarizatsiya – natura holida mavjud bo‘lgan moddiy
boyliklarni, pul mablag‘lari va moliyaviy majburiyatlarni korxonadagi
haqiqiy ahvolini tekshirish imkonini beruvchi buxgalteriya
hisobi elementlaridan biri.
Baholash – xo‘jalik tannarxini pul shaklida aniqlash usuli.
Kalkulyatsiyalash – yagona mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan ish va 
xizmat, mahsulot ishlab chiqarish hamda sotish uchun sarflangan 
xarajatlarning jamlanma hisob-kitob obyekti tannarxini hisoblash usuli.


Schyotlar tizimi – guruhlashtirilgan obyektlarni iqtisodiy belgilari (21-sonli BHMS) 
bo‘yicha buxgalteriya hisobiga asoslanadi.
Hisobni ikkiyoqlama yozuv bo‘yicha yuritish (17-sonli BHMS) deganda xo‘jalikni 
yuritayotgan subyekt buxgalteriya
Buxgalteriya provodkasi – amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya 
hisobi bo‘yicha rasmiylashtirish usuli.
Buxgalteriya balansi – korxonaning aniq sana bo‘yicha moliyaviy ahvolini, 
mablag‘lar paydo bo‘lishi va ularning joylashtirish omillarini tasniflovchi moliyaviy 
hisobotning asosiy shakllaridan biri.
Offsetting (moddalarning o‘zaro sinovi) (1-sonli BHMS) – boshqa BHMS larda 
ko‘zda tutilgan istisno qilgan holda aktiv va passivlar o‘rtasida o‘zaro sinovning 
bo‘lmasligi.
Moliyaviy hisobot — buxgalteriya hisobi ma’lumotlar asosida tuziladi. Uning 
maqsadi xo‘jalik subyektining moliyaviy ahvolini, faoliyatini va undagi 
o‘zgarishlarni ko‘rsatishdir.


Buxgalteriya hisobining rivojlanishi
1950 yildan keyingi davrdan hozirgi kungacha
Ushbu bosqichda buxgalteriya hisobining tarkibiy qismlari bo‘lgan 
moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi o‘zining predmeti, metodi, nazariy va 
metodologik asoslariga ega bo‘lgan maxsus fanlar sifatida shakllantirildi. 
Korporativ boshqaruv tizimi, xalqaro investitsiyalar rolini kuchayishi 
bilan buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga moslashtirish, xalqaro 
standartlarga mos keluvchi milliy standartlarni ishlab chiqish, moliyaviy 
hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish va xalqaro audit 
standartlari asosida auditorlik tekshiruvlaridan o‘tkazish ishlari amalga 
oshirildi. Ushbu ishlar hanuzgacha davom etmoqda.


Buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari
Tamoyil deganda moliyaviy hisobni yuritish va hisobotni tuzishda 
qo‘llaniladigan tartib-qoidalar tushuniladi.
Moliyaviy hisobni yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish negizida yotuvchi 
tamoyillar mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya 
hisobi to‘g‘risida Qonuni»ning 3- moddasi bilan belgilangan, shuningdek 
1-son BXMS «Hisob iyosati va moliyaviy hisobot» ning 16-49 punktlarida 
ushbu tamoyillarning mohiyati ochib berilgan. Bu tamoyillarning 
asosiylari qo‘yidagilar.


Uzliksizlik tamoyili. Moliyaviy hisobotni uzluksizlik tamoyili asosida 
tayyorlash xo‘jalik yurituvchi subyekt doimiy harakat qilishini va uzoq 
muddat davomida o‘z faoliyatini davom ettirishini, ya’ni xo‘jalik 
yurituvchi subyektning o‘zini tugatishiga yoki o‘z faoliyati sohasini 
qisqartirishga ehtiyoji yo‘qligini bildiradi.
Hisoblash tamoyili. Bu tamoyil korxonaning aktivlari, passivlari, o‘z 
sarmoyasi, daromadlari, xarajatlari, xo‘jalik operatsiyalari va voqealarini 
buxgalteriya hisobida bu harakatlar yuzasidan pul mablag‘lari yoki 
ekvivalentlari olingan yoxud to‘langan paytda emas, balki shu harakatlar 
sodir etilgan (yoki haqiqatda olingan) paytda aks ettirishni bildiradi..


Ehtiyotkorlik yoki konservatizm tamoyili. Bu tamoyil korxona hisobotida aktivlar va 
daromadlarni kam (ko‘p) qilib ko‘rsatmaslikni, shu bilan birga majburiyatlarni yoki 
xarajatlarni ko‘p (kam) qilib ko‘rsatmaslikni ifodalaydi. Ushbu tamoyilni qo‘llash 
yashirilgan rezervlarni vujudga keltirish, biron maqsadda aktiv yoki foydani 
kamaytirib (ko‘paytirib) ko‘rsatish, xarajat va majburiyatlarni ko‘paytirib 
(kamaytirib) ko‘rsatish huquqini bermaydi..
Hisobot davri raromad va xarajatlarining mosligi tamoyili. Bu tamoyil hisobot davri 
xarajatlariga shu davrda real daromad keltirgan qismini kiritishni bildiradi.
Mazmunni shakldan ustunlik tamoyili. Bu tamoyil korxona aktivlarini huquqiy 
maqomi bo‘yicha emas, balkim ularning iqtisodiy mazmuni, egalik qilish huquqini 
berilish vaqtiga ko‘ra hisobga olish va balansga kiritishni ifodalaydi.


Neytrallik tamoyili. Bu tamoyil moliviy hisobotni bironta shaxs manfaatlari 
uchun boshqa bironta shaxs zararlari evaziga moslashtirmaslikni bildiradi..
Ishonchlilik tamoyili. Bu tamoyil hisobda aks ettirilgan har bir 
summani qat’iy hujjatli asosga ega bo‘lishligini bildiradi.
Muhimlilik tamoyili. Bu tamoyil hisob va hisobot ma’lumotlarini 
foydalanuvchilarning taqdim etilgan axborot asosida qabul qilgan qarorlariga 
ta’sirini bildiradi.
Tushunarlilik tamoyili. Bu tamoyil hisob ma’lumotlarini barcha 
foydalanuvchilar uchun tushunarliligini bildiradi. Yakunlanganlik 
tamoyili.


Ko‘rsatkichlarning qiyosuvchanlik tamoyili. Bu tamoyil hisobot ma’lumotlarini 
o‘zaro mos hisobot davrlari bo‘yicha (choraklar, yil) mavjud real 
tendensiyalarni aniqlash uchun o‘zaro taqqoslash imkoniyatlarini bildiradi.
Tejamkorlik tamoyili. Bu tamoyil hisob va hisobotni kam mehnat va 
moliyaviy mablag‘lar sarflab olib borishni bildiradi.
Tezkorlik tamoyili. Bu tamoyil hisob va hisobot ma’lumotlarini boshqaruv 
organlariga kerakli vaqtda va hajmda berishni bildiradi. Kechiktirib 
berilgan ma’lumotlar hisobning boshqaruv vositasi sifatidagi rolini 
pasaytiradi.


ü
Buxgalteriya hisobining obyektlari asosiy va joriy aktiv, majburiyat, xususiy 
kapital, zaxiralar, daromad va xarajat (chiqim)lar, foydalar, ularning 
harakatlari bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari bo‘ladi..
Buxgalteriya hisobining subyektlari va obyektlari


O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi tizimlari uchun 
«Buxgalteriya hisobi haqida»gi qonun asosiy huquqiy baza 
hisoblanadi. Qonunda buxgalteriya xizmati mutaxassislari soha
bo‘yicha korxonalar rahbarlarining huquq va majburiyatlari 
buxgalteriyahisobi tizimining asosiy maqsadlari, vazifalari va 
tamoyillari,buxgalteriya faoliyatini tashkil qilish, asosiy yo‘nalishlari
va hisobot tayyorlash kabilar belgilab qo‘yilgan. Mavjud xalqaro 
amaliyot buxgalteriya hisobini to‘rt darajali me’yoriy boshqarish 
tizimini ko‘zda tutadi.
Buxgalteriya hisobining hususiy-me’yoriy asoslari


Birinchi daraja – qonunchilik aktlari, masalan «Buxgalteriya hisobi 
haqida»gi qonun.
Ikkinchi daraja – asosiy qoidalar yig‘indisi, ya’ni buxgalteriya 
standartlari. Bu darajada buxgalteriya hisobi bilan bog‘liq shaxslar 
bir xilda faoliyat yuritishlari uchun asosiy buxgalteriyatushunchalari 
va tamoyillari (qoidalari) belgilanadi. Dunyo amalliyotida hozircha 30 
dan ortiq standartlar belgilangan.
Uchinchi daraja – mamlakat bo‘yicha turli muassasalardagi har xil 
tarmoqlarda buxgalteriya hisobini yuritish borasida ishlab chiqilgan 
turlicha uslubiy ko‘rsatma va tavsiyanomalar.
To‘rtinchi daraja – hisob ishlarini olib boradigan korxonalarda nashr 
etiladigan ichki ish hujjatlari va qo‘llaniladigan hujjatlarni yuritish.


Birinchi darajaga Respublikamizda 1996-yil 30-yanvarda qabul qilingan 
«Buxgalteriya hisobi haqida»gi qonun mansub bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi darajaga hozircha ishlab chiqilayotgan buxgalteriya standartlarini 
kiritishimiz mumkin. Hozirgi paytda buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) 
tasdiqlangan.
Uchinchi darajaga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va tarmoqning 
o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq hisob standartlarini aniqlashtiruvchi
boshqa idoralarining uslubiy tavsiyalari (ko‘rsatmalari) instruktsiyalar 
sharhlarini kiritsa bo‘ladi.
To‘rtinchi daraja har bitta korxonada mavjud. Korxonaning
o‘z ishchi hujjatlari buxgalteriya hisobini tashkil qilish xususiyatlarini
va uni yuritishni belgilaydi.


E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin