Buxgalteriya hisobi schotlari rejasi



Yüklə 25,47 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü25,47 Kb.
#169229
  1   2   3   4   5
7-mavzu


BUXGALTERIYA HISOBI SCHOTLARI REJASI
Reja:

  1. BUXGALTERIYA HISOBI SCHOTLARINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLIShNING ZARURATI VA AHAMIYATI

  2. BUXGALTERIYA HISOBI SCHOTLARI REJASINING TURLARI

  3. XO‘JALIK YURITUVChI SUB’EKTLAR MOLIYAVIY-XO‘JALIK FAOLIYATI BUXGALTERIYA HISOBI SCHOTLAR REJASI (21-SON BHMS)NING MAZMUNI VA TARKIBIY TUZILIShI

  4. KORXONALAR BUXGALTERIYA HISOBI IShChI SChYOTLARI REJASI

1. BUXGALTERIYA HISOBI SCHOTLARINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLIShNING ZARURATI VA AHAMIYATI


Schotlar rejasibu korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini buxgalteriya hisobida aks ettirishda qo‘llaniladigan schotlarning tartiblashtirilgan tizimi. O‘zbekiston Respublikasida schotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma davlat ahamiyatiga molik me’eriy xujjat hisoblanadi. Ushbu me’yoriy hujjatni ishlab chiqish va joriy qilish Moliya Vazirligiga yuklatilgan.
Buxgalteriya hisobi schotlarini davlat tomonidan
tartibga solishning zaruratlari





Zaruratlar

1

Buxgalteriya hisobi predmeti va uni tashkil qiluvchi ob’ektlarning mazmun va mohiyatini barcha korxonalar uchun yaxlitligi, ya’ni bir xilligi

2

Respublikamizda buxgalteriya hisobi to‘g‘risida qonunning hamma uchun yaxlitligi

3

Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish, guruhlash, jamlash tartibi va texnologiyasining bir xilligi

4

Hisobot shakllari va ularning to‘lg‘azilishining hamma uchun bir xilligi va uni yaxlit holda davlat tomonidan tartibga solinishi

5

Schotlarning bevosita balans va hisobotning aniq moddalari bilan uzviy bog‘liqligining hamma uchun bir xilligi

6

Schotlarning tartib raqami va nomlarini barcha foydalanuvchilar uchun bir xillikda foydalanishning osonligi

7

Buxgalteriya hisobi bo‘yicha kadrlarni universal tarzda, ya’ni keng tarmoq va sohalar uchun tayyorlash zarurati




Yüklə 25,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin