Buqoq nima? 01 Buqoq turlari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə1/2
tarix26.10.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#161344
  1   2
Endemik buqoqning kelib chiqish shart sharoitlari va muhitga


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI MATEMETIKA FAKULTETI Matemetika yo’nalishi 20-03 S guruh talabasi Xolmatjonova Komilaning Yosh fiziologiyasi va gigiena fanidan MUSTAQIL ISHI Mavzu: Endemik buqoqning kelib chiqish shart sharoitlari va muhitga bog'liqligi.
Toshkent – 2023 yil
Reja:
Buqoq nima?
01
Buqoq turlari.
02
Endemik buqoqni davolash
03
Xulosa
05
Individual rivojlanish davomida immun reaksiyalarni shakllanishi.
04
Buqoq — qalqonsimon bezning kattalashuvi. Kasallik shu bez funksiyasi oʻzgarmasdan (eutireoz), funksiyasi susayishi (gipotireoz) yoki kuchayishi (tireotoksikoz) bilan kechadi. Buqoqning bir necha shakli bor. Endemik buqoq atrof-muhitda (suv, tuproq, havoda) yod oz boʻlgan muayyan geografik chegaralangan hududlarda (jumladan Oʻzbekistonda) uchraydi. Isteʼmol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarida yod yetishmasligi kasallikning asosiy sababi hisoblanadi. Sogʻlom odamga bir kecha-kunduzda 100—200 mikrogramm yod kerak, shu miqdor kamaysa, qalqonsimon bez gormonlari (tiroksin, triyodtironin)ning hosil boʻlishi kamayadi. Oqibatda, qalqonsimon bezning kattalashishi kuzatiladi, bolalarda boʻy oʻsmay qoladi, ruhiyati oʻzgaradi, aqli ojiz boʻladi (kretinizm), baʼzan kasallik shish hosil boʻlishi bilan kechadi.
Buqoq nima?
Buqoq turlari.
Sporadik (onda-sonda uchraydigan) buqoq — buqoq endemiyasi boʻlmagan joylarda rivojlanadi, kasallik keng tarqalmaydi. Diffuz toksik buqoq (Bazedov kasalligi) — bunda qalqonsimon bez kattalashuvi bilan birga funksiyasi kuchayadi. Diffuz toksik buqoqni 1840-yilda nemis vrachi Karl Bazedov taʼriflab bergani uchun Bazedov kasalligi deb ataladi. Kelib chiqishida irsiy moyillik, immun sistemadagi oʻzgarishlar, ruhiy iztirob muhim oʻrin tutadi. Qalqonsimon bez funksiyasi kuchayishi natijasida muskullar zaiflashib, bemor serzarda, yigʻloqi boʻlib qoladi, ozib ketadi, koʻzi chaqchayadi (ekzoftalm, oftalmopatiya), koʻp terlaydi, oyoqqoʻli, baʼzan butun tanasi titraydi, yuragi tez uradi (taxikardiya),
uyqusi buziladi, bir oz isitma chiqadi, tez toliqadi va ishga yaroqsiz boʻlib qoladi. Kasallik ogʻir kechganida tireotoksik krizisga olib borishi mumkin. Bunda asosiy sistema va aʼzolar faoliyati izdan chiqadi, tireotoksik koma yuz beradi. Koʻp tugunli toksik buqoq — koʻpincha bir necha yil davomida koʻp tugunli eutireoid buqoq bilan og`rib kelayotgan 50—60 yashar ayollarda uchraydi. Kasallik belgilari diffuz toksik buqoqqa oʻxshash, ammo bunda oftalmopatiya va pretibial miksedema kuzatilmaydi.
Individual rivojlanish yoki entogenez triklikning eng muhum xsusiyatlaridan biridir.ontogenez tushunchasi 1866-yilga E. Gekkel tomonidan fanga kritilgan bir hujayralilarda ontogenez ularning hosil bo’lishidan boshlanib bo’linishi yoki o’limi bilan tugallanadi. Ko’p hujayralilarda ontogenez zigotya hosil bo’lishidan boshlanib o’lim bilan tugallanadi.
Ointogenezning uchta tipi mavjud:
  • 1. Lichinkali. 2.lichinkasiz. 3. Ona qornida rivojlanish.
  • Lichinkali ontogenez. Tuxum hujayrada oziq modda kam bo’lgan organizmlarda kuzatiladi. Ularning lichikkasi yetuk shaklidan o’z tuzulishi bilan farq qiladi.

  • Lichinkasiz ontogenez.Tuxumda oziq moddalar ko’p bo’lgan organizmlarda kuzatiladi, yosh organizmlar o’z tuzulishiga ko’ra yetuk organizmlarga ancha o’xshaydi. Ona qornida rivojlanish odam va yuqori sutemizuvchilarda kuzatiladi


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin