Budget tashkilotlarida buxgalteriya hisobi schotlar rejasi,ularni tayinlanishi va tarkibi



Yüklə 1,42 Mb.
tarix06.06.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#125597
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi schotlar rejasi ,ularni

Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi schotlar rejasi ,ularni tayinlanishi va tarkibi

.

“Budjet tizimi to‘g‘risida”gi qonun, 3-modda


Budjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog 'liq bo ‘Igan о 'z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat budjetidan mablag' ajratish nazarda tutilgan va bu mablag' moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo 'mitasi, idora, davlat tashkiloti

Schyotlar rejasi 6 qism va 9 bo‘limdan iborat. Schyotlar rejasining qismlari quyidagilardir:


1- qism. Uzoq muddatli aktivlar.
2- qism. Joriy aktivlar.
3- qism. Majburiyatlar.
4- qism. Xususiy kapital (mulk).
5- qism.Moliyaviy natijalarni shakllanishi va ishlatilishi.
6- qism. Balansdan tashqari schyotlar.

Schyotlar rejasidagi bo‘limlar quyidagicha nomlangan:


1- bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli
aktivlar.
2- bo‘lim. Tovar-moddiy zaxiralari.
3- bo‘lim. Kelgusi davr sarflari va muddati uzaytirilgan sarflarning
joriy qismi.
4- bo‘lim. Olinadigan schyotlar.
5- bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investisityalar va boshqa
joriy aktivlar
6- bo‘lim. Joriy majburiyatlar.
7- bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar.
8- bo‘lim. Kapital (mulk), foyda va zaxiralar.
9- bo‘lim. Daromad va sarflar.
Buxgalteriya hisobi schyotlarining ikki tomoni bo‘lib, bir tomoni «Debet», ikkinchi tomoni tomoni «Kredit» deb yuritiladi.
Debet Kretid
Qadimiy savdo kitoblarida schyotning «Debet» tomonida kirim, «Kredit» tomonida chiqim ko‘rsatilgan. Hozirda ham bu ma’no qisman saqlanib qolgan.
Bu schyotlar xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manba- larining harakatini hisobga olish ishlarini osonlashtirish va ulardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilishda ham qo‘l keladi. Masalan, buxgalteriya hisobi tizimida «Xomashyo va materiallar» so‘zi o‘rnida — 1010, «Kassa» so‘zi o‘rnida — 5010, «Asosiy ishlab chiqarish» so‘zi o‘rnida — 2010, «Tayyor mahsulot» so‘zi o‘rnida — 2810 kabi raqamlardan foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi schyotlari raqami bir davlatda bir xil qabul qilinadi. Buxgalteriya hisobi schyotlarining bir xilligini ta’minlash maqsadida
Aktiv va passiv schyotlarning tuzilishi quyidagi sxema orqali aks ettirilgan:
D" + Aktiv K - D - Passiv K +
Yuqorida ko‘rinib turganidek, har ikkala turdagi schyotlarning ham debet va kredit tomonlari mavjud. Farq shundaki, aktiv schyotlarning debetida ko‘payish, kredit tomonida esa kamayish aks ettiriladi.
Passiv schyotlarda esa aksincha, debet tomonida kamayish, kredit tomonida esa ko‘payish aks ettiriladi.
Ma’lumki, schyotlar oy boshiga ochiladi. Bu vaqtda mablag‘ va ular manbalari mavjud bo‘lib, ular oy boshiga qoldiq deb ataladi.
Oy davomida xo‘jalik jarayoni natijasida mablag‘lar va ular manbalari harakati (ko‘payishi, kamayishi) oborot deyilib, ularni debet yoki kredit tomondaligiga ko‘ra, debet oborot, kredit oborot deb ataladi.
Aktiv schyotlarda debet oborot oy davomida mablag‘larning kiri- mini, kredit oboroti esa mablag‘lar oy davomida kamayishini bildiradi.

Schyotlarni tayinlanishi va tarkibiga ko‘ra turkumlanishi.


Yig‘ib taqsimlovchi schyotlar. Taqsimlovchi schyotlar korxonvalarining ba’zi xarajatlari ustidan nazorat qilish va ulariing to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlash uchun taynilangan.
Yig‘ib-taqsimlovchi schyotlar u yoki bu xo‘jalik jarayonlari bo‘yicha xarajatlarni, ularni keyiichalik taqsimlash maqsadida yig‘ish uchun qo‘llaniladi. Ular aktiv schyotlardir, chunki ularda mablag‘lar harakati hisobga olinadi. Bu schyotlarda yigiladigan summalar mazkur ob’ekt bo‘yicha barcha xarajatlar hisobga olinadigan schyotlarga o‘tkaziladi.
Yig‘ib taqsimlovchi schyotlar ikki sababdan zarurdir: eng avvalo, ba’zi xarajatlarni bir nechta ob’ektlar o‘rtasida taqsimlash kerak bo‘ladi.

Schotlar tarkibi


Buxgalteriya hisobi schyotlari doimo bosh qoldiq bilan boshlanib, oxirgi qoldiq bilan yakunlanadi. Ba’zi bir yig‘ib taqsimlovchi yoki tranzit schyotlarda bosh qoldiq ham, oxirgi qoldiq ham bo‘lmaydi. Chunki ular oy boshiga ochilib, oy oxirida yopiladi. Aktiv schyotlardagi oy oxiriga qoldiqni aniqlash uchun, oy boshiga qoldiq summaga debet oborot summasini qo‘shib, kredit oborot summasini ayirish orqali topiladi:
DT oq. = DT bq. + DT ob. - K ob
bunda, DT oq. — debet oxirgi qoldiq;
DT bq. — debet boshlang‘ich qoldiq;
DT ob. — debet oborot;
K ob. — kredit oborot.
Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin