Botir Zokirov va “Yalla”guruhining musiqaga qo’shgan hissasi annotatsiya



Yüklə 481,37 Kb.
tarix22.10.2023
ölçüsü481,37 Kb.
#159890
musiqa



Botir Zokirov va “Yalla”guruhining musiqaga qo’shgan hissasi
ANNOTATSIYA:Bugungi kunda O‘zbekistonda estrada ijrochiligining bundan keyingi taqdiri, rivojlanishi yoki aksincha bo‘lishi bir qator omillarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Xususan mazkur maqolada O‘zbekistonda estrada ijrochiligining tamal toshini B.Zokirov ijodiga alohida to‘xtalib, o‘zbek estrada ijrochiligi tarixi, taraqqiyoti masalalari tahlil qilinib, o‘rinli xulosalar taqdim etilgan.
Kalit so’zlar: Estrada, yalla, milliylik, xalq, janr, jonli ijro, fonogramma, guruh, ansambil, musiqa, san‘at, qo‘shiq.
Xalqimiz qo‘shiq tinglashni hush ko‘radi dil tortar taronalar kayfiyatimizni ko‘taradi. Kimdir mumtoz yana kimdir estarada janrini eshitib qalbi yorishadi. Zero inson qalbiga qay tarzda kirib borib qanday iz qoldirish bu san‘atkorning ijro mahoratiga bog‘liqdir.Estrada haqida so‘z borar ekan estrada atamasi ―Estrada‖(ispancha — taxtasupa), estrada sanʼati — koʻngilochar, ommabop badiiy (abadiy, musiqiy, raqs, tomoshaviy va boshqalar) janr va shakllarning umumiy ifodasi hisoblanadi. Ma‘lumki estrada san‘ati O‘zbekistonga kirib kelgach shiddatli tarzdat ommalashdi va rivojlandi. Dastlab, ―Yalla‖, ―Paxtaoy‖, ‖Navo‖ va ―Sado‖ estrada guruhlari shakillandi. Ayniqsa, 80-90-yillardan boshlab jahon andozalariga mos turli rok, rep guruhlari tuzildi va o‘zbek estradasi yangi tamoyillar asosida misilsiz ravnaq topdi.
O’zbek estrada san’atining asoschisi - Botir Zokirov. Bugun o’zbek estrada qo’shiqchiligining asoschisi Botir Zokirov tavallud topgan kun. Botir Zokirov hayot bo’lganida ushbu kun 84 yoshga to’lardi. Botir Zokirovning kundaliklarini va Fotima Sharipovaning Zokirovlar sulolasi haqidagi Abadiyat ibtidosi kitobi yaratildi. Ta’sirli kitob. Jaholat borligi uchun ham yaxshi insonlarning, buyuk g’oyalarning qanchasi muallifining qalbida armon bo’lib qolib ketadi.
Orkestr Botir Zokirovning ijodiy yo’lini qat’iy belgilab berdi. 1957 yilda Moskvada o’tkazilgan o’zbek dekadasida mashhur arab kompozitori Dorish Al-Attoshning - Arab tangosi qo’shigi birinchi marta yangradi va chaqmoq kabi Botir Zokirov nomini qo’shiqsevarlar qalbiga olib kirdi. Bu kutilmagan omad, shuxrat va kelajakka ishonch edi. Bu qo’shiq xonanda dasturining mukaddimasi bo’lib qoldi va minglab nusxada plastinkalar chop etildi.
O’zbekistonda ham estrada musiqasi 20-asrning 50-yillarida shakllana boshladi. Unda taniqli estrada yulduzi Botir Zokirov asos soldi.
1957-yilio’zbekstonlik yosh estrada gruhi Mskvada o’tkazilganyozilgan yoshlarning 6-Xalqaro festvalida ilk bor muvafaqiyatli qatnashib, faxrli 4-o’ringa bo’ldi. Bu katta yutuq edi. Shundan so’ng estrada musiqasi tez ommalashdi va rivojlandi.
“Yalla”, “Paxtaoy”, “Navo”, “Sado” kabi eatrada gruhlari shakllandi. Ayniqsa, 80 – 90 – yillardan boshlab jahon andazalariga mos turli rok, rep, gruhlari tuzildi. Shu tariqa o’zbek estradasi mislsiz ravnaq topdi.
O’zbek estradasining asoschisi, O’zbek milliy estrada san’atining yirik namoyandasi, ajoyoib shoir, rassom, daramaturg, rejissyor va mohir xonanda Botir Zokirov Toshkentda Ustoz san’atkor Karim Zokirov oilasida tavllud topgan.
U o’z kasbining ustasi edi, muntazam ravishda o’zbek milliy estrada san’ati rivoji yo’lida izlanishlar olib bordi hamda juda katta yutuqlarga erishdi.
B. Zokirov Toshkent Davlat Konservatoryasida va Toshkent Teatr va rassomchilik institutida tahsil poldi. Uning amalga oshirgan ishlari keyinchalik o’zbek estradasining mumtoz andazasi bo’lib qoldi.
Masalan: “Arab tangosi”, “Habiba”, “Qochoq qiz”, va boshqqalar.
B. Zokirov bu qo’shiqlari bilan O’zbekistonni butun dunyoga tanitdi. Ayniqsa, “Ra’no”, “Maftun bo’ldim” kabi qo’shiqlari bilanan o’zbek estradasida o’chmas iz qoldirdi.
O’zbek estrada musiqasining faxri bo’lgan “Yalla” gruhi 1971 – yili tashkil topgan. Uning qatnashchilari Toshkent Teatr va rassomchilik instituti va konservatoriya talabalaridan B. Zokirovning shogirdlari edi.

Yallaa” gruhi o’z paytida V I A (vokal – instrumental ansambl) shaklida faoliyat ko’esatib O’zbekistonda ilk estrada-rok gruhlari qatoridan o’rin olgi. Unga bir necha yillar davomida F. Zokirov rahbarlik qilib kelmoqda. U “Yalla”ni professional gruhlar darajasiga ko’tardi. Uning ijrosida “Uchquduq”, “Choyxona”, “Mahbubam chiroyli”, “Yallama-yirim”, “G’ayra-g’ayra”, “Qilpillama”, kabi qo’shiqlar o’zbek estrada musiqa xazinasidan munosib joy oldi.


Ansambl ijrisidagi qo’shiqlar o’zining jozibadorligi, oranjorovkalarining o’ziga xosligi “Yalla”ga sho-shuhrat keltirdi.


1982 – yili “Yalla”yoshlarning IX jahon festvalida 1 – o’rinni egallab, butun dunyoga dong taratdi. Hozirda “Yalla” gruhi “Folklor”uslubidagi gruhlardan biri sifatida faoliyatini davom ettirmoqda. Maktabda shu mavzuda ochiq dars olib bordim .Bu orqali o’quvchilarni musiqaga bo’lgan qiziqishi benihiya ortdi.Dars davomida o’quvchilar Botir Zokirov va uning hayoti bugungi musiqa sanʼati qoʻshgan hissasi haqida malumotlarga ega bo’lishdi.
Botir Zokirov o’zbek milliy estrada san’atini rivojlanishini jon dilidan istar edi. U faqat xalqona milliy estrada san’atini tarafdori edi va bu xaqda kuyinib matbuotda fikrlarini bildirar edi. Shu yo’lda tinimsiz izlanar edi. Umrining oxirgi yillarida ukasi bastakor va aktyor, O'zbek estrada xonandasi, "Yalla" vokal-instrumental ansamblining badiiy rahbari (1976 yildan) Oʻzbekiston va sobiq Sovet Ittifoqining yana besh respublikasi xalq artisti (1987), San'at sohasidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati Farrux Zokirov (16.04.1946) rahbar bo’lgan mashhur Yalla ansambli bilan birgalikda ijod qildi. U sahnaga qanday yonib chiqqan bo’lsa, umrini oxirigacha shunday yonib kuyladi. Xamisha har qanday vaziyatda iymoniga, e’tiqodiga, o’zligiga sodiq qoldi. Bu buyuk san’atkor o’zbek estradasiga asos soldi. Yoshlikdan chirmab olgan surunkali kasallik natijasida umri davomida olti marta jarroxlik stoliga yotdi va 49 yoshida olamdan o’tdi. Unga O’zbekiston xalq artisti faxriy unvoni berilgan, vafotidan so’ng Prezidentning Farmoni bilan Buyuk xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan. Uning nomida har yili yosh estrada xonandalarining ko’rik tanlovi o’tkazilib turiladi.
Botir Zokirov kompozitorlardan Ikrom Akbarovning "Yor, kel", "Rahno", "Gazli", "Qaydasan", "Seni eslayman", Mutal Burhonovning "Maftun bo’ldim", "Namedonam, chinom dorod", Sayfi Jalilning "Majnun monologi", "Kechalari yulduz sanab", Enmark Solihovning "Kuz keldi yana" va boshqa qo’shiqlarini kuylab xalqimizning estrada sanhatiniga asos solgan va durdonalar bilan boyitgan. Zamonaviy estrada uslubida qayta ishlangan sharqu g’arb navolari sanhatkorning dovrug’ini jahonga yanada kengroq yoydi. Hindcha "Meychale", "Nechun xayolga cho’mding", "Dil orzusi", eroncha "Maro bebus", "Ayriliq qo’shig’i", livancha "Go’zal", meksikacha "Alvido, muhabbat", italyancha "Yashasin muhabbat", suriyacha "O’tmishimga yig’layman", misrcha "Arab tangosi" kabi qo’shiqlarning har birini asl tilda, benazir ijro talqinida kuylagan. Botir Zokirovning muyqalam sohibi sifatida chizgan "Avtoportret", "Saraton", "Gumbazlar", "Bolalik ko’chasi", "Chor Minor" kabi jami 200 dan ortiq rangorang asarlari shinavandalarga yaxshi tanish. Adabiyot va shehriyat sohasida u bir qancha hikoya, ocherk va shehrlar, shuningdek, Ikrom Akbarov tomonidan bastalangan "So’g’d elining qoploni" operasi uchun libretto muallifi bo’lgan. Kinoaktyor sifatida Botir Zokirov yosh muhandis ("Gullar ochilganda"), Rabindrat Tagor ("Olovli yo’llar"), Abdullo ("Dahoning yoshligi") kabi obrazlarni yaratishga muvaffaq bo’lgan. Botir Zokirov ijodiga bag’ishlangan "Menga qo’shiq chizib ber", "Aytilmay qolgan qo’shiq", "O’sha, o’tgan kunlar" nomli hujjatli filmlar suratga olingan. Mashhur xonanda o’zbek estrada sanhati dovrug’ini sobiq Ittifoq respublikalari, Frantsiya, sazovor Avstraliya, Germaniya, Kuba hamda Afrika qithasi mamlakatlarida keng yoydi.
San‘at rivojlanishida yoki qaysdir ma‘noda jar yoqasiga kelishida xonandalarni aybladik lekin xonanda kuylaydi xalq esa uni tinglaydi. Bu jarayonda turfa ijodkorlarning ham o‘ziga yarasha hissasi bor. Xususan, shoir, bastakor sayqal ustasi ham barkamol asarni dunyoga kelishida ishtirok etishi lozim. Afsuski bugungi estrada xonandalari haqiqiy shoir va bastakorlarga murojaat qilmaydi. O‘zi ashula aytadi,o‘zi matnini yozadi,o‘zi bastalaydi va ijro etadi. Mana shu tarzda bilan ijodiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli ham mazmunan sayoz kuy-qo‘shiqlar paydo bo‘lmoqda
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston milliy ensklopediyasi Toshkent 2000-2005
2. Musiqa lug‘ati I.Akbarov Toshkent 1987
3. Lex.uz
4. Ziyo.net



Yüklə 481,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin