Internet manbalari 1. http://www.ziyonet.uz/
2. http://www.google.com/
3. www. unesco,org
4. www.tma.uz.
5. www.gigiena.uz.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
1.Tibbiy laborant
2.Qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalari feldsher-laboranti
3.Nur va funksional diagnostika kabineti feldsher-laboranti
O‘quv rejadagi tartib raqami:
1.16
Ajratilgan soat:
100
Toshkent 2022 O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti _Sog’likni saqlash_ O‘quv metodik birlashmasining 2022 yil -avgustdagi 23-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchi:
N.Elmuratova
tibbiyot kolleji o‘qituvchisi:
Taqrizchilar: N.J.Ermatov
TTA bolalar va o‘smirlar ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi mudiri ,tfd
1.O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Yuqumli kasalliklar
Ajratilgan soat
100
Mavzular soni
13
Dasturning maqsadi
Yuqumli kasalliklarni oldini olish, mikrobiologik taxlillar o‘tkazib, kasallik qo‘zg‘atuvchilarni turini aniqlay olish, fermentativ xususiyatlari natijalariga asoslanib, yakunlovchi tashhis qo‘yish, infeksiya tarqalishini oldini olish choralarini ko‘ra bilish, har tomonlama mukammal bilimga ega bo‘lgan holda, sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
bemorlarni davolash va parvarishlash asoslarini amalga oshirishni o‘rganadi;
laborator tahlillarni o‘qiy olishni o‘rganadi;
yuqumli kasalliklarni oldini olishda kasallik o‘chog‘ida epidemiyaga qarshi ishlarni amalga oshirishni o‘rganadi;
sog‘lom turmush tarzini va infeksion nazorat qoidalarini targ‘ibot qilishni o‘rganadi.
Bilim
yuqumli kasalliklarni kelib chiqish sabablari va aholi o‘rtasida tarqalishini oldini olish chora-tadbirlari;
O‘zbekiston Respublikasi SSVning amaldagi buyruqlari bilan tanishish;
ichak, nafas a’zolari, qon va tashqi qoplamlar kasalliklarini etiologiyasi va epidemiologiyasi, asosiy klinik belgilari va asoratlari, laborator tekshirish usullari;
yuqumli kasalliklarni oldini olish, o‘choqlarda o‘tkaziladigan profilaktik va karantin chora-tadbirlari;
emlash uchun ishlatilgan preparatlarning yaroqligini tekshirish, qo‘llash, rejali emlashni tashkil etish va o‘tkazish qoidalari;