Internet manbalari: http:// medline.uz
www.google.uz,
www.med.uz.,
www.gigiena.uz.
www. meddeks.ru.
rusmedserv.com
www analizi.ru
med www-knigi laboratoriya
laboratorii top. uz
ziyouz.com
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, PROFESSIONAL TA’LIMI
BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA
TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI
OSHIRISH INSTITUTI
O‘RTA PROFESSIONAL TA’LIMNING
40910202- Feldsher-laborantlik ishi
kasbi uchun
BITIRUV OLDI AMALIYoTIDAN
NAMUNAVIY O‘QUV DASTURI
Kvalifikasiyalar nomi:
1.Tibbiy laborant;
2.Qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalari feldsher-laboranti;
3.Nur va funksional diagnostika kabineti feldsher-laboranti.
O‘quv rejadagi tartib raqami:
Ajratilgan soat:
288
Toshkent 2022 O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti _Sog’likni saqlash_ O‘quv metodik birlashmasining 2022 yil “” avgustdagi-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchi:
ibbiyot kolleji kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.M. Maxmudova
TRAS Medikal- laboratoriya mudiri. Tibbiyot fanlari doktori.
1. O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar
O‘quv dasturining nomi
Bitiruv oldi amaliyoti
Ajratilgan soat
288 soat
Mavzular soni
48
Dasturning maqsadi
Malakaviy amaliyot shahar, tuman, viloyat Davolash profilaktika muassasalarida o‘tkaziladi. Malakaviy amaliyot bo‘lajak mutaxassisning mutaxassislik mahoratini oshirishga, mehnatga ongli munosabat ko‘rsatishga, mehnat intizomiga rioya qilishga, jamoada o‘zini tuta bilishi, do‘stona hamkorlikda ishlashga o‘rgatadi.
Malakaviy amaliyotni o‘tkazishni aniq tashkil qilish, to‘g‘ri uslubiy rahbarlik va doimiy nazorat o‘quvchilarning amaliy tayyorgarligini yuqori pog‘onaga ko‘taruvchi shartlardan biridir. O‘quvchilarning amaliy o‘qitish sifati ko‘p jihatdan amaliyot o‘tkaziladigan bazalarning to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liqdir. Dastur o‘z tuzilishiga ko‘ra amaliy ta’limning barcha turlarini o‘zida mujassamlashtirib, o‘quvchilarda mutaxassislik ko‘nikmalari va mahoratini shakllantirishni bir tizimga birlashtirish imkonini beradi.