1.Tibbiy laborant
2.Qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalari feldsher-laboranti
3.Nur va funksional diagnostika kabineti feldsher-laboranti
O‘quv rejadagi tartib raqami:
2.1.6
Ajratilgan soat:
122
Toshkent – 2022 O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti _Sog’likni saqlash_ O‘quv metodik birlashmasining 2022yil “ -” avgustdagi -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchi:
F.G‘.Po‘latova
“Laboratoriya ishi” kafedrasi mudiri
Taqrizchilar: A.Djalilov
Yo.X.Azizov
2-Respublika tibbiyot kolleji “Biokimyo” fani o‘qituvchisi
TRAS Medikal- laboratoriya mudiri. Tibbiyot fanlari doktori.
O‘quvchilarning fanga oid bilimlarini tizimli umumlashtirish orqali shifokor-laborantga yordam berishida qator tahlillarni bajarish uchun zarur bo‘lgan asosiy ma’lumotlar berish va nazariy bilimlarini takomillashtirish. Bemorga tashhis qo‘yishda qon va siydik tarkibidagi mikroelementlarni me’yoriy holatini bilish, ularga to‘g‘ri tashxis qo‘yish nazariy, amaliy mashg‘ulotlarda kasbiy mahoratni shakllantira olishga zamin yaratish. Bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash orqali laborantlarning biokimyoviy tekshiruvlarga oid bilim va amaliy tayyorgarligini ta’minlash. O‘quvchilarning o‘z mutaxassislik bo‘yicha integrasiyalashgan (fanlar aro bog‘liq) bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.