“Bino va inshootlar konstruksiyasi”, “Beton qorish va armatura ishlari texnologiyasi”, “Metall va temir-beton konstruksiyalarini yig‘ish ishlari texnologiyasi” va shu kabi fanlar “Elektrpayvandlash ishlari texnologiyasi” faniga bog‘lab o‘rgatiladi.
O‘qitishni tashkiliy shakli:
N-nazariy ta’lim;
A-amaliy ta’lim;
NA-birgalikda tashkil etilgan nazariy va amaliy mashgulotlar.
Nazariy mashg‘ulot: Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, malaka va ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar. Bino va inshootlar konstruksiyalarini tayyorlashda, ularni montaj qilishda hamda muxandislik kommunikatsiyalarida payvandlash ishlarining ahamiyati.
Nazariy mashg‘ulot: Metallarning payvandlanishi haqida tushuncha. Legirlovchi elementlar. Po‘latning payvandlanish bo‘yicha sinflari. O‘zgaruvchan tokda ishlaydigan payvandlash transformatorlari. O‘zgarmas tokda ishlaydigan payvandlash generatorlari.
4
N
2
3
Qo‘lda elektr yoyida payvandlash.
Nazariy mashg‘ulot: Elektr yoyida payvandlash haqida umumiy tushuncha. Eritish va payvandlash uchun elektrodlar.