O‘quv rejasiga muvofiq o‘zarobog‘liq bo‘lgan fanning nomi
“Bino va inshootlar qurilishi” yo‘nalishida “Umumqurilish ishlari ustasi”ni tayyorlashda “Geodeziya” fani maxsus fanlar bloki tarkibiga kiradi. Fan o‘quv rejada keltirilgan “Matematika”, “Amaliy geografiya”, “Qurilish chizmachiligi” va tegishli maxsus fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. Masalan, o‘quvchilarning qurilish ishlarini bajarishda “Matematika”, “Amaliy geografiya” va “Qurilish chizmachiligi” fanlaridan olingan bilimlariga tayanadi. Shuningdek, “G‘isht-tosh terish ishlari texnologiyasi”, “Metall va temir-beton konstruksiyalarini yig‘ish ishlari texnologiyasi” va shu kabi fanlar “Geodeziya” faniga bog‘lab o‘rgatiladi.