Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish metodikasining lingvistik asoslari Annotatsiya



Yüklə 26,46 Kb.
tarix26.12.2023
ölçüsü26,46 Kb.
#198474
Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish metodikasining lingvistik asoslari


Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish metodikasining lingvistik asoslari
Annotatsiya: Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish metodikasining lingvistik asoslari o‘qitish jarayonining lingvistik asoslaridan farqlanishi lozim. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish metodikasining lingvistik asoslari zamonaviy o‘qituvchiga shaxsiy ishchi o‘quv dasturi uchun til materialini tanlash, metodik tashkil etish va uni taqdim etishda yordam beradi.
Kalit so‘zlar: til, nutq, til materiali, nutq faoliyat turlari, nutqiy kompetensiya, lisoniy kompetensiya, filogenez, ontogenez, mexanik xotira, mediatsiya, interaksiya, egosentrik nutq, verbal ifoda, nutqning verballashuvi
Аннотация: Лингвистические основы методики преподавания английского языка в начальных классах следует отличать от лингвистических основ учебного процесса. Лингвистические основы методики преподавания английского языка в начальных классах помогают современному учителю подобрать языковой материал для индивидуальной рабочей программы, методически организовать и представить его.
Ключевые слова: язык, речь, языковой материал, виды речевой деятельности, речевая компетентность, языковая компетентность, филогенез, онтогенез, механическая память, опосредование, взаимодействие, эгоцентрическая речь, речевое выражение, вербализация речи.
Abstract: Linguistic foundations of the English language teaching methodology in primary grades should be distinguished from linguistic foundations of the teaching process. Linguistic foundations of the English language teaching methodology in primary grades help the modern teacher to choose the language material for the personal working curriculum, methodically organize and present it.
Key words: language, speech, language material, types of speech activity, speech competence, linguistic competence, phylogeny, ontogenesis, mechanical memory, mediation, interaction, egocentric speech, verbal expression, verbalization of speech
Ma’lumki, o‘qitishning lingvistik asoslari kommunikativ kompetensiyaning lingvistikaga oid ta’lim mazmunini aks ettiradi va DTS, dastur va darsliklarda bayon etiladi.
Dastlab kommunikativ kompetensiya atamasini tushunib olish zarur bo‘ladi. Kommunikativ kompetensiya atamasiga o‘rganilayotgan chet til bo‘yicha egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni muloqot jarayonida qo‘llash qobilyati, degan mazmunda ta’rif berilgan. Ushbu atama tarkibidagi asosiy tushunchani ifodalovchi kompetensiya (competence) so‘zi dastlab N.Xomskiy tomonidan «grammatik kompetensiya», ya’ni gapiruvchi va tinglovchining til haqidagi bilimi, degan ma’noda qo‘llanilgan.
D.Xayms bola til haqidagi bilimlar (grammatika)ni o‘zlashtirish jarayonida undan to‘g‘ri foydalanishni ham, ya’ni qachon, qayerda, kimga, qay tarzda va nima haqida gapirish maqbulligini o‘rganish orqali kommunikativ kompetentligini takomillashtirib boradi, deya kommunikativ kompetensiya atamasining muallifiga aylandi.
Bugunga kelib kompetensiya insonning turli sohalarda faoliyat olib borishi uchun zarur bo‘ladigan bilim, malaka, ko‘nikma, shaxsiy sifat va fazilatlar yig‘indisini ifodalamoqda.
Lingvistik kompetensiya til materiali (fonetika, leksika, grammatika) haqida bilimlar va nutq faoliyati turlari (tinglash, gapirish, o‘qish va yozuv) bo‘yicha ko‘nikmalar egallashni nazarda tutadi.
Sotsiolingvistik kompetensiya so‘zlovchining biror bir nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik shakl, ifoda usulini tanlash imkonini yaratadi. Sotsiolingvistik kompetensiya ijtimoiy-madaniy kompetensiyani o‘z ichiga olib, autentik nutqning milliy xususiyatlarini, o‘zi yashayotgan mamlakatning urf-odatlari, qadriyatlari, marosimlari va boshqa milliy-madaniy xususiyatlarni bilish hamda tili o‘rganilayotgan mamlakat bilan taqqoslagan holda taqdim eta olish fazilatini nazarda tutadi.
Pragmatik kompetensiya o‘rganilayotgan chet tilida kommunikativ vaziyatda tushunmovchiliklar paydo bo‘lganda takroran so‘rash, uzr so‘rash va hokazolar orqali murakkab vaziyatlardan chiqib keta olish xususiyatini nazarda tutadi.
Metodist-olimlar ingliz tili o‘qitish mazmunini a) til va nutq materialini umumlashtiruvchi lingvistik, b) malaka va ko‘nikmalardan iborat psixologik, d) o‘rganish usullarining egallanishini aniqlashtiruvchi metodologik komponentlarga ajratishadi. Lekin bugungi zamonaviy ta’limda nafaqat til va nitqqa oid, balki mamlakatshunoslik hamda lingvomadaniyatshunoslikka oid materialning ham o‘zlashtirilishi talab etiladi. Bunda ingliz tili ta’limiga ijtimoiy-madaniy vamadaniyatlararo yondashuvlarni tadbiq etish zarurati paydo bo‘ladi. Bularning hammasi darslik va ishchi o‘quv dasturlari uchun til va nutq materialini tanlash va taqdim etish vazifasini murakkablashtiradi.
Zamonaviy talablarga muvofiq o‘quvchilar tomonidan nafaqat til va nutqqa oid materialining balki ingliz tili sohibining madaniyatiga oid materialning ham o‘zlashtirilishi lozimligi inobatga olinadigan bo‘lsa, lingvistik materialni tanlashda sotsiolingvistik mazmunga ham e’tibor qaratilishi zarur bo‘ladi.
Tajribalardan ma’lumki, zamonaviy o‘qituvchi asosiy darslik-majmuadan foydalanish bilan cheklanmay sinfdagi o‘quvchilarning salohiyatidan kelib chiqib darsning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida turli manbaalardan qo‘shimcha materiallar tanlaydi. Shu sababdan zamonaviy o‘qituvchi fan bo‘yicha ishchi o‘quv dasturini takomillashtirishda kimga, nimani, qanday, va qancha o‘qitish masalasini savodli hal etishi kerak.
Aksariyat hollarda o‘qituvchining o‘rgatish va o‘quvchilarning o‘rganish maqsadiga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi faoliyati natijasida kommunikativ kompetensiyaning dasturiy talablar darajasida egallanishiga erishilmaydi. Bunga asosiy sabablardan biri sifatida darsliklarda taqdim etilgan lingvistik, sotsiolingvistik va pragmatik kompetensiyalarning egallanishiga xizmat qiluvchi mashqlarning miqdoridagi noadekvatlikni ko‘rsatish mumkin. Chunki ayrim darsliklar G‘arb lingvodidaktikasiga haddan ziyod e’tibor qaratish natijasida yaratilgan bo‘lib, ularda nutqiy kompetensiyaning egallanishiga xizmat qiluvchi mashqlar miqdori sezilarli darajada yuqori. Yoki aksincha, ya’ni oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlariga puxta tayyorlash maqsadida til materialining o‘zlashtirilishiga xizmat qiluvchi mashqlar miqdori ustunlik qilishi mumkin. Zamonaviy o‘qituvchi esa muvozanatni saqlay bilishi va darsdan ko‘zlangan maqsadlarni to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun maxsus metodik tadbirlar qo‘llashi lozim.
Dastur materialini tanlashda o‘qituvchi o‘quvchilarning yosh davrlari bilan birga, ulardagi nutqiy faoliyatning qay tarzda harakatlanayotganligini va uni qanday rivojlantirish mumkinligini hisobga olishi lozim. Masalan, bir soat (40-45daqiqa)lik dars mashg‘ulotida (uyda repetitor ko‘magida emas) o‘quvchi qancha leksik birlikni o‘zlashtira olishi (zarurligini emas) mumkinligini aniqlash zarur. Buning uchun nutqiy faoliyatning ona tilida va ingliz tilida turlicha bo‘lolmasligini tushunish zarur. Nutqiy faoliyat bitta va u o‘z qonunyatlariga muvofiq rivojlanadi. U o‘zining shakl va mazmuniga ega bo‘lib shaxsning rivojlanishiga chambarchas bog‘liq.
L.S.Vigotskiy tadqiqotlaridan ma’lumki chet tilda nutq rivojlanishi ona tilida nutq rivojlanishidan tubdan farq qiladi. Ona tilida nutq (deyarli) ong ishtirokisiz va maqsadli rivojlantirilmaydi. Bola nutqi va tafakkuri parallel rivojlanadi. Ya’ni bola ongida shakllangan fikrni ifodalash maqsadida til vositalaridan foydalanadi va shu tariqa o‘zini o‘rab turgan borliqni anglay boshlaydi. Borliqni anglash jarayonida til bilan ifodalanadigan tushunchalar shakllanib boradi. Ingliz tilida nutq rivojlanish jarayonida esa mutlaqo boshqacha manzara gavdalanadi. Ingliz tili o‘rganishga kirishilganida o‘quvchi ma’lum darajada ona tilidagi til va nutq tajribalariga hamda shu tilda asosiy fikrlash operatsiyalarini amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
O‘quvchining ingliz tilidagi nutqini rivojlantirishda fikr ifodalashning ingliz tilidagi, ya’ni ona tilida fikr ifodalash usuli bilan qiyoslanadigan muqobil usuli shakllantirilishi lozim. Buning uchun nutq namunalarini o‘rgatish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni ingliz tilda fikr ifodalash usullari bilan tanishtirish tavsiya etiladi. Chunki nutq namunalarining boy repertuari o‘quvchilarning pragmatik kompetensiyasini rivojlantirishda va hali shakllanmagan grammatik ko‘nikmalar o‘rnini qoplashda muhim ahamiyatga ega. Bunda tildagi alohida birliklar emas, balki shu birliklarni o‘z ichiga olgan yaxlit modellar yoki qurilma (konstruksiya)lar taqqoslanadi.
Nutq rivojlanish jarayonida bola nafaqat til tizimini, balki o‘z histuyg‘ularini, ichki kechinmalarini va xohish-istagini ifodalash vositalarini ham o‘zlashtiradi. Shu tariqa til bolaning shaxsiy «men»ini shakllantiruvchi vosita sifatida ijtimoiylashuv va individuallashuvga xizmat qiladi. Uch yoshli bolaning nutqi muloqot quroli vazifasini bajarib, amaliy faoliyat bilan uzviy bog‘liq holda ro‘yobga chiqadi. Unda dialogik nutq paydo bo‘ladi. Qiziqtirgan narsalar haqida savollar berish yoki kattalarning savoliga javob qaytarish zarurati dialogik nutqni taqozo etadi. Dialogik nutq zamirida ona tilining grammatik tuzilishini faol egallash uchun keng imkoniyatlar mavjud. Dialogik nutq bolaning kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyatining ajralmas tarkibiy qismidir.
Uch yoshdan o‘tgan bolada faqat yaqin kishilar bilan emas, balki begonalar, tengqurlar bilan ham muloqot ko‘lami kengayib, tom ma’nodagi nutq faoliyati vujudga keladi. Bolada kattalarning nutqiga, xatti-harakatiga qiziqish kuchayadi, o‘ziga daxlsiz fikr va mulohazalarni tinglash mayli paydo bo‘ladi, shuningdek, uning o‘z atrof-muhitida, kattalar davrasida olgan ma’lumotlar va axborotlar bo‘yicha boshqalar bilan muloqotga kirishish istagi paydo bo‘ladi.
Nutq rivojlanish filo-ontogenezi sohasidagi tadqiqotlarda eng ko‘p iqtibos keltirilayotgan hodisalardan biri J.Piaje tomonidan «egosentrik nutq» nomi bilan fanga kiritilgan atama bilan izohlanadi. Piajening ta’kidlashicha, 3-4 yoshli bola nutqida muloqot qilishga kuchli ehtiyoj sababli kommunikativ xususiyatlar paydo bo‘lib, ma’lum mashg‘ulot jarayonida (o‘yin yoki bo‘yash) o‘zi bilan o‘zi gaplashadigan, ya’ni adresant bo‘lmasa-da, ovoz chiqarib fikrlaydigan bo‘lib qoladi. Mazkur yoshdagi bola nutqining 40% egosentrik bo‘lib, u kichik maktab yoshiga qadar asta-sekin kamayib boradi.
Nutq rivojlanish filo-ontogenezi sohasidagi tadqiqotlarda eng ko‘p iqtibos keltirilayotgan hodisalardan biri J.Piaje tomonidan «egosentrik nutq» nomi bilan fanga kiritilgan atama bilan izohlanadi. Piajening ta’kidlashicha, 3-4 yoshli bola nutqida muloqot qilishga kuchli ehtiyoj sababli kommunikativ xususiyatlar paydo bo‘lib, ma’lum mashg‘ulot jarayonida (o‘yin yoki bo‘yash) o‘zi bilan o‘zi gaplashadigan, ya’ni adresant bo‘lmasa-da, ovoz chiqarib fikrlaydigan bo‘lib qoladi. Mazkur yoshdagi bola nutqining 40% egosentrik bo‘lib, u kichik maktab yoshiga qadar asta-sekin kamayib boradi.
Kattalar bolalarning fikr ifodalashdagi o‘zlariga xos kreativligi va nutqiy ijodkorligini doim rag‘batlantirib turishadi. Masalan, «Piyoda ketamiz» degan stimuliga «piya qachon keladi» deya javob reaksiyasini qaytargan bolaning nutqini ona o‘zgacha mehribonlik bilan tuzatishga harakat qiladi: Piya bu mashina emas, piyoda ketish o‘z oyoqlarimiz bilan yurishimiz kerakligini anglatadi.
Ushbu nazariyadan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, kattalarning bolalar bilan hamkorlikdagi muloqoti o‘ziga xos yangi munosabatlar o‘rnatishning eng muhim sharti hisoblanadi. Mediasiya jarayonida bolada nutq rivojlanishini ta’minlovchi muhim omillardan yana biri jonli nutq vaziyatlaridagi kattalar va bolalar o‘rtasidagi interaksiyada foydalaniladigan maxsus soddalashtirilgan tildir. Mutaxassislar bolalar va kattalar o‘rtasidagi interaksiyani tadqiq etib, onalar farzandlari bilan interaksiyada maxsus soddalashtirilgan tildan foydalanishlarini aniqlashgan. Ushbu til gaplarning sodda tuzilganligi, so‘zning aniq talaffuz etilishi, gapdagi o‘zak tushunchani ifodalovchi so‘zlarga urg‘u berib va ayrim hollarda ularni takrorlab aytilishi, tabassum, jilmayish, miyig‘ida kulish, lab qisish va cho‘chchaytirish, til chiqarish, qosh uchirish va suzish, yelka qisish, boshni saraksarak qilish, ko‘rsatkich barmoqni lablar ustiga qo‘yish kabi daktilogik (barmoq nutqi) va boshqa turli psixologik holatlarni, ayniqsa, hissiy kechinmalarni aks ettiruvchi kommunikativ, interaktiv, perseptiv xususiyatlarga boyligi bilan farqlanadi.
Xulosa
Ingliz tili o‘qitishning lingvistik asoslari psixolingvistik va sotsiolingvistik aspektlarni ham o‘z ichiga oladi. Birinchisini o‘rganish bo‘lajak o‘qituvchiga til, nutq va nutqiy faoliyatni o‘qitishning mohiyatini, ikkinchisi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun ta’lim mazmunini aniqlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlarini anglab olishiga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Горлова Н.А. Личностно-деятельностный метод обучения иностранным языкам дошкольников, младших школьников и подростков. Теоретические основы. – М.: МГПУ, 2010. – 248 с.
2. Пассов Е.И., Кузовлева Н.Е. Урок иностранного языка. – М.: Голоса-Пресс, 2010. – 640 с.
3. Williams M., Burden R. L. Psychology for language Teachers. A social constructivist approach. – L.: Cambridge University Press, 2010. – 240 p.
Yüklə 26,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin