Boshlang’ich sinf o'quvchilarining psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etish



Yüklə 43,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü43,84 Kb.
#186423
  1   2
470-Текст статьи-1206-1-10-20220116 (1)



235 
BOSHLANG’ICH SINF O'QUVCHILARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI INOBATGA 
OLGAN HOLDA TA’LIM TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH 
10.53885/edinres.2021.39.22.056
 
Z.Sh.Yusupova 
Buxoro davlat universiteti, Buxoro, O’zbekiston 
A.Y.Temirov 
Buxoro davlat universiteti, talaba Buxoro, O’zbekiston 
Организация учебного процесса с учетом психологических особенностей 
младших школьников 
З.Ш.Юсупова 
Бухарский государственный университет, Бухара, Узбекистан 
А.Ю.Темиров 
Бухарский государственный университет, Бухара, Узбекистан 
 
Organization of the educational process taking into account the psychological characteristics 
of younger students 
Z.Sh.Yusupova 

Bukhara State University, Bukhara, Uzbekistan 
A.Y.Temirov 
Bukhara State University, student Bukhara, Uzbekistan 
 
Annotatsiya:
Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’yinlar yordamida 
jismonan rivojlantirishning o’ziga xos yo’llari hamda vazifalari ochib berilgan. 
Kalit so’zlar: 
boshlang’ich ta’lim, sport, jismoniy tarbiya, jismoniy rivojlanish, jismoniy 
sifatlar. 
 
Аннотация: 
В данной статье разъясняются конкретные способы и задачи 
физического развития младших школьников с помощью игр.
 
Ключевые слова: 
начальное образование, спорт, физическое воспитание, 
физическое развитие, физические качества. 
 
Annotation: 
The article explains the specific methoods and tasks of physical 
development of young school students with the help of games. 
Key words: 
primary education, sports, 
physical education, physical development, physical 
qualities.
 
Jismoniy tarbiya o'qituvchisi jismoniy tarbiya jarayonida o'quvchi-yoshlar va 
bolaning yosh xususiyatlari va psixik jarayonlari, shaxs xususiyatlarining rivojlanishini 
farqlash, psixik jarayonlar (diqqat, nutq, sezgilar, idrok, xayol, xotira, tafakkur, hissiyot va 
boshqalar), psixik holatlar (emotsiyalar, hayratlanish, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish, 
e'tiqodlilik, apatiya, qiziquvchanlik, bardamlilik, tetiklik) va shaxs xususiyatlarini 
(temperament, qobiliyat, iqtidor, mas'uliyat xarakter) jismoniy tarbiya va sport bilan 
bog'lay olish lozim. Mash-g'ulot jarayoni, uning ta'siri, musobaqa davrida, musobaqadan 
so'nggi, davr, jamoa orasidagi munosabat holatlarining shakllanishi ahamiyatini bilishi 
lozim. 
Jismoniy tarbiya o'qituvchisining faoliyat turidan qat'iy nazar faoliyat tarkibiy qismi, 
odatda, bir xil his etish va idrok qilishlar bilan bog'liq bo'lgan perseptiv (masalan 
o'quvchilarni kuzatish), ma'lumotni eslab qolish va qaytatiklash bilan bog'liq. Bo'lgan 
mnemik, faoliyat jarayonida yuzaga keladigan vazifani hal etish bilan bog'liq bo'lgan 
fikrlovchi, tasavvur qilish, yangi mashqlarni o'ylab o'quvchi faoliyatiga ta'sir qilish alohida 
o'rinni egallaydigan harakatlantiruvchi tarkibiy qismlarga ajratiladi. 


236 
Faoliyat bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi, tayyorlanish bosqichi, rejani 
bajarish (asosiy bosqich) bosqich va erishilganlikni baholash bosqichi (yakunlovchi 
bosqich). 
Birinchi bosqichda jismoniy tarbiya o'qituvchisi juda katta hajmda ish bajaradi. Reja 
bo'yicha konspekt tuzadi, ularga tayyorlanadi, joylarni (zalni, suv havzasini, sport 
maydonini, stadionni) tayyorlaydi. Darsga oid bo'lgan barcha sport anjomlarini, qurollarini 
tayyorlaydi. Bu bosqichga faoliyatni yanada muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun 
o'quvchilarga qulay bo'lgan sharoitlarni yaratish va jismoniy tarbiya o'qituvchisining 
psixologik tayyorlanganligi kiradi. 
Ikkinchi bosqichda o'quvchilarni (shug'ullanuvchilarni) nazorat qilish, ularni 
tarbiyalash (axloqiy, aqliy, estetik, mehnat vazifalarini tarbiyalash jihatidan), tartib saqlash, 
ularni jarohatlanishdan saqlash va hokazolar kiradi. Belgilangan ishlarni amaliy tatbiq 
qilish, o'quvchilar harakatlari, intizomini nazorat qilish, dars boshida yuzaga keladigan 
qiyinchiliklarni bartaraf etish, vaziyat o'zgarishiga ko'ra dars rejasini to'g'rilash bilan 
bog'liq. Bu bosqichda chetda qolgan o'quvchilar o'rtasidagi e'tiborni doimo taqsimlash va 
olib o'tish jismoniy jarohatlanishga olib keladigan vaziyatiaming oldini olishga ko'ra 
o'qituvchining sergakligi bilan shartlanadigan o'qituvchi psixik kuchlanishi bilan 
tavsiflanadi, boshqacha qilib aytganda, jismoniy tarbiya o'qutuvchisiga nafaqat psixik 
jihatdan, balki jismoniy jihatdan ham jismoniy yuklanish tushadi. 
Uchinchi bosqich (yakunlovchi bosqich) unda o'tkazilgan darsdagi yutuq va 
kamchiliklarga baho beriladi. Erishilgan natijalar baholanadi, jismoniy tarbiya 
o'qutuvchisini faoliyati funksiyasi jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalarining kelib 
chiqishi lozim. Faoliyatni qayta bajarishda rejaga to'g'rilashlarni kiritish bilan bog'liq, 
o'tilgan darsning to'liq tahlili, ba'zi bir noto'g'ri dalillarni umumlashtirish, ilmiy uslubiy 
adabiyotda yuzaga kelgan savollrda javob qidirishni talab qiladi. Jismoniy tarbiya 
o'qituvchisining asosiy maqsadi ularning garmonik shakllanishiga va jamiyatga sadoqatli, 
vatanparvar bo'lib yetishishiga yordam berishdir. Shuningdek tarbiyaviy, ilmiy, tashkiliy, 
rahbarlik, loyihalashtirish, ma'muriy-xo'jalik funksiyalarni ham bajarishga to'g'ri keladi. 
O'quvchilar jismoniy tarbiyasining maqsadi - Mustaqil Vatanga barkamol rivojlangan 
va sodiq bo'lgan shaxsni shakllantirishga yordam berish bo'lib, bu maqsadga o'quvchilar 
ta'lim-tarbiyasi jarayonida erishiladi. Umumiy vazifalarda ochib beriladi va aniqlashtiriladi. 
Shuningdek, ta'limiy, tarbiyaviy, sog'omlashtirish vazifalari qo'yiladi. Bu vazifalarni hal 
etishda boshqalari hisobiga birini ustun qo'yishga yo'l qo'ymaslik kerak. Ba'zida sport 
yo'nalishiga ega bo'lgan o'qituvchilar tarbiyaviy va umumta'lim vazifalarini unutib, asosiy 
e'tiborni o'quvchilar jismoniy rivojlanishiga beradilar. Boshqa holda ikki tarbiyaviy va 
sog'lomlashtirish vazifalari aziyat chekadi. 
Jismoniy tarbiya o'qituvchisi faoliyati sharoitlari xususiyati jismoniy mashqlarni 
ko'rsatish va jismoniy mashqlarni bajarishda o'quvchilarning xavfsizligini ta'minlash hamda 
ochiq havoda, safarlarda o'tkaziladigan mashg'ulotlarda o'quvchilar o'quvchilar bilan 
birgalikda harakatlanish zaruriyatidan iborat. Bu kunda bir qancha darslarning mavjudligi 
jismoniy tarbiya o'qituvchisi uchun katta jismoniy yuklama-ni yaratadi. O'qituvchi butun 
kun davomida oyoqda tik turishi, harakat-da bo'lishi oyoq va qadni rostlovchilarga yuklama 
yaratishini hisobga olish kerak. Yosh o'tgan sari jismoniy konditsiyalar yomonlashishini 
e'tiborga olgan holda jismoniy tarbiya darslarida jismoniy tarbiya o'qituvchilari bilan 
sinaladigan 
jismoniy 
yuklama 
pedagogik 
faoliyatining 
amalga 
oshirilishini 
qiyinlashtiradigan omillaridan biri bo'lishi muqarrar. Ayniqsa bu erkak o'qituvchilar 
jismoniy qobiliyatlari darajasiga qaraganda kam bo'lgan ayol o'qituvchilariga tegishli. 
Pedagogik faoliyat pedagogik vazifalarning uzluksiz hal qilinishini bildiradi. Ularni 
hal qilish - mazkur pedagogik vaziyatga, pedagogik maqsadga erishishini mos usulini 
topishdir. Sababi o'qituvchi va o'quvchi e'tiborliligi, o'quv materialiga bo'lgan munosabati, 
o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi munosabat hamda o'quvchilar o'zi o'rtasidagi munosabat 


237 
bilan ish ko'radi. Shuning uchun bir marta va har doim tekshirilgan maqsadga erishishi usuli 
bilan ishlash ko'p holda qulaydir. Har doim muntazam ravishda maqsadga erishishi 
usullarini almashtirish, mazkur pedagogik vaziyat uchun eng yaxshi usul tanlash kerak. 
Jismoniy tarbiya o'qituvchisi avvalo bolalarni o'rab turgan ijtimoiy muhit 
tengdoshlari va kattalar o'rtasida bo'ladigan munosabatlarni birinchi kundan boshlab 
o'rgatib boradi. O'qituvchi bir sinfning o'zida turli xil va individual tafovutlarga duch keladi. 
Bular o'qituvchi o'quvchilaming temperament tiplari, xatti-harakatlari (ko'nikma 
malakalari), o'quv materiallarini o'quvchilar tomonidan qanday eslab qolishi, qanday 
o'zlashtirayotganliklarini, sport musobaqalari, sport bayramlari hamda estafetalarda 
qanday faollik ko'rsatayotganliklarini (boshqa ish shakllarida) bilishidan iboratdir. 
Yana shuni aytish kerakki, o'rgatish jarayonida mashqlarni qismlarga bo'lib 
o'rgatishdan ko'ra, soddalashtirilgan holda butunlay o'rgatish metodini qo'llash maqsadga 
muvofiqdir. Masalan: yugurib kelib uzunlikka sakrash (echki bolasiga (uloqchaga o'xshab) 
sakrash), yugurib kelib balandlikka sakrash (ariqdan sakrab o'tishga o'xshab). Jismoniy 
tarbiya bo'yicha ta'lim jarayoni kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning ixtiyoriy
barqaror, mustahkam, kuchli, to'planuvchan, taqsimlanuvchan, faol, ongli diqqatini 
rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratadi. Bilim olish uchun mustaqil aqliy mehnat qilish 
(u yoki bu mashqlarni, elementlarni bajarishi), mashqlarni takrorlashi, irodaviy zo'r 
berishda ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib topadi. Shuningdek, uning eng zarur xususiyatlari 
takomillashadi, bu esa ongli boshqarish imkoniyatini beradi. 

Yüklə 43,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin